7-modda
Konferensiya
(1)
(a) Ular Ittifoqlardan biriga a’zo bo‘lish yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar ushbu Konvensiya ishtirokchi-davlatlaridan tashkil topgan Konferensiya tuziladi.
(b) Har bir davlat hukumati bitta vakildan iborat bo‘lib, uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari va ekspertlari bo‘lishi mumkin.
(c) Har bir vakilning xarajatlari uni tayinlagan hukumat tomonidan qoplanadi.
(2) Konferensiya:
(i) intellektual mulk sohasidagi umumiy
qiziqishlarni muhokama qiladi, va Ittifoqlarining vakolati va mustaqilligini hisobga olgan holda bunday masalalar bo‘yicha tavsiyalar berishi mumkin:
(ii) Konferensiyaning ikki yillik budjetini qabul qiladi;
(iii) Konferensiya budjeti doirasida har ikki yilda bir marta yuridik va texnik yordam dasturini qabul qiladi;
(iv) 17-moddada
nazarda tutilgan tartibda ushbu Konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritadi;
(v) qaysi davlatlar Tashkilotga a’zo emasligini va qaysi hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlari uning yig‘ilishlariga kuzatuvchi sifatida kiritilishi mumkinligini aniqlaydi;
(vi) ushbu Konvensiya bo‘yicha boshqa tegishli funksiyalarni bajaradi.
(3)
(a) Har bir a’zo davlat Konferensiyada bitta ovozga ega.
(b) A’zo davlatlarning uchdan bir qismi kvorumni tashkil qiladi.
(c) 17-moddaning qoidalarini hisobga olgan holda, Konferensiya ovozlarning uchdan ikki qismi bilan qaror qabul qiladi.
(d) Biron bir Ittifoq a’zosi bo‘lmagan ushbu Konvensiyaga a’zo davlatlarning badallari miqdori faqat ushbu davlatlarning ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan vakillari ovoz berish yo‘li bilan belgilanadi.
(e) Ovoz berishda betaraf qolganlar hisobga olinmaydi.
(f) Vakil faqat bitta davlat vakili bo‘lishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.
(4)
(a) Konferensiya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdagi sessiyada, Bosh assambleya bilan bir vaqtda va bir joyda yig‘iladi.
(b) Konferensiya a’zo davlatlarning ko‘pchiligi talabiga binoan Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyada yig‘iladi.
(5) Konferensiya o‘z tartib-qoidalarini qabul qiladi.
8-modda
Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita
(1)
(a) Parij ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi yoki Bern ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi yoki ushbu Ijroiya qo‘mitalarning har ikkalasiga ham a’zo bo‘lgan ushbu Konvensiyaga a’zo davlatlardan iborat Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tuziladi.Ammo, agar bu Ijroiya qo‘mitalarning har biri Assambleya a’zolari sonining chorakdan biridan iborat bo‘lsa, unda bunday Ijroiya qo‘mita o‘z a’zolari orasidan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaga a’zo davlatlarni tayinlaydi, ularning soni yuqorida aytib o‘tilgan chorakdan oshmasa; bunda, Tashkilotning qarorgohi joylashgan mamlakat bu chorakni aniqlashda hisobga olinmaydi.
(b) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning har bir a’zosi bo‘lgan davlat hukumati uning o‘rinbosari, maslahatchi va ekspertdan iborat bo‘lishi mumkin bo‘lgan bitta vakil bilan taqdim etiladi.
(c) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita Konferensiya dasturiga yoki budjetiga va uning kun tartibiga bevosita aloqador bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqayotganda,yoki Konvensiyaga a’zo davlatlarning Ittifoqlarning hech biriga a’zo bo‘lmagan huquqlari yoki majburiyatlariga taalluqli Konvensiyaga o‘zgartirish kiritish taklifi bo‘lsa;bu davlatlarning to‘rtdan biri Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita majlislarida Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita a’zolari bilan bir xil huquqlarda qatnashadi.Konferensiya har bir navbatdagi sessiyasida davlatlarni bunday yig‘ilishlarda ishtirok etish uchun saylaydi.
(d) Har bir vakilning xarajatlari uni tayinlagan hukumat tomonidan qoplanadi.
(2) Agar Tashkilot boshqaradigan boshqa Ittifoqlar Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitada shunday vakil bo‘lishni xohlasalar, ularning vakillari Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaga a’zo davlatlar orasidan ko‘rsatiladi.
(3) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita:
(i) Ittifoqlar organlari,
Bosh assambleya, Konferensiya va Bosh direktorga bir yoki bir nechta Ittifoq va Tashkilotga tegishli, xususan budjet masalalari bo‘yicha barcha ma’muriy, moliyaviy va boshqa masalalar, shu jumladan ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar bo‘yicha maslahat beradi;
(ii) Bosh Assambleya kun tartibi loyihasini tayyorlaydi;
(iii) kun tartibi loyihasini, shuningdek, Konferensiya dasturi va budjeti loyihalarini tayyorlaydi;
(iv) chiqarib tashlangan;
(v) Bosh direktorning vakolat muddati tugashidan oldin yoki Bosh direktor lavozimi bo‘shab qolganda, Bosh Assambleya tomonidan tayinlanish uchun nomzod ko‘rsatiladi;agar Bosh assambleya bu nomzodni ko‘rsatmasa, Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita boshqa nomzodni ko‘rsatadi; umumiy tartibda nomzod ko‘rsatilgunga qadar bu tartib takrorlanadi;
(vi) agar Bosh Assambleyaning ikki sessiyasi o‘rtasida Bosh direktor lavozimi bo‘sh qolsa, yangi Bosh direktor o‘z lavozimiga kirguniga qadar vaqtincha Bosh direktor vazifasini bajaruvchini tayinlaydi;
(vii) ushbu Konvensiya bo‘yicha unga yuklangan boshqa barcha funksiyalarni bajaradi.
(4)
(a) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yiliga bir marta Bosh direktor chaqiruvi bilan navbatdagi sessiyalarda yig‘iladi.
Qoida tariqasida, Qo‘mita Tashkilot qarorgohida yig‘iladi.
(b) Bosh direktor o‘z tashabbusi bilan yoki raisning iltimosiga binoan yoki Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita a’zolarining to‘rtdan bir qismining iltimosiga binoan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita navbatdan tashqari sessiyada yig‘ilishi mumkin.
(5)
(a) Har bir davlat, (1) (a) bandda ko‘rsatilgan Ijroiya qo‘mitalarning biriga yoki ikkalasiga a’zo bo‘lishidan qat’i nazar, Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitada bitta ovozga ega.
(b) Boshqaruv qo‘mitasi a’zolarining yarmi kvorumni tashkil qiladi.
(c) vakil faqat bitta davlat vakili bo‘lishi va faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin.
(6)
(a) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita o‘z fikrini bildiradi va qarorlarni oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qiladi. Ovoz berishda betaraf qolganlar hisobga olinmaydi.
(b) Oddiy ko‘pchilik ovoz olgan taqdirda ham, Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning har qanday a’zosi ovoz berishdan so‘ng, ovozlarni maxsus sanashni quyidagicha o‘tkazishni so‘rashi mumkin: Parij ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi va Bern ittifoqi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning nomlari ko‘rsatilgan ikkita alohida ro‘yxat tuziladi;har bir davlat ovozi kiritilgan har bir ro‘yxatda uning nomiga qarshi yoziladi. Agar bu maxsus hisob har bir ro‘yxatda oddiy ko‘pchilikka erishilmaganligini ko‘rsatsa, taklif qabul qilinmagan hisoblanadi.
(7) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning a’zosi bo‘lmagan Tashkilotning har qanday a’zo-davlati qo‘mita yig‘ilishlarida muhokamada qatnashish huquqiga ega, lekin ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kuzatuvchilar sifatida qatnashishi mumkin.
(8) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita o‘z tartib-qoidalarini qabul qiladi.
9-modda
Xalqaro byuro
(1) Xalqaro byuro Tashkilot kotibiyati hisoblanadi.
(2) Xalqaro byuroni Bosh direktor boshqaradi, u ikki yoki undan ortiq Bosh direktor o‘rinbosariga ega.
(3) Bosh direktor kamida 6 yil muddatga tayinlanadi. U ma’lum muddatlarga qayta tayinlanishi mumkin. Dastlabki tayinlanish va mumkin bo‘lgan keyingi tayinlanish sanalari, shuningdek boshqa tayinlanish shartlari Bosh Assambleya tomonidan belgilanadi.
(4)
(a) Bosh direktor Tashkilotning bosh ijrochi direktori hisoblanadi.
(b) U Tashkilot vakili.
(c) U Bosh Assambleyaga hisobot beradi va Tashkilotning ichki va tashqi ishlariga oid ko‘rsatmalarini bajaradi.
(5) Bosh direktor budjet va dasturlar loyihalarini, shuningdek davriy faoliyat hisobotlarini tayyorlaydi. U ularni tegishli davlatlar hukumatlariga, shuningdek, Ittifoqlar va Tashkilotning vakolatli organlariga topshiradi.
(6) Bosh direktor va u tayinlagan xodimlar Bosh Assambleya, Konferensiya, Muvofiqlashtirish qo‘mitasi va boshqa qo‘mita yoki ishchi guruhining barcha yig‘ilishlarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadilar. Bosh direktor yoki u tayinlagan xodim bu organlarning ex officio kotibi hisoblanadi.
(7) Bosh direktor Xalqaro byuroning vazifalarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan xodimlarni tayinlaydi. U Bosh direktor o‘rinbosarlarini Muvofiqlashtirish qo‘mitasi tasdiqlaganidan keyin tayinlaydi. Ishga qabul qilish shartlari Bosh direktor taklifiga binoan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlangan xodimlar to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.Xodimlarni yollash va xizmat ko‘rsatish shartlarini belgilashda eng muhim omil — bu
yuqori darajadagi samaradorlik, malakali va yaxlitlikni ta’minlash zarurati.Iloji boricha keng geografik qamrov asosda kadrlarni yollash muhimligiga e’tibor berilishi kerak.
(8) Bosh direktor va xodimlarning vazifalari faqat xalqaro xaraktyerga ega.Vazifalarini bajarishda ular Tashkilotdan tashqaridagi hech qanday hukumat yoki hokimiyatdan ko‘rsatma so‘ramaydilar va olmaydilar. Ular xalqaro amaldorlar statusini shubha ostiga qo‘yadigan har qanday harakatlardan tiyilishlari kerak.Har bir a’zo davlat Bosh direktor va xodimlarning vazifalarini faqat xalqaro xarakterda hurmat qilishga va o‘z vazifalarini bajarishda ularga ta’sir o‘tkazmaslikka majburdir.
10-modda
Qarorgoh
(1) Tashkilotning bosh qarorgohi Jenevada joylashgan.
(2) Uni ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror Bosh Assambleya tomonidan 6 (3) (d) va (g)-moddalarda ko‘zda tutilganidek qabul qilinishi mumkin.
11-modda
Moliyalashtirish
(1) Tashkilot ikkita alohida budjetga ega: Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar budjeti va Konferensiya budjeti.
(2)
(a) Ittifoqlar uchun umumiy bo‘lgan xarajatlar budjeti bir nechta Ittifoqlar manfaatini nazarda tutadi.
(b) budjet quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
(i) Ittifoqlar badallari, har bir Ittifoqning hissasi miqdori Assambleya tomonidan ushbu Ittifoq manfaatlari uchun sarflangan umumiy xarajatlar ulushini hisobga olgan holda belgilanadi;
(ii) Xalqaro byuro tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar, ular Ittifoqlarning hech biriga taalluqli emas yoki Xalqaro byuroning huquqiy va texnik yordam ko‘rsatishi bunga kirmaydi;
(iii) Ittifoqlarning hech biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri tegishli bo‘lmagan Xalqaro byuroning nashrlarini sotishdan tushgan tushumlar yoki bunday nashrlarda huquqlar o‘tkazilishidan tushgan daromadlar;
(iv) (3) (b) (iv)-bandda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, Tashkilotga sovg‘alar, meros va grantlar;
(v) ijara haqi, foizlar va Tashkilotning boshqa har xil daromadlari.
(3)
(a) Konferensiya budjetiga Konferensiya sessiyalarini o‘tkazish va yuridik va texnik yordam dasturining xarajatlari kiradi.
(b) budjet quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
(i) Ittifoqlarning hech biriga a’zo bo‘lmagan ushbu Konvensiyaga a’zo davlatlar badallari;
(ii) Ittifoqlarning ushbu budjetga o‘tkazmalari, har bir Ittifoqning o‘tkazmalari Assambleya tomonidan belgilanadi va har qanday Ittifoq o‘tkazmalardan voz kechishi mumkin;
(iii) yuridik va texnik yordam sohasida Xalqaro byuro tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun olingan mablag‘lar;
(iv) (a) kichik bandi bilan ko‘zda tutilgan Tashkilotga sovg‘alar, meros va grantlar.
(4)
(a) Konferensiya budjetiga o‘z hissasini aniqlash maqsadida, ushbu Konvensiyaning har bir Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan har bir davlatga sinf belgilanadi va o‘z yillik hissasini quyidagi belgilangan miqdordagi birliklar asosida to‘laydi:
A sinf____________ 10
B sinf____________ 3
C sinf____________ 1
(b) Har bir bunday davlat 14(1)-moddada ko‘zda tutilgan harakatlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda, qaysi toifaga kirishni xohlashini ko‘rsatadi. Har qanday bunday davlat sinfni o‘zgartirishi mumkin. Agar
davlat quyi sinfni tanlasa, u buni Konferensiyaning keyingi sessiyasida e’lon qilishi kerak. Har qanday bunday o‘zgartirish sessiyadan keyingi kalendar yili boshidan kuchga kiradi.
(c) Har bir davlatning yillik hissasi barcha davlatlar Konferensiyasi budjetiga to‘lanadigan badallarning umumiy miqdori bilan bog‘liqdir, chunki uning birliklari soni ko‘rsatilgan barcha davlatlar birliklarining umumiy soniga to‘g‘ri keladi.
(d) Hisob-kitoblar har yilning 1-yanvaridan boshlab amalga oshiriladi.
(e) Agar budjet yangi moliyaviy davr boshlanishidan oldin qabul qilinmasa, u holda moliyaviy reglamentga muvofiq o‘tgan yil darajasidagi budjetdan foydalaniladi.
(5) Ushbu moddada ko‘zda tutilgan moliyaviy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzdor bo‘lgan har qanday davlat,ushbu Konvensiyaning a’zosi va har qanday Ittifoqqa a’zo bo‘lmagan o‘z badallarini to‘lash bo‘yicha qarzdor bo‘lsa, agar uning qarzi miqdori oldingi ikki to‘liq yil uchun undiriladigan summa bilan teng bo‘lsa yoki undan oshsa, u a’zo bo‘lgan Tashkilot organlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ladi. Biroq, agar to‘lovning kechikishi alohida va muqarrar holatlarda sodir bo‘lganligiga ishonch hosil qilsa, bu organlarning har biri bunday davlatga o‘z to‘lov huquqlarini amalga oshirishga ruxsat berishi mumkin.
(6) Xalqaro byuro tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik va texnik yordam xizmatlari uchun to‘lanadigan to‘lovlar miqdori Bosh direktor tomonidan belgilanadi va Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaga ma’lum qilinadi.
(7) Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning roziligi bilan tashkilot to‘g‘ridan to‘g‘ri hukumatlar, jamoat va xususiy tashkilotlar, uyushmalar yoki shaxslardan sovg‘alar, meros va grantlar olishi mumkin.
(8)
(a) Tashkilotda aylanma mablag‘lar jamg‘armasi mavjud bo‘lib, u Ittifoq va ushbu Konvensiyaning har bir a’zosi bo‘lmagan davlat tomonidan to‘lanadigan bir martalik to‘lovdan iborat. Agar aylanma mablag‘lar jamg‘armasi yetarli bo‘lmasa, uni ko‘paytirish masalasi hal qilinadi.
(b) Har bir Ittifoqning bir martalik to‘lovi miqdori va uning fondni ko‘paytirishda ishtiroki Ittifoq Assambleyasi tomonidan belgilanadi.
(c) Birorta ham Ittifoqning a’zosi bo‘lmagan ushbu Konvensiyaning har bir ishtirokchi-davlati tomonidan to‘lanadigan yagona to‘lov miqdori va jamg‘armani ko‘paytirishdagi ulushi ushbu davlatning har yili qo‘shgan hissasiga mutanosib jamg‘arma tuziladi yoki uni ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bu nisbat va to‘lov shartlari Bosh direktorning taklifiga binoan Konferensiya tomonidan muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning fikrini eshitgandan so‘ng belgilanadi.
(9)
(a) Tashkilotning qarorgohi o‘z hududida joylashgan davlat bilan tuzilgan qarorgoh to‘g‘risidagi bitimda, agar aylanma mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, bunday davlat avans berishi nazarda tutiladi.Ushbu avanslar miqdori va ularni taqdim etish shartlari har bir holatda bunday davlat va Tashkilot o‘rtasida maxsus kelishuvga muvofiq belgilanadi. Agar bunday ishtirokchi davlat avans berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, u Muvofiqlashtirish qo‘mitasida ex officio ravishda bitta o‘rin egallaydi.
(b) (a) kichik bandida ko‘rsatilgan davlat ham, Tashkilot ham avans olish majburiyatini yozma ravishda ogohlantirish orqali bekor qilish huquqiga ega. Bekor qilish xabarnoma yuborilgan yil tugaganidan uch yil o‘tgach kuchga kiradi.
(10) Hisoblar bir yoki bir nechta a’zo davlatlar yoki tashqi auditorlar tomonidan moliyaviy reglamentda ko‘zda tutilgan tarzda tekshiriladi. Ularni Bosh Assambleya o‘z roziligi bilan tayinlaydi.
12-modda
Huquqqa layoqatliligi; imtiyozlar va immunitetlar
(1) Tashkilot har bir a’zo davlat hududida, ushbu Davlat qonunlariga muvofiq, Tashkilot maqsadlariga erishish va o‘z vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan bunday huquq layoqatidan foydalanadi.
(2) Tashkilot Shveysariya Konfederatsiyasi va qarorgohi keyinchalik joylashishi mumkin bo‘lgan boshqa davlat bilan qarorgoh to‘g‘risida bitimlar tuzadi.
(3)
Tashkilot, uning mansabdor shaxslari va barcha a’zo davlatlarning vakillariga uning maqsadlari va funksiyalariga erishish uchun zarur bo‘lgan imtiyozlar va immunitetlarni berish uchun Tashkilot boshqa a’zo davlatlar bilan ikki yoki ko‘p tomonlama shartnomalar tuzishi mumkin.
(4) Bosh direktor muzokara olib borishi va Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tasdiqlagandan so‘ng, tashkilot nomidan (2) va (3) bandlarda ko‘rsatilgan shartnomalarni tuzishi va imzolashi mumkin.
13-modda
Boshqa tashkilotlar bilan aloqalar
(1) Tashkilot, kerak bo‘lganda, ish munosabatlarini o‘rnatadi va boshqa hukumatlararo tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Bunday tashkilotlar bilan tuzilgan har qanday umumiy kelishuv Bosh direktor tomonidan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning roziligidan keyin tuziladi.
(2) Tashkilot o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan maslahatlashish va hamkorlik qilish uchun tegishli chora-tadbirlarni, shuningdek, milliy tashkilotlar, hukumat yoki nodavlat tashkilotlari bilan manfaatdor hukumatlarning roziligi bilan amalga oshirishi mumkin. Bunday tadbirlar Bosh direktor tomonidan Muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
14-modda
Konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish va unga a’zo bo‘lish
(1) 5-moddada ko‘rsatilgan davlatlar ushbu Konvensiya va Tashkilot a’zolari bo‘lishlari mumkin:
(i) ratifikatsiya haqida shartlashmasdan Konvensiyani imzolash orqali;
(ii) ratifikatsiya haqida shartlashib imzolash, so‘ngra ratifikatsiya hujjatini saqlashga topshirish; yoki
(iii) qo‘shilish to‘g‘risidagi dalolatnomani saqlashga topshirish orqali.
(2) Ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga qaramay, Parij konvensiyasi, Bern konvensiyasi yoki ikkala konvensiyaning ishtirokchisi bo‘lgan davlat, agar u bir vaqtning o‘zida ratifikatsiya qilsa yoki unga qo‘shilsa yoki u allaqachon ratifikatsiya qilingan yoki qo‘shilgan bo‘lsa, ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin:
Parij konvensiyasining Stokgolm aktiga yoki faqat uning 20(1)(b)(i)-moddasida ko‘zda
tutilgan istisno bilan;
Bern konvensiyasi Stokgolm aktiga yoki faqat uning 20(1)(b)(i)-moddasida ko‘zda tutilgan istisno bilan.
(3) Tasdiqlash yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlar Bosh direktorga saqlanadi.
15-modda
Konvensiyani kuchga kirishi
(1) Ushbu Konvensiya Parij ittifoqiga a’zo o‘nta davlat va Bern ittifoqiga a’zo yettita davlat 14-moddaning 1-bandida nazarda tutilgan choralarni ko‘rganidan uch oy o‘tgach kuchga kiradi; ammo, agar davlat har ikkala Ittifoqning a’zosi bo‘lsa, u ikkala guruhda ham hisobga olinishi tushuniladi. Xuddi shu sanada, Konvensiya, ikkala Ittifoqning birortasida ham bo‘lmagan, 14 (1)-moddada ko‘zda tutilgan harakatlarni shu sanadan kamida uch oy oldin amalga oshirgan davlatlarga nisbatan kuchga kiradi.
(2) Boshqa har qanday davlatga nisbatan, ushbu Konvensiya 14 -moddaning 1-bandida nazarda tutilgan harakatni amalga oshirgan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
16-modda
Qo‘shimcha shart
Ushbu Konvensiyaga a’zo bo‘lishda hech qanday qo‘shimcha shart yo‘l qo‘yilmaydi.
17-modda
O‘zgartishlar
(1) Ushbu Konvensiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha takliflar Tashkilotga a’zo har qanday davlat tashabbusi bilan, Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yoki Bosh direktor tashabbusi bilan kiritilishi mumkin. Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan Konferensiyada ko‘rib chiqilishidan kamida olti oy oldin Tashkilotga a’zo davlatlarga yuboriladi.
(2) O‘zgartishlar Konferensiya tomonidan qabul qilinadi. Agar o‘zgartishlar qabul qilinishi, ushbu Konvensiya ishtirokchilarining Ittifoqlarga a’zo bo‘lmagan davlat huquqlari va majburiyatlariga ta’sir qilsa, bunday davlatlar ham ovoz berishadi. Boshqa taklif qilinayotgan barcha o‘zgartishlar faqat ushbu Konvensiyaga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilinadi. O‘zgartishlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, tegishli konvensiyalarning ma’muriy qoidalariga o‘zgartishlar kiritishni Konferensiya faqat Parij ittifoqi Assambleyasi va Bern ittifoqi Assambleyasi tomonidan har birida qo‘llaniladigan qoidalarga muvofiq oldindan ovoz berilgan bo‘lsa qabul qiladi.
(3) Har qanday o‘zgartish har bir davlatning konstitutsiyaviy tartibiga muvofiq qabul qilinganligi to‘g‘risida yozma xabarnomalar Tashkilotga a’zo davlatlarning to‘rtdan uchidan Bosh direktor tomonidan qabul qilinganidan bir oy o‘tgach kuchga kiradi. O‘zgartishlar Konferensiya tomonidan qabul qilingan vaqtda ovoz berish huquqiga ega davlatlar (2)-bandga binoan o‘zgartirish taklifiga ovoz berishadi.O‘zgartishlar kuchga kirgan vaqtda Tashkilotga a’zo bo‘lgan yoki shu kundan keyin a’zo bo‘lgan barcha davlatlar uchun majburiydir, agar a’zo davlatlarning moliyaviy majburiyatlarini oshiradigan har qanday o‘zgartish faqat shu davlatlar uchun majburiy bo‘lsa, ular bunday o‘zgartish qabul qilinganligi to‘g‘risida xabar berishadi.
18-modda
Denonsatsiya
(1) Har qanday a’zo davlat Bosh direktor nomiga yuborilgan xabarnoma orqali ushbu Konvensiyadan chiqishi mumkin.
(2) Denonsatsiya qilish Bosh direktor tomonidan bunday xabarnoma olingan kundan olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
19-modda
Bildirishnoma
Bosh direktor barcha a’zo davlatlar hukumatlarini quyidagilar haqida xabardor qiladi:
(i) ushbu Konvensiya
kuchga kirgan sana;
(ii) ratifikatsiya yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlarning imzolanishi yoki saqlanishi;
(iii) ushbu Konvensiyaga kiritilgan har qanday o‘zgartishning qabul qilinishi va bunday o‘zgartirish kuchga kirgan sana;
(iv) ushbu Konvensiyani denonsatsiya qilish.
20-modda
Yakuniy qoidalar
(1)
(a) Ushbu Konvensiya ingliz, fransuz, rus va ispan tillarida bitta asl nusxada imzolanadi, har bir matn bir xil kuchga ega va Shvetsiya hukumatiga saqlash uchun topshiriladi.
(b) ushbu Konvensiya 1968-yil 13-yanvargacha Stokgolmda imzolash uchun ochiq qoladi.
(2) Rasmiy tarjima matnlari Bosh direktor tomonidan manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan so‘ng, nemis, italyan va portugal tillarida va Konferensiya belgilagan boshqa tillarda tuziladi.
(3) Bosh direktor ushbu Konvensiya va Konferensiya tomonidan qabul qilingan har bir o‘zgartishning tegishli tarzda tasdiqlangan ikkita nusxasini Parij yoki Bern ittifoqiga a’zo davlatlar hukumatlariga, shuningdek har qanday boshqa davlat hukumatining iltimosiga binoan, har bir davlat hukumatiga ushbu Konvensiyaga qo‘shilganda yuboradi. Hukumatlarga yuborilgan Konvensiya matnining nusxalari Shvetsiya hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
(4) Bosh direktor ushbu Konvensiyani Birlashgan millatlar tashkiloti kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
21-modda
O‘tish davri qoidalari
(1) Birinchi Bosh direktor o‘z lavozimiga kirgunga qadar, ushbu Konvensiyada Xalqaro byuroga yoki Bosh direktorga havolalar sanoat mulki, adabiy va badiiy mulkni muhofaza qilish bo‘yicha Xalqaro qo‘shma byuroga (intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha Birlashgan xalqaro byuro (BIRPI) deb ham ataladi) yoki uning direktori havola qilingan deb hisoblanadi.
(2)
(a) har qanday Ittifoqning a’zosi bo‘lgan, lekin ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi bo‘lmagan davlatlar, agar xohlasalar, ushbu Konvensiya kuchga kirgan kundan boshlab besh yil mobaynida,
agar ular xohlasalar, xuddi ishtirokchi bo‘lgan davlatlar huquqlaridan foydalanishlari mumkin. Bunday huquqlardan foydalanishni istagan har qanday davlat yozma ravishda Bosh direktorni xabardor qiladi; bunday bildirishnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Bunday davlatlar ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar Bosh Assambleyaning va Konferensiyaning a’zolari hisoblanadi.
(b) ushbu besh yillik muddat tugagandan so‘ng, bunday davlatlar Bosh assambleyada, Konferensiya va Muvofiqlashtirish qo‘mitasida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ladi.
(c) ushbu Konvensiyaga a’zo bo‘lgan holda, bunday davlatlar yana ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
(3)
(a) Modomiki, Parij yoki Bern ittifoqiga a’zo davlatlar mavjud bo‘lsa ham, ular hali ham ushbu Konvensiya a’zosi bo‘lmaydilar, Xalqaro byuro va Bosh direktor sanoat mulki, adabiyot va san’at mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Qo‘shma xalqaro byuro va uning direktori vazifasini bajaradi.
(b) ushbu Konvensiya kuchga kirgan sanada tayinlangan byurolarda ishlaydigan xodimlar, (a) kichik bandda ko‘rsatilgan o‘tish davrida, Xalqaro byuroda ham ishlagan deb hisoblanadi.
(4)
(a) Parij ittifoqining barcha a’zo davlatlari Tashkilotga a’zo bo‘lishlari bilan, ushbu Ittifoq byurosining huquqlari, burchlari va mulki Tashkilotning Xalqaro byurosiga o‘tadi.
(b) Bern Ittifoqining barcha a’zo davlatlari Tashkilotga a’zo bo‘lishlari bilan, ushbu Ittifoq byurosining huquqlari, burchlari va mulki Tashkilotning Xalqaro byurosiga o‘tadi.
(imzolar)