Бутун Дунё цивилизацияси xxi–аср бошида планетар миқёсда тизимли, қайтадан ўзгартиришни бошидан кечирмоқда



Download 0,65 Mb.
bet36/45
Sana22.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#835769
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Bog'liq
Barqaror rivojlanish majmua

Rogun GES. Yuqoridagilardan tashqari Tojikiston hukumatining Vaxsh daryosini baland to‘g‘on bilan to‘sib, Rog‘un GESi loyihasini amalga oshirishni rejalashtirgani qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekiston xalqi va ko‘plab xorijiy mutaxassislarni nihoyatda bezovta qilayotgani bejiz emas. Bu xavotirning uchta asosiy omili bor: ushbu holatda xalqaro huquq me’yorlari qo‘pol ravishda buziladi, mintaqada katta ekologik xavf va salbiy iqtisodiy oqibatlar yuzaga keladi.
2004 yilning fevral oyida Tojikiston Respublikasi prezident Imomali Rahmon farmoniga binoan Transchegaraviy konteksda atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga qo‘shilgan edi.
Mazkur Konvensiyada tomonlar, yakka yoki jamoaviy asosda rejalashtirilayotgan faoliyat natijasida bo‘ladigan transchegaraviy zarar ta’sirini oldini olish hamda kamaytirish va uning ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur, samarali choralarni ko‘radilar deyilgan. Unda transchegaraviy zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, rejalashtirilayotgan faoliyat turiga ruxsat berish yoki uni amalga oshirilguncha oldindan atrof-muhitga ta’sir etishini baholash lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Espo Konvensiyasi qoidalariga muvofiq loyiha tashabbuskori taaluqli tomonlar (ya’ni, qo‘shni davlatlar)ni transchegaraviy zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan rejalashtirilayotgan faoliyat ta’sirini baholash, ishlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratib berish juda muhimdir. Shuni alohida qayd etish kerakki, qo‘shni davlat jamoatchiligiga beriladigan ushbu imkoniyat loyiha tashabbuskori bo‘lgan mamlakat jamoatchiligiga beriladigan imkoniyat bilan bir xil, ya’ni teng bo‘lishi lozim.
Konvensiya tenglik va hamjihatlik asosida hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi. Xususan, transchegaraviy daryolar atrof-muhitini muhofaza qilish va transchegaraviy ta’sirlarning oldini olish, cheklash va kamaytirish maqsadida tegishli suv to‘plamlari masalalarini qamrab oluvchi kelishilgan siyosat, davlat dasturi va strategik bosh yo‘lni ishlab chiqish uchun ikki tomonlama bitim tuzish yo‘li ko‘rsatib o‘tilgan. Shu maqsadda qo‘shni mamlakatni rejalashtirilgan transchegaraviy faoliyat to‘g‘risida ogohlantirgandan keyin tegishli maslahatlashuv o‘tkazish ko‘zda tutiladi. Bu ogohlantirish matni mumkin bo‘lgan transchegaraviy ta’sir haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Rog‘un GESi loyihasi bo‘yicha yuqorida sanab o‘tilgan Espo Konvensiyasi talablaridan birortasi ham bajarilmagan. Na Tojikiston, na O‘zbekiston jamoatchiligiga loyiha bo‘yicha birorta axborot yoki atrof-muhitga ta’siri bahosi yuzasidan ma’lumot, tushuntirish berilgani yo‘q. Bu bilan Tojikiston qo‘shilgan yana bir xalqaro bitim «BMT/YEIKning axborot olish huquqi, qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning ishtiroki va atrof-muhitga tegishli masalalarda odil sudlov huquqi to‘g‘risida Orxus Konvensiyasi» talablari buzilgan. Bu Konvensiyada jamoatchilikning axborotga ega bo‘lish huquqi va atrof-muhit masalalari bo‘yicha, fuqaroligi, millati va turar joyidan qat’i nazar qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish huquqi aks ettirilgan.
Shuningdek, transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha Konvensiyaning (Xelsinki, 1992 yil 17 mart) eng muhim xalqaro huquq me’yorlarini eslatib o‘tish lozim. Bu norma tomonlardan har qanday transchegaraviy ta’sirning oldini olish, cheklash va kamaytirish uchun barcha tegishli choralarni ko‘rishni talab etadi. Shunday qilib, biz barcha davlatlar, shu jumladan, Tojikiston ham tan olgan talablar buzilayotgan holatga duch kelib turibmiz.
Jahon amaliyotidagi eng katta Sayan-Shushensk GESi avariyasidan keyin dunyodagi eng katta sug‘urta kompaniyasi ROSNO bosh direktori Xannes Chopra quyidagicha bayonot berdi: «Ishonchim komilki, bu avariya jahondagi barcha sug‘urta kompaniyalarining gidro-energetik xavflarga nisbatan qarashlarini o‘zgartirishga majbur qiladi». Xavflarni baholashni hamma joyda qayta ko‘rib chiqish nafaqat sug‘urta masalalariga, balki katta GESlarni qurish va loyihalashtirishga ham tegishli. Afsuski, bu jarayon Rog‘un GESi loyihasini chetlab o‘tdi. Vaholanki, bu loyiha tayyorlanganiga 30 yildan oshdi va u jiddiy modernizatsiya qilinmadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, tog‘ gidrobog‘lamalarida falokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Masalan, 2004 yilda Xitoyda suv toshqini natijasida «Daluntan» elektrostansiyasi dambasi (ko‘tarmasi) buzildi. 2005 yilda Pokistonda «Shakidor» GESining 150 metr balandlikka ega bo‘lgan to‘g‘oni buzilib ko‘pgina qishloqlarni suv bosdi. 2007 yilda Xitoydagi toshqin paytida Chu daryosida qurilayotgan «Keadat» GESi to‘g‘oni buzilib, besh mingdan ortiq uy-joylar suv ostida qoldi. Yaqinginada Tojikistonning o‘zida viloyat markazi Xorog shahridan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Pomir-1 GESida jiddiy avariya yuz berdi. Mashina zalini, GESning barcha agregatlarini suv bosdi. Viloyatning 120 ming aholisi elektr quvvatisiz qoldi. Bu ro‘yxatni yangi-yangi ma’lumotlar bilan yana davom ettirish mumkin.
Rog‘un GESi to‘g‘oni doimiy faol seysmik joy bo‘lgan tektonik siniq chizig‘ida joylashgan. Vaholanki, mazkur qurilish o‘rnida geologik qidiruv ishlar o‘tgan asrning 1968-1978 yillarida o‘tkazilgan. Tarkibi va hajmi bo‘yicha bu qidiruvlar yetarli bo‘lmagan. Yer usti geofizik ishlar materiallari deyarli yo‘q. Geologik harita tuzish va ko‘chish jarayonlarini o‘rganish o‘sha paytda amalda bo‘lgan qoidalarga zid ravishda o‘tkazilgan. Ular dastlabki geofizik tadqiqotlarsiz bajarilgan. Seysmik materiallarning ko‘pchiligi 20-25 yil ilgarigi ma’lumotlar. Ular eski seymostansiyalar orqali olingan. Olingan materiallar zilzila bo‘yicha xavfli joylar koordinatlarini aniqlashda 20-25 kilometrgacha xatoga yo‘l qo‘yadi. Ushbu stansiyalar materiallari bilan kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda ishlash qiyin.
Seysmik xavf va to‘g‘on buzilishi xavfini baholash hozirgi zamon talablari darajasida bajarilmagan.
Rog‘un suv ombori qurilishi bilan daryo qirg‘oqlariga qayta ishlov berish bilan bog‘liq jiddiy muammolar vujudga kelishi mumkin. Kelgusida ombordan suv sizib (filtrlanib), GES suv to‘plash inshootlarni chetlab, vaqt o‘tgan sayin tozalanib boradigan yoriqlar orqali Vaxsh daryosi vodiysiga tushishi ehtimoli bor. Bu to‘g‘on barqaror turishiga xavf tug‘diradi. Gidro-bog‘lam quyi befida qiyaliklar barqarorligi Vaxsh daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi ulkan (0,9 kub.km) ko‘chki siljishida keskin kamayishi mumkin. Ko‘chki tushishi natijasida Vaxsh daryosi o‘zani to‘silib, 80 m balandlikda to‘g‘on paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Nihoyat, Rog‘un GESi loyihasining amalga oshirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazadi. 15 kub km hajmiga ega suv omborining to‘ldirilishi bir necha yil davomida sug‘oriladigan dehqonchilik maydonlari va kommunal xo‘jalik ehtiyojlari uchun zarar bo‘lgan suv resurslari yetishmasligiga, kamayishiga olib keladi. Kelgusida GES to‘liq quvvat bilan ishlagan sari O‘zbekiston oladigan suv ayni sug‘orish zarur bo‘lgan paytda cheklanib qoladi. Gidroenergetika va qishloq xo‘jaligi orasidagi ziddiyat hatto bir davlat miqiyosida hal etilishi qiyinligi, murakkabligi Rossiya, Misr, Iroq va boshqa mamlakatlar tajribasidan ma’lum. Shuni qayd etish kerakki, mazkur loyiha amalga oshirilsa, suv sifati ham o‘zgaradi. Suvda eriydigan moddalar konsentratsiyasi kamayadi, suv harorati pasayadi. Bu esa o‘z navbatida paxta va boshqa ekinlar hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi.
Xulosa qilib aytganda, hali ham kech emas: muzokara olib borish va tomonlar uchun maqbul qaror qabul qilinishi lozim.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish