Butunjahon oits ga qarshi kurashish



Download 10,31 Kb.
Sana08.06.2022
Hajmi10,31 Kb.
#643100
Bog'liq
To\'xtayeva Dilorom OITS


1- dekabr -- " Butunjahon OITS ga qarshi kurashish " kuni.
Bugungi kunda butun dunyoda OITS ( orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) haqida, jumladan ushbu global epidemiyaning insoniyat turmushiga ko'rsatayotgan ta'siri va xavfi juda ko'plab yurtdoshlarimizni sarosimaga solib kelmoqda. 1981- yilning 5- iyun kuni Amerika kasalliklarni nazorat qilish markazi yangi kasallik - OITSni ro'yhatga oldi. Tez orada unga nom ham berildi.Inglizchada "AIDS " ruschada "SPID", o'zbekchada esa "OITS" . Bu kasllik aniqlanganidan beri 25 million insonni hayitdan olib ketdi. Barcha mamlakatlarning sog'liqni saqlash vazirlarining uchrashuvida OITS\OIV bo'yicha ijtimoiy sabr va axborot almashinuvini kengaytirishga undov e'lon qilingandan so'ng, 1988- yilning 1- dekabridan e'tiboran Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni nishonlana boshladi. Mazkur kun sog'lom hayot tarzini ilgari surish borasidagi eng muhim kunlardan biriga aylanib, OITS haqida jamoatchilikni xabardor qilish, mazkur kasallikdan vafot etgan insonlarni yodga olish , qolaversa, OITS ga qarshi kurash yo'lidagi yutuqlarimiz, jumladan bu kasallikning jadallashishini to'xtatib turish va oldini olish bo'yicha chora tadbirlarni yanada isloh qilish imkoniyatini berdi. Bir kun kelib, shunday dardning paydo bo'lishi va millionlab odamlarning yostig'ini quritishi hech kimning hayoliga ham kelmagan edi. OITS inson immunitet tizimining zaiflashuvi oqibatida yuzaga keluvchi kasallikdir. Bu dardning o'ziga xos xususiyati shundaki, OITS virusini yuqtirgan inson kasalliklarga qarshi himoyachisi bo'lgan immunitetlarning zaiflashuvi oqibatida oddiy xastaliklarga ham dosh berolmay qoladi. Bu holatda yengil darajadagi birgina shamollash ham insonni halok qilishi mumkin. Shunisi ayanchliki, OIV infeksiyasi bilan kasallangan birinchi o'zbekistonlik bemor 1989- yilda aniqlangan, bo' lsa keyingi o'n yil davomida bu xastalikka chalingan 76 ta bemor qayd etilgan. Kasallik ko'rsatkichi yildan yilga ortib borib, oxirgi yillarda infeksiyani yuqtirganlar soni o'rtacha bir yilda uch ming nafarga yetadi. Xo'sh, bu kasallik o'zi qanday yuqadi? 1. Jinsiy aloqa yo'i orqali ayoldan erkakka yoki erkakdan ayolga yuqadi. 2. Parental yo'l orqali, ya'ni virus bilan zararlangan qon va qon mahsulotlari quyilganda, nosteril shpritslar va tibbiy asbob uskunalaridan foydalanilganda yuqishi mumkin. 3. Vertikal yo'l orqali, ya'ni OITS virusini tashuvchi onadan homilaga yoki chaqaloqqa ona suti orqali yuqishi mumkin. Hozirgi davrda OITS kaslligi bilan kasallangan bemorlarni butunlay tuzalish imkoniyati yo'qligi sababli davolashning maqsadi bemorning umrini uzaytirishga va uning hayot kechirishini yaxshilashga qaratilgan bo'lishi lozim. Mamlakatimizda ham ushbu kasallikni oldini olish uchun turli xil chora tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, bugungi kunda Buxoro, Farg'ona, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri OITS ga qarshi kurash markazlari uchun yangi binolar qurildi, qolganlari kapital ta'mirlandi. Bemorlarga malakali tibbiy yordam ko'rsatilishini yaxshilash borasida Respublika OITS ga qarshi kurash markazi qoshida 60 o'ringa mo'ljallangan klinika ishga tushirildi. Bu binoni rekonstruksiya qilish uchun Global jamg'arma hisobidan 1,2 mln AQSH dollari sarflandi. Ayni paytda bu yerda OIV infeksiyasining og'ir asoratlari bo'lgan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko'rsatish uchun klinikaga Jahon banki loyihalari hisobidan qiymati 300 ming AQSH dollariga teng zamonaviy tibbiy uskunalar o'rnatildi. Klinikada yiliga 1,5 mingdan ortiq bemorlarga malakali tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. "Xalq tibbiyot sohasiga qanchalik ishonsa, davlatga ham shunchalik ishonadi.Xlaq ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlarga rozi bo'lsa, davlatdan, bugungi yuritilayotgan siyosatdan ham rozi bo'ladi" - deydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Do'stlar va opa - singillar, bunday dahshatli kasalikka chalinmaslik uchun sog'lom hayot tarziga rioya qilaylik, o'zimizni va farzandlarimizni turli xil xastaliklardan ehtiyot qilaylik. Salomatligimizga esa bee'tibor bo'lmaylik.

Dilorom To'xtayeva Pedagogika fakulteti
BTSTI ta'lim yo'nalishi 2- kurs 203- guruhtalabasi.
Tel : +998 99- 900 65 15

Download 10,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish