Ikkiyoqlama yozuv: Balansning asosiy ma’lumot manbayi bo‘lib, buxgalteriya hisobining boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlari hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili yoki o‘ziga xos usuli hisoblangan «Ikkiyoqlama yozuv» balans tomonlarining tengligini ta’minlovchi usuldir. Balansdagi xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelar manbalari bo‘yicha oxirgi qoldiq asosan bosh kitobdan olinadi. Buxgalteriya balansi nazorat quroli bo‘lib ham hisoblanadi. Agar buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlarining tengligi ta’mi- lanmasa, buxgalteriya yozuvlarida xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi yoki mablag‘lar va ularning kelar manbalarining to‘g‘ri joylashmaganini bildiradi. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |