18-modda
Denonsatsiya
(1) Har qanday a’zo davlat Bosh direktor nomiga yuborilgan xabarnoma orqali ushbu Konvensiyadan chiqishi mumkin.
(2) Denonsatsiya qilish Bosh direktor tomonidan bunday xabarnoma olingan kundan olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
19-modda
Bildirishnoma
Bosh direktor barcha a’zo davlatlar hukumatlarini quyidagilar haqida xabardor qiladi:
(i) ushbu Konvensiya kuchga kirgan sana;
(ii) ratifikatsiya yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlarning imzolanishi yoki saqlanishi;
(iii) ushbu Konvensiyaga kiritilgan har qanday o‘zgartishning qabul qilinishi va bunday o‘zgartirish kuchga kirgan sana;
(iv) ushbu Konvensiyani denonsatsiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |