Buxgalteriya balansi xaqida umumiy tushuncha. Buxgalteriyaning asosiy vazifasi va tarkibi


Balansning axamiyati, vazifasi va tarkibi



Download 85,5 Kb.
bet2/2
Sana18.04.2023
Hajmi85,5 Kb.
#929890
1   2
Bog'liq
Buxgalteriya balansi

Balansning axamiyati, vazifasi va tarkibi.
Buxgalteriya balansi xisobot davrining boshi va oxirida sub'ektga tegishli bulgan mulkning xaqiqiy xolati va mavjudligini uzida aks ettiradi. 
Balans tuzishga qadar, joriy yil oxiriga analitik schyotlarning oborot (aylanma)lari va qoldiqlari bilan Bosh daftardagi schyotlarning oborot (aylanma)lari va qoldiqlari albatta taqqoslanishi zarur. 
Joriy yil oxiriga bulgan balans ma'lumotlari sub'ektning tashkiliy kayta kurilishi, tovar-moddiy zaxiralarining kayta baxolanishi va boshqa shunta uxshashlarni xisobga olgan xolda, Z-ustunda, ya'ni kirish balansining ma'lumotlari yil boshiga kursatiladi. 
Balans moddalarining va umumiy summasining yil boshiga va yil oxiriga ma'lumotlarining bir-biriga mos bulishi uchun, tasdiqlangan balans moddalari yil oxiriga bulgan balans moddalari va guruxlangan bulimlariga mos keltirilishi shart. 
010. "Asosiy vositalar" moddasida xam xarakatdagi, xam konservasiya yoki zaxiradagi asosiy vositalar tugr isida, ma'lumotlar kursatiladi. 
Shuningdek, bu moddada yer unumdorligini oshirishga (meliorasiyalash, ularning zaxini yuvish, irrigasion va boshqa ishlar) qilingan kapital quyilmalar, ijaraga olingan binolar, inshootlar, jixozlar va asosiy vositalarga kiruvchi boshqa ob'ektlar xam aks ettirilib, xamda bu moddada sub'ekt, tomonidan amaldagi qonunchilikka binoan, yer uchastkalarini sotib olishga xaqiqatda sarflangan xarajatlar xam kursatiladi. 
Ijarachi va ijaraga beruvchi urtasida tuzilgan ijara shartnomasi (yoki boshqa axdlashuv)ga binoan ijaraga olingan asosiy vosita ijara muddatining tugashi bilan yoki shartnomaga muvofik sotib olish baxosiga utkazib berish dilan ijarachi mulki xisoblangan asosiy vositalar, xamda 0310-"Lizing shartnoma buyicha olingan asosiy vositalar" schyotida xisobga olinuvchi Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar xam kursatiladi. 
Korxonaning 0100-"Asosiy vositalar" va 0310-"Lizing shartnomasi buyicha olingan asosiy vositalar" schyotlarida xisobga olingan asosiy vositalar buyicha xisoblangan eskirish summalari ushbu moddada aloxida kursatiladi. Asosiy vositalarga eskirish xisoblashda, asosiy fondlarni tuliq qayta tiklashda belgilangan yagona amortizasiya ajratmalarining me'yorlaridan foydalanish kerak. 
020. "Nomoddiy aktivlar" moddasida sub'ekt uz xujalik faoliyati davomida uzoq davr mobaynida foydalanadigan va unga daromad keltiradigan nomoddiy ob'ektlarga sarflangan xarajatlarini kursatadi. Bularga, tabiiy resurslardan, yer maydonlaridan foydalanish xuquqlari, patentlar, lisenziyalar, akliy mulk, tashkiliy xarajatlar va soliklar kiradi. Nomoddiy aktivlarni ta'sischilar (mulkdorlar) tomonidan sub'ektning ustav kapitaliga xissa tarzida quygan bulishi yoki sub'ekt uz faoliyati davomida sotib olgan bulishi mumkin. 
Ushbu modda buyicha nomoddiy aktivlar xam boshlangich, xam qoldiq kiymatlarida aloxida, shuningdek xisoblangan eskirish mokdorlarida keltiriladi. Nomoddiy aktivlarning eskirish me'yori sub'ekt tomonidan ularning boshlang’ich qiymati va ulardan foydalanish muddatlaridan kelib chikkan xolda (lekin sub'ektning faoliyat kursatish muddatidan oshmagan xolda) xisoblangan oylik me'yorlari buyicha xisoblanib, oyma-oy maxsulot (ish, xizmat)larning tannarxiga (davr xarajatlariga) olib boriladi. Xizmat qilish muddatlarini aniqlab bulmaydigan nomoddiy aktivlar buyicha eskirish me'yori besh yilga (lekin sub'ektning faoliyat kursatish mud- datidan oshmagan xolda) belgilanadi. 
030. "Kapital quyilmalar" moddasida xujalik va pudrat usullarida olib borilayotgan, tugallanmagan qurilishlarning qiymati kursatiladi. 
Asosiy podani tashkil etish, geologiya-kidiruv ishlari buyicha xarajatlar, shu maqsadlarda vaktinchalik foydalanish uchun sub'ektlar tomonidan bunak (avans) tarzida berilgan quyilmalar xam ushbu moddada aks ettiriladi. 
"Avlod korxonalaridagi aksiyalar" (040-satr) moddasida 0600-"Uzoq muddatli investisiyalar" 0620-"Avlod korxonalariga investisiyalar" schyotining analitik qismida xisobga olinuvchi avlod korxonalarning aksiyasiga quyilgan mablag’larning miqdori buyicha ma'lumotlar kursatiladi. 
"Avlod korxonalarga berilgan qarzlar" (050-satr) moddasida 4110-"Bulinmalardan olinadigan schyotlar" 0620-"Avlod korxonalariga investisiyalar" schyotida xisobga olinadigan avlod korxonalarga berilgan qarzlarning miqdorii aks ettiriladi. 
"Uyushma korxonalaridagi aksiyalar" (050-satr) moddasida. analitik xolda 0600-"Uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar" 0640-"Uyushma korxonalariga investisiyalar" schyotida xisobga olinuvchi uyushgan korxonalarning aksiyasiga quyilgan mablaglarning miqdori kursatiladi. 
"Uyushma korxonalariga berilgan qarzlar" (070-satr) moddasida 4110-"Ayrim balansdagi bulinmalardan olinadigan schyotlar" schyotida xisobga olinadigan uyushma korxonalariga berilgan qarzlarning miqdorii aks ettiriladi. 
"Uzoq muddatli investisiyalar" (080-satr) moddasida davlatning daromad keltiruvchi aktivlariga (qimmatbaxo kogoelar-aksiya, obligasiyalar), Uzbekiston Respublikasi: xududida va uning tashqarisida tashkil etilgan sub'ektlarning ustav kapitaliga (uyushma va shu'ba korxonalarning ustav kapitala bularga kirmaydi) va boshqa shu kabilarga quyilgan (bir yildan kam bulmagan muddatga) investisiyalarning miqdorii kursatiladi (boshqa sub'ektlarga berilgan qarzlar bunga kirmaydi). 
Moliyaviy investisiyalar belgilangan soliq tartibiga kura sarflangan xaqiqiy xarajatlar miqdorida xisobga olinadi. 
Agar investor dividend olish xuquqigfa ega bulib, qo’yilma uchun mas'uliyatni o’ziga olganda, tuliq tulanmagan aksiya va ulushlarning to’liq, sotib olish qiymati balansning aktivida, tulanmagan qiymati esa, balans passivining kreditorlar moddasida kursatiladi. Boshqa xollarda, sotib olishga muljallangan aksiya va ulushlar uchun utkazilgan summalar balans passivining debitorlar moddasida kursatiladi. 
"Boshqa qarzlar" (090-satr) moddasi yuyicha 0990-"Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlari" schyotida xisobga olinadigan va yuqoridagi moddalarda xisobga olinmagan uzoq muddatli qarzlarning miqdorii kursatiladi. 
Bundan tashkari, balans aktivining "Boshqa debitorlar" moddasida mexnat xaqi tulovlari buyicha xisoblashishlar va sugurtalarni aks ettiruvchi schyotlarning debet qoldigi kursatiladi. 
"Boshqa aktivlar" (100-satr) moddasida yuqoridagi moddalarda keltirilmagan uzoq, muddatli vositalar va quyilmalar kursatiladi. Shu bilan birga, ijaraga beruvchi sub'ekt 0920- "Olinadigan lizinglar" schyotida xisobga olinuvchi Uzoq muddatga ijaraga berilgan asosiy vositalar buyicha ijara tulovi majburiyatining qoldik miqdoriini kursatadi. 
"1-bulim buyicha Ja'mi" (110-satr) moddasida 012, 022, 030, 040, 050, 060, 070, 080, 090 va 100 satrlarning yigindisi kursatiladi. 
Balans aktivining 2-bulimi "Oborot aktivlari"da subektning mulki bulgan qiska muddatli aktivlarning miqdorii kursatiladi. 
"Ishlab chiqarish zaxiralari" (120-satr) moddasida 1000- "Materiallar", 1100-"ustirishda va boquvdagi xayvonlar" va 1210-"Ombordagi arzon baxoli va tez eskiruvchan buyumlar" schyotlarida xisobga olinadigan xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, chiqindilarning qaytimi, yoqilg’i, sotib olingan yarim fabrikatlar (yarim tayyor maxsulotlar) va butlovchi buyumlar, extiyot qismlar, bo’sh idishlar va boshqa moddiy qiymatliklarning xaqiqiy tannarxi, arzon baxoli va tez eskiruvchan buyumlar, shu jumladan maxsus asbob-uskunalar va moslamalar, maxsus oyoq kiyimlar va yotoq jixozlarining qoldiq kiymati (1200-"Arzon baxoli va tez eskiruvchan buyumlar" schyotlarida xisobga olingan buyumlarning dastlabki qiymati bilan Uzbekiston Respublikasida tegishli buxgalteriya xisobining milliy standartiga muvofik, xisoblangan va 1300-"Arzon baxoli va tez eskiruvchan buyumlarning eskirishi" schyotlarida xisobga olingan eskirish miqdorii urtasidagi farq, kursatiladi. 
Ishlab chiqarish zaxiralarini xamda arzon baxoli va tez eskiruvchan buyumlarni xisobga olish uchun foydalanilgan 1510-"Materiallarni tayyorlash va sotib olish" va 1600- "Materiallarning kiymatidagi farklar" schyotlaridagi kursatilgan summalar "Ishlab chiqarish zaxiralari" moddasida aks ettiriladi. 
"Tugallanmagan ishlab chiqarish" (130-satr) moddasida tugallanmagan ishlab chiqarish va ishlar (xizmatlar) buyicha sarflangan xarajatlar, ya'ni buxgalteriya xisobi schyotlar rejasining "Tovar-moddiy zaxiralari" nomli 2-bulimning schyotlarida xisobga olinadigan xarajatlar kursatiladi. Buning uchun tugallanmagan ishlab chiqarish, Uzbekiston Respublikasida buxgalteriya xisobi tugrisidagi Qonun xamda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1999 yil 5 fevral kuni 54-son karori bilan "Maxsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tugrisida"gi Nizomga muvofiq daromaddan olinadigan soliqni xisoblashda e'tiborga olinadigan rejalashtirish, xisobga olish va maxsulot (ish, xizmat) tannarxini kalkulyasiya kilish buyicha uslubiy tavsiyanomalarga muvofiq xisoblangan baxoda aks ettiriladi. 
Sub'ektlar (kurilish, ilmiy tekshirish va qidiruv bilan shugullanuvchi) joriy yilda buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida aloxida moxiyatga ega bulgan tugallangan ish bosqichlari uchun xisoblashishlarni amalga oshiradi va uni xisobga oladi. Ushbu usulda buyurtmachi balansga faqatgina to’liq tayyor bulgan maxsulotlarni qo’shadi. 
Buxgalteriya xisobida tugallangan, belgilangan tartibda qabul kilingan va tulangan bosqichlar yoki schyotlarning (bank tomonidan quyishga qabul qilingan) xaqiqiy xarajatlarining miqdorii 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan 9110- Sotilgan tayyor maxsulotlarning tannarxi" yoki 9130-"Sotilgan ish va xizmatlarning tannarxi" schyotlarining debetiga chiqim qilinadi. Bir vaqtning uzida tulangan yoki tulovga qabul kilingan schyotlardagi miqdoriga 4010- Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyot-lar"ning debeti bilan 9010-"Tayyor maxsulotlarni sotishdan olingan daromadlar" yoki 9030-"Ish va xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar" schyotlarining krediti korres-pondensiyalanadi. Buyurtmachilardan bajarilgan ishlarning tugallangan va qabul kilingan bosqichlari uchun olingan mablaglar 5110- "Xisoblashish schyoti" ning debetiga va 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyotining kreditida aks ettiriladi. 
Xamma ishlar tugatilishi bilan buyurtmachi tomonidan jami bosqichlar uchun tulangan xam qiymati 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyotining kreditiga yoziladi. 
4010 schyotda xisobga olingan tuliq tugatilgan ishlar qiymati olingan bunak (avans) xisobiga 6310 schyotning debeti va 4010 schyotning kreditlari buyicha yozuv qilinadi va buyurtmachilardan oxirgi xisoblashishga kura olingan summa xisobiga (5110 schyotning debeti va 4010 schyotning krediti) yopiladi. 
Shuningdek, ushbu moddada qishlok xujaligining tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, tayyor maxsulotning ishlab chiqarish qiymati ayrilgan xolda aks ettiriladi va xisobot davrining oxiriga nisbatan tugallanmagan asosiy vositalarni ta'mirlash ishlari buyicha xarajatlar kursatiladi. 
"Tayyor maxsulot" (140-satr) moddasida buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnoma asosida va tegishli texnik shartlarga xamda standartlarga muvofik barcha qismlari bilan butlangan va qabul kilish uchun sinovdan utkazilgan, tuliq, ishlab chiqarilgan maxsulotlarning qoldigi xaqiqiy ishlab chikarish tannarxida kursatiladi. Kursatilgan talablarga javob bermaydigan maxsulotlar, topshirilmagan ishlar tugallanmagan xisoblanadi va tugallanmagan ishlab chiqarishning tarkibida kursatiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olish uchun 2800- "Tayyor maxsulotlarni xisobga oluvchi schyotlar" foydalanganda, tayyor maxsulot ushbu moddada me'yoriy (reja) tannarxda aks ettiriladi. 
"Olib sotiladigan tovarlar" (150-satr) moddasida uz Nizomiga kura savdo va umumiy ovqatlanish faoliyatini amalga oshiruvchi sub'ektlar sotib olgan tovarlari qoldigining qiymatini kursatadi. Bunda umumiy ovqatlanish sub'ektlarining oshxona va omborlarida kolgan xom ashyolarini, shuningdek yemakxonalardagi tovarlarning qoldigi kursatiladi. 
Bu moddada sanoat va boshqa ishlab chiqarish sub'ektlari sotish uchun keltiriladigan maxsulotlarni, materiallarni, buyumlarni, shuningdek sanoat korxonalaridagi keltirilgan maxsulotlarni (lekin chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga qushilmaydigan), ya'ni xaridor tomonidan aloxida xaq tulanadigan tayyor buyumlarning qiymatini kursatadi. 
Ushbu moddada tovarlarning qiymati sotib olish va sotish baxolarida aloxida, shuningdek mol yetkazib beruvchilar tomonidan beriladigan chegirmalar va tovarlarga quyilgan ustama baxo summalari aloxida keltiriladi. 
"Kelgusi davr sarflari" (160-satr) moddasida xisobot davrida sarflangan, lekin kelgusi xisobot davrlarida ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga olib boriladigan, ya'ni vaqt oralig’ida buzilishi lozim bulgan xarajatlarning miqdorii kursatiladi. Bunday xarajatlarga shu bilan birgalikda asosiy vositalarni o’z vaqtidan tashqari utkazilgan ta'mirlash (ta'mirlash jamgarmasi tashkil kilinmagan sub'ektlar buyicha), davriy nashrlarga obuna, oldindan tulangan ijara xaqi va boshqa xarajatlar xam kiradi. 
"Milliy valyutadagi pul mablaglari" (170-satr) moddasida sub'ektning 5100-"Xisoblashish schyoti", 5500-"Banklardagi maxsus schyotlar", 5600-"Pul ekvivalentlari va yuldagi pul mablaglari", 5700-"Yuldagi pul utkazmalari" schyotlaridagi pul mablaglarining qoldiq miqdorilari kursatiladi. Balansning bu moddasida aks ettirilgan mablaglar miqdorii bank kuchirmalaridagi miqdorilarga mos kelishi shart. 
"Xorij valyutasidagi mablaglar" (180-satr) moddasida sub'ektning bankdagi xorij valyutasidagi schyotlardagi mablaglarni Uzbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan xisobot davrining oxirgi kuniga belgilangan kurs buyicha sumga aylantirilgan xorij valyutasidagi mablaglarining koldigi kursatiladi. 
"Gaznadagi pul mablaglari" (190-satr) moddasida balans tuzilgan kunga sub'yektning g’aznasidagi milliy va xorij valyutasidagi mablaglarining qoldig’i kursatiladi. Ma'lumotlar 5010- "Milliy valyutadagi pul mablaglari" va 5020-"Xorij valyutasidagi pul mablaglari" schyotlaridan olinadi. 
"Qiska muddatli quyilmalar" (200-satr) moddasida boshqa sub'ektlarning qimmatbaxo qogozlariga, foizli davlat obligasiyalariga maxalliy qarzlarga va shunga uxshash boshqa qarzlarga qilingan quyilmalar (investisiyalar) (bir yildan ortiq bulmagan muddatda) va shu bilan birga boshqa sub'ektlarga berilgan qarzlarning miqdori kursatiladi. Ushbu ma'lumotlar 5800-"Qiska muddatli investisiyalarni xisobga oluvchi schyotlar" ning qoldigidan olinadi. 
"Sotib olingan xususiy aksiyalar" (210-satr) moddasida sub'ektning uzi chiqargan xususiy aksiyalarini karta sotib olib, keyinchalik tarqatish uchun bir yil muddatgacha uzida saqlangan aksiyalarning miqdorii kursatiladi. Sotib olingan xususiy aksiyalar 5810-"Qimmatbaxo qogozlar" schyotida xisobga olinadi. Foydaning taqsimlanishida sotib olingan xususiy aksiyalar buyicha dividendlar xisoblanmaydi. 
"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" (220- satr) moddasida xaridorlarga junatilgan maxsulot va tovarlar, buyurtmachilarga (xaridorlarga) topshirilgan ishlar va kursatilgan xizmatlar tuliq xaqiqiy tannarxda, moliyaviy natijani aniqlashda esa junatish yoki smeta kiymatlarida subektning pul mablaglari (yoki boshqa) schyotlariga tulovlar kelib tushgunga qadar yoki uzaro tulov talabnomalarida xisobga olinguncha va olingan vasikalar bilan ta'minlangunga qadar kursatiladi. Ushbu ma'lumotlar 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" va 4020-"Olingan vasikalarning joriy qismi" schyotlarining qoldigidan olinadi. "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bunak (avans) lar" (230-satr) moddasida boshqa sub'ektlarga keyinchalik xisoblashishlar uchun berilgan bunak (avans) miqdorilari 4300- "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bunaklar" schyotining ma'lumotlariga asosan kursatiladi. 
"Solik va majburiy tulovlar buyicha bunaklar" (240-satr) moddasida soliq va moliya muassasalariga berilgan bunaklar, shu bilan birgalikda soliqlar buyicha kup tulanganlik xolatlari qushilgan xolda, byudjetga bulgan yig’im va boshqa tulovlar kursatiladi. 
"Xodimlarga berilgan bunaklar va ularning boshqa qarzlari" (250-satr) moddasida sub'ekt ishchi va xodimlarining bank yoki shu sub'ektning mablaglari xisobiga olgan kredit va qarzlari, sub'ektga keltirilgan moddiy zararni koplash va ushbu kabilar buyicha bulgan qarzlar kursatiladi. Shu bilan birgalikda bu moddada jamoa va shaxsiy uy-joy qurilishiga yoki dala hovli sotib olish va bog’ uchastkalarida yashash sharoitini yaxshilash uchun xodimlarga berilgan qarzlar, yosh oilalarga yashash sharoitlarini yaxshilash va uy xujaligini tashkil etish uchun beriladigan foizsiz qarzlar aks ettiriladi. Tegishli ma'lumotlar 4400-"Xodimlarga berilgan bunaklar" va 4600-"Xodimlarning boshqa muomalalar buyicha qarzlari" schyotlaridan olinadi. 
Sub'ekt balansining aktivi va passividagi "Avlod korxonalaridan olinadigan schyotlar" (065-satr) moddasida, avlod korxonalari bilan bulgan joriy xisoblashishlar (balanslararo xisoblashuvlar) buyicha olinadigan mablaglarning summalari aks ettiriladi. Bunda avlod korxonasi timsolida xuquqiy shaxs xisoblanuvchi xamda investision va moliyaviy faoliyatini belgilash xuquqi asosiy sub'ektga doimiy ravishda berilgan korxonalar tushuniladi. Asosiy sub'ekt va uning avlod korxonasi buy icha ma'lumotlar jamlanishi lozim.
"Ayrim balansga utkazilgan bulinmalardan olinadigan schyotlar" (260 va 270-satr) moddasida filiallar va uyushma korxonalari bilan bulgan joriy jarayonlar buyicha 4110- "Mustaqil balansdagi bulinmalardan olinadigan schyotlar" schyotida yuritiladigan xisoblashish ma'lumotlari aks ettiriladi. 
"Ta'sischilarning qarzi" (280-satr) moddasi buyicha 4710- "Ta'sischilarning ustav kapitaliga xushadigan ulushlari buyicha qarzlari" schyotida xisobga olinadigan sub'ekt ta'sischilarining ustav kaptaliga ulushi buyicha qarzlari kursatiladi. 
"Boshqa debitorlar" (290-satr) moddasida 4420, 4430 va 4490 schyotlarning ma'lumotlariga asosan xisobdor shaxslarning, tovar-moddiy qiymatliklarni qabul qilish paytida aniqlangan kamomadlar buyicha mol yetkazib beruvchilarning qarzlari (4210 schyotga asosan) kursatiladi. Shuningdek bu moddada xujalik faoliyati natijalariga olib boriladigan, ya'ni qarzdor tomonidan tan olingan yoki sud, arbitraj va boshqa muassasalar ' tomonidan ularni undirish tugrisidagi qarori bilan olingan jarimalar, usimlar va bekarorlik tulovlari aks ettiriladi. 
Ushbu ma'lumotlar 4820 va 4890 schyotlardan olinadi. 
"2-bulim buyicha Jami" (300-satr) moddasida 120-290 satrlarning yig’indisi kursatiladi. 
"Balansning aktivi buyicha xammasi" (310-satr) moddasida 110 va 300 satrlarning yigindisi yordamida topiluvchi balans aktivining umumiy summasi kursatiladi. 
Balansning passivi ikki bulimdan: "Uz mablaglarining manbalari" va "Majburiyatlar" dan tarkib topgan. 
"Uz mablaglarining manbalari" bulimi quyidagi moddalardan tarkib topgan: 
"Ustav kapitala" (320-satr) moddasida sub'ekt ta'sischilarining Ustav kapitaliga kushgan xissalarining (qismlar, nominal qiymatdagi aksiyalar, ulush badallari) majmui, ya'ni ta'sis xujjatlarida ruyxatga olingan miqdorilar kursatiladi. 
Balansda Ustav kapitala va ta'sischilarning ustav kapitaliga qushishi kerak bulgan xaqiqiy qarzi aloxida kursatiladi. 
"Qushilgan kapital" (330-satr) moddasida sub'ekt uz aksiyalarini nominal qiymatdan yuqori baxolarda birlamchi sotishdan olden olingan emissiya daromadlarining miqdori kursatiladi. Ushbu ma'lumotlar 8521 "Emissiya daromadlari" schyotidan olinadi. 
"Zaxira kapitala" (340-satr) moddasida sub'ektning Nizomiga muvofik foyda xisobidan tashkil qilingan zaxiralar mol-mulkini qayta baxolashda tashkil etilgan zaxiralar, shuningdek begaraz olingan mulklar va xissadorlik (urtokchilik) jamiyatlarini mulklarini oshiradigan boshqa (pulli mablaglardan tashqari) tushumlarning miqdorii kursatiladi. Bu moddalar uchun ma'lumotlar 8531-"Aktivlarni qayta baxolash", 8523-"Tekinga olingan mulklar" schyotlarining ma'lumotlariga asosan tulgaziladi. 
Choraklik xisobotning "Taksimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar") (350satr) moddasida sof (netto) foyda, ya'ni tayyor maxsulot, yarim-fabrikat, sotib olingan maxsulot, bajarilgan ish va kursatilgan xizmatlarning sotilishidan aniqlangan moliyaviy natijalar, shuningdek muomalaviy daromadlar va tushumlar, 9430-"Boshqa muomalaviy sarflar" schyotidagi xarajatlar, sub'ektning moliyaviy faoliyati buyicha daromad va xarajatlari, favquloddagi, ya'ni kutilmagan tasodifiy foyda va zararlarni aks ettiruvchi 9000, 9100, 9300, 9430, 9500, 9600, 9700 schyotlari bilan 9800 schyotda qayd qilinadigan xisobot yili mobaynida tulanishi kerak bulgan soliqlar, shuningdek yakuniy xisoblanilgan foyda (daromad) soligi va atrof muxitni tozalash uchun maxalliy yigimlarni aks ettiruvchi 9800-"Soliq va yigimlarni tulash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlarining qoldiqlari urtasidagi farq kursatiladi, 
Xisobot yilining oxirida 9800-"Solik va yigimlarni tulash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlarining debetida yigilgan miqdori 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debetiga olib borilib ushbu 9800 schyot yopiladi va 1 yanvar sanasiga qoldiq kolmaydi. 
Xisobot yilida 9900-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotida koladigan qoldiq foyda (zarar) 8710-"Xisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)" schyotining (zarar) debetiga yoki (sof foyda) kreditiga olib boriladi va ushbu 9900 schyot yopiladi. 
Yillik xisobotda 8710-"Xisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)" schyotining kreditiga utkazilgan foyda xam kursatiladi. Shu bilan birga agarda 8720- "Taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)" schyotida utgan yillarning taksimlanmagan foyda koldigi bulsa. Xisobot yilidagi taksimlanmagan foydaning koldigi oldingi yilgisi bilan kushilib kursatiladi. 
Agarda sub'ekt zarar kursa u holda bu zarar shu satrda "manfiy" belgi bilan chorak oxirida kursatiladi. Shu bilan birga 9800-"Soliq va yigimlarni tulash uchun foydaning ishlatilishi" schyotlari koldigining 9900-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining qoldigidan ortikcha miqdorii xam "manfiy" belgi bilan kursatiladi. 
Xisobot yilidagi sub'ektning kurgan zarari dekabr oyidagi 9900-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyogining yakuniy oborotlari 8700-"Xisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)" schetining krediti bilan korrespondensiyalangandan keyin xisobotning "Taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)" moddasida kursatiladi. Xisobot davrida olingan zarar miqdori xam yil mobaynida shu satrda aks ettiriladi. 
"Maqsadli tushum va jamgarmalar" (360-satr) moddasida maksadli tadbirlarni amalga oshirish uchun 7800 va 8800 "Grant va subsidiyalar" schyotida xisobga olingan byudjetdan, tarmoq, va tarmoqdan tashqari maxsus maqsadlarga muljallangan jamgarmalardan, yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan pul mablaglarining qoldigi kursatiladi. 
"Kelgusi davr sarflari va tulovlari uchun zaxiralar" (370- satr) moddasida Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasini 1994 yil 26 martdagi 164-sonli qarori bilan tasdiklangan "Uzbekiston Respublikasida buxgalteriya xisobi va xisoboti tugrisida"gi Nizom va tegishli BXMS va "Xarajatlar tarkibi tug’risidagi Nizom"ga muvofiq ishchilar ta'tiliga xak tulash, xar yilgi mukofot tulovlari, xizmat kursatishi, asosiy vositalarni ta'mirlash va shunta uxshash maqsadlar uchun zaxiralangan mablaglarning qoldigi kursatiladi.. 
"Kelgusi davr daromadlari" (380-satr) moddasida xisobot davrida olingan, lekin keyingi xisobot davrlariga tegishli bulgak mablaglar (ijara xaklari va shu kabilar), shuningdek amaldagi tartibga binoan 9550-"Moliyalashtiriladigan lizing buyicha daromadlar" schyotida xisobga olinadigan mablaglarning miqdorilari kursatiladi. 
"1-bulim Jami" (390-satr) modsasida 320-380 satrlarning yigindisi kursatiladi. 
"Uzoq muddatli qarzlar" (400-satr) moddasida boshqa korxona va muassasalardan (banklardan tashkari) olingan uzoq muddatli (tulovni uzish muddati bir yildan kam bulmagan) qarz miqdorilari kursatiladi. 
Ijara beruvchidan Uzoq muddatli ijara sharti bilan olingan asosiy vositalar buyicha qarzlarning xolati 6910- "Tulanadigan tezkor lizing" schyotlarida xisobga olinuvchi kreditorlik qarzi ijarachi tomonidan 0310- "Uzoq, muddatga ijaraga olingan asosiy vositalar" schyotida xisobga olinib, uning miqdorii xam shu satrda kursatiladi. 
"Uzoq muddatli kreditlar" (410-satr) moddasida bank bilan kelishilgan xolda ulardan olingan Uzoq muddatli (tulovni uzish muddati bir yildan kam bulmagan) kreditlar buyicha qarzlar miqdorii kursatiladi. Ushbu moddani tulgazish uchun ma'lumotlar shu nomdagi 7510 schyotdan olinadi. 
"Qiska muddatli qarzlar" (420-satr) moddasida 6870- "Bankdan tashkari qarzlar" schyotida xisobga olinuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan (banklardan tashkari) olingan kiska muddatli (tulovni uzish muddati bir yildan kup bulmagan) qarzlar buyicha qarz miqdorilari kursatiladi. 
Bundan tashqari ushbu moddada 6820, 6830 va 6890 schyotlarning ma'lumotlari xam keltiriladi. 
"Qiska muddatli kreditlar" (430-satr) moddasida bank bilan kelishilgan xolda ulardan olingan (tulovni uzish muddati bir yildan kup bulmagan) kreditlarning miqdori kursatiladi. Shu bilan birga bu moddada yakka tartibdagi uy- joy, dala xovli qurish, boshqa maqsadlar uchun xodimlarga berilgan bank ssudalari, shuningdek savdo korxonalariga ular tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar qiymatini qoplash buyicha olingan qarzlarning miqdori xam kursatiladi. Ma'lumotlar 6810-"Bankning qisqa muddatli kreditlari" schyotidan olinadi. 
"Xaridor va buyurtmachilardan (schyotlarga kelib tushgan) olingan bunaklar" (440-satr) moddasida maxsulotlar yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar kursatish uchun 6310- "xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bunaklar" schyotida xisobga olinuvchi xaridor va buyurtmachilardan keyingi xisoblashishlar buyicha olingan bunaklarning miqdori kursatiladi. 
"Mol yetkazib beruvchilarga bulgan qarzlar" (450-satr) moddasida kirim qilingan moddiy qiymatlik, bajarilgan ish, kursatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga, shuningdek fakturalanmagan TMZ uchun mol etkazib beruvchilarga bulgan qarzlarning miqdorii aks ettiriladi. Bundan tashqari, bu erda 6010, 7010-"Mol yetkazib beruvchi va pulratchilarga tulanaladigan schyotlar" 6020, 7020- berilgan vasikalar schetida xisobga olingan mol yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar bilan ta'minlash uchun sub'ekt tomonidan berilgan vasikalar buyicha qarzlarning miqdori xam kursatiladi. 
"Byudjetga tulovlar buyicha qarzlar" (460-satr) moddasida sub'ektning byudjetga bulgan tulovlarining barcha turlari buyicha, shu bilan birga uzining xodimlaridan ushlanadigan daromad soligi buyicha qarzlar 6410-"Byudjetga tulov buyicha qarzlar" schyotida kursatiladigan summalar aks ettiriladi. 
"Mexnatga xaq tulash buyicha qarzlar" (470-satr) moddasida xisoblangan, lekin xali tulanmagan mexnat xaqining miqdorilari 6710-"Mexnat xaqi yuzasidan xodimlar bilan xisoblashishlar" va 6720-"Deponentlangan mexnat xaki" schyotlari buyicha qoldiq summalari kursatiladi. 
"Ijtimoiy sugurta va nafaka ta'minoti buyicha qarzlar" (480-satr) moddasida sub'ektning ijtimoyi sugurta, nafaka ta'minoti va tibbiy sugurta ajratmalari buyicha qarzlarning miqdorii aks ettiriladi. 
Ushbu ma'lumotlar 6520-"Ijtimoiy sugurta buyicha tulovlar" schyotidan olinadi. 
"Mulk va shaxsiy sug’urtalar buyicha qarzlar" (490-satr) moddasida sub'ekt ishchilarining va mulkining majburiy va ixtiyoriy va sub'ekt sugurtachi vazifasini bajaradigan boshqa xil sugurtalar buyicha qarzlar kursatiladi. Tegishli ma'lumotlar 6510-"Mulk va shaxsiy sugurtalar buyicha tulovlar" schyotidan olinadi. 
"Byudjetdan tashqari tulovlar buyicha qarzlar" (500-satr) moddasida sub'ektning byudjetdan tashkari ajratmalar buyicha davlat boshqaruv organlariga va soliqchilikda belgilangan tartibga muvofik, davlat organlariga utkaziladigan boshqa maxsus jamgarmalarga ajratmalari buyicha qarzlari kursatiladi va ma'lumotlar 6530-"Byudjetdan tashkari jamgarmalarga tulovlar" schyotidan olinadi. 
"Avlod korxonalariga bulgan qarzlar" (510-satr) moddasida avlod korxonalar bilan joriy qarzlar (balanslararo xisoblashish) buyicha ma'lumotlar aks ettiriladi. Bunda avlod korxonasi timsolida xuquqiy shaxs xisoblanuvchi xamda strategik iktisodiy siyosat masalalari buyicha joriy, investision va moliyaviy faoliyatini belgilash asosiy sub'ektga doimiy ravishda berilgan bulinmalar tushuniladi. Asosiy sub'ekt va uning avlod korxonalari buyicha ma'lumotlar jamlanishi lozim. Yig’ma xisobotda kursatilgan moddalar 6110- "Mustaqil balansga utkazilgan bulinmalarga bulgan tulovlar" schyoti yordamida jamlanadi. 
"Uyushma korxonalariga qarzlar" (520-satr) moddasida 6110- "Mustaqil balansga utkazilgan bulimlarga bulgan tulovlar" schyotida xisobi yuritiladigan uyushma korxonalariga bulgan qarzlarning miqdori aks ettiriladi. 
"Boshqa kreditorlar" (530-satr) moddasida "Kreditorlar bilan xisoblashishlar" guruxining moddalarida o’z aksini topmagan boshqa xisoblashishlar buyicha qarzlar kursatiladi. "Kreditorlar" guruxi buyicha sub'ektning mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, byudjetga, mexnat xaqi buyicha sub'ektning xodimlariga, ijtimoiy sug’urta va ta'minot muassasalaridan tashqari boshqa sub'ektlarga bulgan kreditorlik qarzlari aks ettiriladi. Balansga xar bir "Kreditorlar" guruxi tarkibida kiruvchi kursatkichlar ushbu yuriqnomaning 2.51-2.59 bandlarida yozilgan. Tegishli ma'lumotlar 6800-"Xar xil kreditorlarga bulgan qarzlar va boshqa xisoblangan majburiyatlarni xisobga oluvchi schyotlar"dan olinadi. 
"2-bulimning" (540-satr) moddasida 400-530 satrlar yigindisining natijasi kursatiladi. 
"Balansning passivi buyicha xammasi" (550-satr) moddasida 390 va 540 satrlar yigindisining natijasi yordamida topilgan balans passivining miqdori aks ettiriladi. 


Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish