Norasmiy
tarjima
Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish
Konvensiyasi
1967-yil 14-iyul, Stokgolm
va 1979-yil 2-oktabrda o‘zgartirilgan
(O‘zbekiston Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirdi)
Ahdlashuvchi tomonlar,
Davlatlar o‘rtasida suverenitet va tenglikni hurmat qilishga asoslangan o‘zaro manfaatlarni uchun yaxshiroq tushunish va hamkorlikka hissa qo‘shishni xohlagan holda,
Ijodkorlikni rag‘batlantirish maqsadida butun dunyoda intellektual mulkni muhofaza qilishni rag‘batlantirish,
har bir Ittifoqning mustaqilligini to‘la hurmat qilib, sanoat mulkini, adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish sohasida tashkil etilgan Ittifoqlarni boshqarishni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirishga intilish maqsadida,
Quyidagilar kelishib oldilar: