Hisobot davrining boshidagi korxona (qisqartirilgan) balansi
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
Asosiy vositalar
|
1 200 000
|
Ustav kapitali
|
1 250 000
|
Tovar-moddiy zahiralar
|
600 000
|
Taqsimlanmagan foyda
|
450 000
|
Hisob-kitob schyoti
|
750 000
|
To‘lanadigan schyotlar
|
848 750
|
Kassa
|
10
|
Byudjetga qarzlar
|
1 260
|
Balans
|
2 550 010
|
Balans
|
2 550 010
|
Birinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip, tur)ga kiruvchi muomalalar ta’sirida balansning aktiv qismida o‘zgarish sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir modda ko‘payadi va boshqa bir modda shu summaga kamayadi. Balansning umumiy summasi esa o‘zgarmaydi.
Misol: ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish uchun hisob-kitob schyotidan kassaga 50 000 ming so‘m pul olib kelindi. Kassa schyoti 50 000 ming so‘mga ko‘payishi, hisob-kitob schyoti esa 50 000 ming so‘mga kamayishi sodir bo‘ladi.
4-jadval
Birinchi operatsiyadan keyin balans ko‘rinishi
(ming so‘m)
Aktiv
|
O‘zgarish
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
Asosiy vositalar
|
|
1 200 000
|
Ustav kapitali
|
1 250 000
|
Tovar-moddiy
zahiralar
|
|
600 000
|
Taqsimlanmagan foyda
|
450 000
|
Hisob-kitob schyoti
|
-50000
|
700 000
|
To‘lanadigan schyotlar
|
848 750
|
Kassa
|
+50000
|
50 010
|
Byudjetga qarzlar
|
1 260
|
Balans
|
|
2 550 010
|
Balans
|
2 550 010
|
Ikkinchi tur o‘zgarish. Sodir bo‘lgan muomala balansning passiv qismidagi moddalarga ta’sir ko‘rsatib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir moddaning ko‘payishi va boshqa bir moddaning shu summaga kamayishi tushuniladi. Balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi.
Misol: taqsimlanmagan foydaning bir qismi 25 000 ming so‘m ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirildi. Taqsimlanmagan foyda schyoti 25 000 ming so‘mga kamayishi, ustav kapitali schyoti esa 25 000 ming so‘mga ko‘payishini aks ettiriladi.
Ikkinchi operatsiyadan keyin balans i ko‘rinishi
(ming so‘m)
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
O‘zgarish
|
Summa
|
Asosiy vositalar
|
1 200 000
|
Ustav kapitali
|
+25000
|
1 275 000
|
Tovar-moddiy
zahiralar
|
600 000
|
Taqsimlanmagan foyda
|
-25000
|
425 000
|
Hisob-kitob schyoti
|
700 000
|
To‘lanadigan schyotlar
|
|
848 750
|
Kassa
|
50 010
|
Byudjetga qarzlar
|
|
1 260
|
Balans
|
2 550 010
|
Balans
|
|
2 550 010
|
Uchinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip)ga kiruvchi muomalalar balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir moddaning ko‘payishi va balansning passiv qismidagi boshqa bir moddaning shu summaga ko‘payishi bilan balansning umumiy summasi ham shu summaga ko‘payadi.
Misol: mol yetkazib beruvchilardan 35 000 ming so‘mga xom-ashyo materiallar olindi, lekin puli to‘lanmadi.
Balansning aktiv qismidagi xomashyo materiallar schyoti 35 000 ming so‘mga ko‘paydi, passiv qismidagi mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schyotlar ham 35 000 ming so‘mga ko‘payadi.
6-jadval
Uchinchi operatsiyadan keyin balans ko‘rinishi
(ming so‘m)
Aktiv
|
O‘z-
garish
|
Summa
|
Passiv
|
O‘z-
garish
|
Summa
|
Asosiy vositalar
|
|
1 200 000
|
Ustav kapitali
|
|
1 275 000
|
Tovar-moddiy
zahiralar
|
+35000
|
635 000
|
T aqsimlanmagan foyda
|
|
425 000
|
Hisob-kitob
schyoti
|
|
700 000
|
To‘lanadigan
schyotlar
|
+35000
|
883 750
|
Kassa
|
|
50 010
|
Byudjetga qarzlar
|
|
1 260
|
Balans
|
+35000
|
2 585 010
|
Balans
|
+35000
|
2 585 010
|
To‘rtinchi tur o‘zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda va passiv qismida boshqa bir modda shu summaga kamayadi, balansning umumiy summasi ham shu summaga kamayadi.
Misol: hisob-kitob schyotidan mol yetkazib beruvchilarga olingan xom-ashyo materiallar uchun 600 000 ming so‘m to‘landi.
Balansning aktiv qismidagi hisob-kitob schyoti 600 000 ming so‘mga kamaydi, passiv qismidagi to‘lanadigan schyotlar ham 600 000 ming so‘mga kamaydi.
7-jadval
To‘rtinchi operatsiyadan keyin balans ko‘rinishi
(ming so‘m)
Aktiv
|
O‘z-
garish
|
Summa
|
Passiv
|
O‘z-
garish
|
Summa
|
Asosiy vositalar
|
|
1 200 000
|
Ustav kapitali
|
|
1 275 000
|
Tovar-moddiy
zahiralar
|
|
635 000
|
Taqsimlanmagan
foyda
|
|
425 000
|
Hisob-kitob
schyoti
|
-600000
|
100 000
|
To‘lanadigan schyotlar
|
|
635 000
|
Kassa
|
|
50 010
|
Byudjetga qarzlar
|
-600000
|
100 000
|
Balans
|
|
1 985 010
|
Balans
|
|
1 985 010
|
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
I va II tipdagi o‘zgarishlar oldingi balans summasini hech qachon o‘zgartirmaydi.
III va IV tipdagi o‘zgarishlar albatta oldingi balans summasini o‘zgarishiga olib keladi, jumladan uchinchi tip o‘zgarishlar balans summasini oshishiga, to‘rtinchi tip o‘zgarishlar balans summasini kamayishiga sabab bo‘ladi.
Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari bir vaqtning o‘zida aktivni bir summaga oshirib, passivni esa o‘sha summaga kamaytirishi mumkin emas.
Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari aktivni bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga), passivni esa boshqa bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga) olib kelishi mumkin emas.
Buxgalteriya balansi turlari
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilari bo‘yicha tavsiflanadi:
tuzilish vaqtiga ko‘ra;
axborot haj miga ko ‘ ra;
mulkchilik shakliga ko‘ra;
aks ettirish obyektiga ko‘ra;
tozalash usuliga ko‘ra.
Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo‘linish va birlashtirish balanslariga bo‘linadi.
rasm. Buxgalteriya balansi turlari
Kirish balansi korxonaning tashkil topish paytida tuziladi. U korxona o‘z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Kirish balansida ustav kapitali ta’sis hujjatlari bo‘yicha va unga doir badallar pul mablag‘lari, boshqa mol- mulk ko‘rinishida aks ettiriladi va hokazo.
Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda vaqti-vaqti bilan tuzilib turiladi. (Oylik, choraklik, yarim yillik, yillik).
Xorijiy adabiyotlarning ma’lumotlariga asosan buxgalteriya balansi tuzilishdan oldin sinov balansi qayd qilinadi.
Sinov balansi - barcha hisob-kitoblarlarning debet va kredit qoldig‘ining natijasidir. Sinov balansida debet tomonidagi so‘mma kredit tomonidagi so‘mmaga mos bo‘lishi kerak. Sinov balansi buxgalteriya davrining so‘nggi kunida tayyorlanadi.15
Tugatish balansi korxona faoliyatini tugatish sanasida mol-mulk va uning manbalari holatini tavsiflash uchun tuziladi. Tugatish balansi asosida tugatish komissiyasi korxonaning tugatilish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari
summasini belgilaydi, so‘ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani tashkil etish chog‘ida muassislar tomonidan ustav kapitaliga kiritilgan badallarni qaytaradi. So‘ngra korxona mol-mulkining qolganini uning muassislari o‘rtasida taqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi bahosida, ya’ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Bo‘lish (ajratish) balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy b o‘linmasini boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi ham deb yuritiladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida tuziladi.
Axborot hajmi bo‘iicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga bo‘linadi. Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida tuziladi.
Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik mablag‘larini aks ettiradi.
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi,
Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi.
Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi. Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, bo‘limlar, korxonaning avtotransport va turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi.
Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo‘linadi.
Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. “Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”, “Sotib olingan xususiy aksiyalar” singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.
Brutto (brutto) - italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi “qo‘pol”, “tozalanmagan” degan ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil ilmiy tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini o‘rganish va shunga o‘xshash maqsadlarda tuziladi.
Netto-balans — bu tartibga soluvchi moddalar (kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib tashlangan, ya’ni tozalangan balansdir. Netto (netto) so‘zi ham italyancha bo‘lib, “sof^’, “toza” degan ma’nolarni bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli qo‘llaniladi. Masalan, “asosiy vositalarning eskirishi”, “nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi”, “savdo ustamasi” va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan mos ravishda chegirib tashlanib, ularning sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda esa kontr-passiv schyotlar qoldig‘i, masalan, “sotib olingan xususiy aktsiyalar” moddasining qoldig‘i u bilan bog‘liq tegishli modda, ya’ni “Ustav kapitali” moddasi qoldig‘idan chegirib tashlanadi.
Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish balanslari quyidagi ko‘rinishlarda tuziladi:
s kirish tugatish balansi;
s oraliq tugatish balansi;
s yakuniy tugatish balansi.
Ularning har biri tugatilayotgan korxona mulklarini sotish mumkin bo‘lgan bahoda baholanib tuziladi.
Balansga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
balansning to‘g‘riligi;
balansning realligi;
balansning yaxlitligi;
balansning izchilligi;
balansning tushunarliligi.
Balansning to‘g‘riligi balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to‘laligi va sifati bilan ta’minlanadi. Agar hisobot davrida xo‘jalik faoliyatining barcha muomalalari o‘z vaqtida hujjatli rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unda balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks ettirmaydi. Buxgalteriya balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya chetlaridagi yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya balansi ma’lumotlarini qasddan buzish niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzilishlarini yashirish maqsadida atayin va balansni tuzish bo‘yicha ayrim qoidalardan bexabarlik oqibatida bilmasdan qilingan bo‘lishi mumkin.
Balansning realligi moddalar bahosining obyektiv voqelikka muvofiq kelishini anglatadi. Balansning “to‘g‘riligi” va “realligi” tushunchalarini bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Balans to‘g‘ri, ammo noreal bo‘lishi mumkin, ya’ni balans ma’lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo‘ladi va haqiqiy mavjud mablag‘larni ko‘rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real sharoitni, masalan, asosiy vositalar ma’naviy eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi va shu kabilarni ko‘rsatmaydi.
Balansning yahlitligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari bo‘yicha tuzilishini, ya’ni korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalarida va tarmoqlarida buxgalteriya hisobi chetlarining bir xildagi mazmuni, ularning korrespondentsiyasi va shu kabilar qo‘llanilishini anglatadi.
Balansning izchilligi har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy balansi (yil oxiriga bo‘lgan ma’lumotlar) yil boshiga bo‘lgan boshlang‘ich balansi ma’lumotlari bo‘lishi kerak, chunki hisobot yili oldingi yilning davomi hisoblanadi.
Balansning tushunarliligi - balansni tuzuvchilar va uni o‘qiydigan hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir. Balansni aniq va tushunarli qilish uchun moddalar rekvizitlari va nomlari ikki tilda (o‘zbek va rus tilida) bayon qilingan, uning shakli ancha soddalashtirilgan.
Buxgalteriya balansi - korxonalarning moliyaviy ahvolini o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi
Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo‘lib, ularga asoslanib xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Aynan mana shunday muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi bois buxgalteriya balansi buxgalteriya hisoboti shakllari ichida birinchi o‘rinda turadi. Undagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, balki ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi mantiqiy va o‘ziga xos bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni o‘qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega, shuningdek, faqat buxgalteriya balansiga xos bo‘lgan ayrim cheklashlarni albatta bilish zarur.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni undagi axborotdan foydalanuvchilar, eng avvalo tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning holatini ochib beruvchi, korxonaning joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil etilgan xususiy kapital va ayrim turdagi rezervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalar batafsillik darajasining yuqoriligi shundan kelib chiqadi.
Balansga xos ichki o‘zaro bog‘liqliklar axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojining qondirilish darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyidagilardan iborat:
Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisi passivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, bu balansning mohiyati bilan izohlanadi.
Xususiy kapitalning hajmi (passivdagi birinchi bo‘lim) uzoq muddatli aktivlar (aktivdagi birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo‘ladi. Bunday xulosa isbot talab qilmaydi. Chunki, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati joriy aktivlarsiz mumkin emas deb qabul qilingan. Shuning uchun xususiy kapitalning tarkibi uzoq muddatli va joriy aktivlar shakllanishini doimo nazarda tutadi. Milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari aktivdagi mulklar nisbatiga har xil ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu uslub bo‘yicha hisoblangan tafovut o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligini ko‘rsatadi. Bu mablag‘lar va zahiralar hamda xarajatlarni shakllantiradigan uzoq muddatli qarz manbalarining summasi kapital va rezervlarning jamini bildiradi (passivning birinchi bo‘limi), hamda uzoq muddatli kreditlar va qarz mablag‘lar (passivning ikkinchi bo‘limi) uzoq muddatli aktivlarni (aktivning birinchi bo‘limi) chegirib tashlagan holda.
Shunday qilib, zaxiralar va xarajatlarni shakllantiruvchi asosiy manbalarning umumiy miqdori qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasi qo‘shilgan holdagi oldingi ko‘rsatkich miqdoriga teng.
Uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining birinchi bo‘limi) asosan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanishini e’tiborga olib, ularning miqdori xo‘jalik yurituvchi subyekt normal faoliyat ko‘rsatgan sharoitda, majburiyatlar (balans passivining ikkinchi bo‘limi) summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ularning nisbati 6/4 va undan yuqori bo‘lishi normal holat deb tan olinadi.
Balansda barcha aktivlar va passivlar juda batafsil beriladi. Bu uning aktivi va passivi bo‘yicha ayrim moddalari, natijada, ayrim mulklarni qoplash manbalari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishga imkon beradi. Masalan, uzoq muddatli va qisqa muddatli qo‘yilmalarni qoplash manbalari bo‘lib, maxsus mo‘ljallangan har xil fondlar va rezerv kapitali hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansining eng umumiy sharhi, uning ma’lum cheklashlarida (statiklik, baholash tamoyilining realligi va h.k.), undan foydalanuvchilarga, eng avvalo mulkdorlarning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida zarur axborotlarni taqdim etadi.
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Balans aktivi va passivining bo‘limlari nimalardan iborat?
Buxgalteriya balansi necha qismdan iborat?
Buxgalteriya balansini tuzishdagi asosiy ma’lumot manbalari.
Buxgalteriya balansining aktiv qismida nimalar aks ettiriladi?
Buxgalteriya balansining passiv qismida nimalar aks ettiriladi?
Balans turlariga ta’rif bering.
Jarayonlar natijasida balansdagi o‘zgarishlar qanday aks ettiriladi?
Oylik, choraklik va yillik balanslarning o‘rni nimada?
Balansning quyidagi bo‘limlari mazmunini ochib bering:
aktivning birinchi bo‘limi “Uzoq muddatli aktivlar”;
aktivning ikkinchi bo‘limi “Joriy aktivlar”;
passivning birinchi bo‘limi “O‘z mablag‘lari manbalari”;
passivning ikkinchi bo‘limi “Majburiyatlar”.
Balans nima maqsadda va qanday tuziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |