Dastlabki balns tuzish: - Bu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, so‘ngra buxgalteriyada sintetik hisob yuritiladi va schyotlarda ikki yoqlama yozuv orqali aks ettiriladi. Oy oxirida esa har bir schyotlar bo‘yicha qoldiq summalar aniqlanadi. Ba’zi schyotlar esa bekitiladi. Bu haqda kelgusi mavzularda kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Schyotlardagi oxirgi qoldiqlardagi ma’lumotlar bosh kitobga ko‘chiriladi va balansga o‘rnatilgan tartibda aks ettirib chiqiladi.
- Balansning aktiv va passiv tomonlari o‘z moddalariga ega hamda ularda ho‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larining kelar manba- larining oxirgi qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Aktiv haqida; - Aktiv tomoni ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, I bo‘lim «Uzoq muddatli aktivlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: asosiy vositalar, lizingga olingan asosiy vositalar , nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik summalari.
- Ko‘rib o‘tganimizdek, «Uzoq muddatli aktivlar»ga korxonada bir yildan ortiq xizmat qiladigan mablag‘lar kiradi. Qolgan mablag‘lar joriy aktivlar hisoblanadi.
Joriy aktiv haqida: - II bo‘lim «Joriy aktivlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablag‘lari, debitorlik summalari va boshqalar.
- Balansning passiv tomoni ham ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, I bo‘lim «O‘z mablag‘larining manbalari» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ustav kapitali, zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kelgusi davr daromadlari va hokazolar.
- II bo‘lim «Majburiyatlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan bo‘naklar va kreditorlik majburiyatlari.
Ma’lumotlar: - Balansda aks ettiriladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelar manbalari alohida turlari bo‘yicha pul o‘lchov birligida ifodalanadi. Balans moddalarini baholash prinsipi barcha korxonalr uchun bir xil bo‘ladi. Baholash asosida ishlab chiqarish vositalarini sotib olish yoki mahsulot tayyorlash haqiqiy tannarxi yotadi. Buxgalteriya balansi moddalarining bahosi real bo‘lishi, ya’ni mablag‘lar va ularning vujudga kelish manbalari turlarining haqiqiy kattaligini aks ettirish kerak. Aktiv va passiv moddalarini baholashning haqiqiyligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ishonchliligi bilan ta’minlanadi.
- Balansdagi moddalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga ko‘rsatiladi. Bunday tartib o‘rnatilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma’lumotlami o‘rganish, taqqoslash orqali xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini o‘zgarib borishi haqida xulosaga, ma’lum bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
- Korxonalar balansi hisobotning bir shakli sifatida o‘rnatilgan tartib bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq inspeksiyasining korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish yuzasidan ko‘rsatmasiga asosan andozadagi blankalarga tuziladi. Undagi ko‘rsatkichlar umumiy bir o‘lchov birligida, ya’ni pul ko‘rsatkichida aks ettiriladi.
- Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bo‘lib, mod- dalari ham turlichadir. Ammo undagi moddalarning nechtasida ko‘rsat- kichlar aks ettirilishi, korxonaning xo‘jalikni qaysi tarmog‘iga qarash- liligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat miqyosi qay darajadaligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
- Balansning ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlar asosida korxona faoliyati o‘rganiladi, tahlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, iqtisodiyot- dagi tub o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoiti- dagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, investorlar) uchun ham kor- xona haqida ma’lumotga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |