Reja: 1 «Asosiy ishlab chikarish» schyoti.
2 «Xodimlar bilan mexnatga xak tulash buyicha
xisob-kitoblar» schyoti.
3 «Byudjet bilan xisob-kitoblar» schyoti.
4 Ishlab chikarish xarajatlari.
5 «Tayyor maxsulot» schyoti.
Korxonaning ishlab chikarish - xujalik faoliyati uning uchun zarur bulgan xom ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor maxsulotlar va komplektlash maxsuloti, kurilma va detallar, xar xil materiallar, idish va idish materiallari, kurilish materiallari, mashina va asbob-uskunalar, imorat, inshoot va boshka moddiy kiymatliklar bilan ta’minlangandan sung boshlanishi mumkin. Ishlab chikarish jarayonida yukorida sanab utilgan mexnat buyumlariga kishilar mexnat kurollari bilan ta’sir kilib, mexnat buyumlarining shaklini uzgartirishga ta’sir kilgan ishchilar ish xaki va ish xakiga nisbatan xisoblangan xar xil ajratmalar summasi, mexnat buyumlariga ta’sir kilishda ishchilar tomonidan foydalanilgan mexnat kurollarining amortizatsiya summasi xamda ishlab chikarish faoliyatini boshkarish va unga raxbarlik kilish bilan boglik bulgan xarajatlar yigindisidan iborat buladi.
«Asosiy ishlab chikarish» schyoti. Muayyan korxona kanday maxsulotni ishlab chikarish, kanday ishlarni bajarish yoki kanday xizmatlarni kilish maksadida tuzilgan bulsa, shu maksadlarni bajarish bilan boglik bulgan ishlab chikarish asosiy ishlab chikarish bulib xisoblanadi va uning xarajatlari tugrisidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun schëtlar ruyxatidagi «Asosiy ishlab chikarish» schyoti tayinlangan. Bu sintetik schyot aktiv schyot bulib, uning debet kismida asosiy ishlab chikarish bilan boglik bulgan xarajatlar summasi, kredit kismida esa asosiy ishlab chikarish jarayonida tayyorlangan tayyor maxsulotning rejali yoki me’yoriy tannarxi, xakikiy tannarxi bilan rejali yoki me’yoriy tannarxi urtasidagi fark summasi, ishlab chikarish jarayonida buzilgan maxsulot yoki yarim tayyor maxsulotlarning me’yoriy tannarxi, ishlab chikarish jarayonida foydalanilmagan va omborga kaytarilgan xom ashyo, asosiy material va sotib olingan yarim tayyor maxsulotlarning summasi aks ettiriladi. «Asosiy ishlab chikarish» schyotida aks ettirilgan ma’lumotlar asosida ishlab chikarilgan tayyor maxsulotning mikdori va uning xakikiy tannarxi aniklanadi.
«Asosiy ishlab chikarish» schyoti kalkulyatsiya kiluvchi sintetik schyot bulib, uning yordamida ishlab chikarilgan tayyor maxsulotning tannarxi xisoblab chikiladi.
«Xodimlar bilan mexnatga xak tulash buyicha xisob-kitoblar» schyoti. Bu schyot xodimlar bilan mexnatga xak tulash (ish xakining xamma turlari, mukofotlar, ishlaëtgan nafakachilarga tulanadigan nafaka(pensiya)lar va boshka tulovlar buyicha) xamda muayyan korxonaning aksiyalari va kimmatli kogozlari buyicha daromadlar tulashga doir xisob-kitoblar tugrisidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotning kreditida xodimlarga xisoblangan mexnat xaklari, tegishli zaxiralar xisobida xodimlarga ta’til xaki, kup yil ishlagani uchun yilda bir marta xisoblangan takdirlash, ijtimoiy sugurta xisobidan xisoblangan nafaka va pensiyalar, korxonada katnashgani uchun xisoblangan daromadlar aks ettiriladi.
«Xodimlar bilan mexnatga xak tulash buyicha xisob-kitoblar» schyotining debetida tulangan ish xaki, mukofotlar, nafaka, pensiya va boshkalarning summasi xamda xisoblangan soliklar, ijro xujjatlari buyicha tulovlar va ushlangan boshka summalar aks ettiriladi.
Xisoblangan, ammo urnatilgan muddatda tulanmagan (oluvchining kelmaganligi sababli) summalar «Xodimlar bilan mexnatga xak tulash buyicha xisob-kitoblar» schyotining debeti va «Xar xil debitor va kreditorlar bilan xisob-kitoblar» schyotining krediti buyicha aks ettiriladi.
«Byudjet bilan xisob-kitoblar» schyoti. Ishchi va xizmatchilarga xisoblangan ish xaki summasidan daromad va bolasizlik soligi ushlanadi. Bu xujalik operatsiyasi amalga oshirilganda kuyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ye b ye t «Xodimlar bilan mexnatga xak tulash buyicha xisob-kitoblar» schyoti.
K r ye d i t «Byudjet bilan xisob-kitoblar» schyoti.
Ishchi va xizmatchilarning ish xaki summasidan ushlab kolingan soliklar byudjetga korxonaning bankdagi xisob-kitob schyotidan utkaziladi. Bunda kuyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ye b ye t «Kassa» schyoti.
K r ye d i t «Xisob-kitoblar» schyoti.
Buxgalteriya tomonidan tuzilgan «Tulov vedomosti» yoki «Xisob-kitob tulov vedomosti»ga asosan kassadan ishchi va xizmatchilarga ish xaki tulanadi. Bunda kuyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ye b ye t «Xodimlar bilan mexnatga xak tulash buyicha xisob-kitoblar» schyoti.
K r ye d i t «Kassa» schyoti.
Agar ishchi va xizmatchilar tomonidan «Tulov vedomosti» yoki «Xisob-kitob tulov vedomosti»da kursatilgan ish xaki summasi kassadan uch kun davomida olinmasa, u xolda bu ish xaki deponentga utkaziladi. Bunda kuyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ye b ye t «Xodimlar bilan mexnatga xak tulash buyicha xisob-kitoblar» schyoti.
K r ye d i t «Xar xil debitor va kreditorlar bilan xisob-kitob» schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga deponentga utkazib kuyilgan ish xaki summasi tulanganda kuyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ye b ye t «Xodimlar bilan mexnatga xak tulash buyicha xisob-kitoblar» schyoti.
K r ye d i t «Kassa» schyoti.