Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag’larning tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo’yicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita bo’limga guruhlanadi. I. Uzoq muddatli aktivlar II.Joriy aktivlar Passiv tarkibiga esa quyidagi bo’limlar kiradi: I.O’z mablag’lari manbalari II.Majburiyatlar “Aktiv” - faol, amal qilish, mavjud bo’lish degan so’zlardan kelib chiqqan. Shundan kelib chiqib, aktiv deganda mablag’lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini tushunish kerak. Aktivlar – bu oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan, va ulardan foydalanish kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir
Do'stlaringiz bilan baham: |