Бутун Дунё цивилизацияси xxi–аср бошида планетар миқёсда тизимли, қайтадан ўзгартиришни бошидан кечирмоқда


-Mavzu: BARQAROR RIVOJLANISH KONSEPSIYASINING MOHIYATI VA QISQACHA TARIXI



Download 0,65 Mb.
bet16/45
Sana22.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#835769
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
Barqaror rivojlanish majmua

2-Mavzu: BARQAROR RIVOJLANISH KONSEPSIYASINING MOHIYATI VA QISQACHA TARIXI
Reja:
1. Barqaror rivojlanish tushunchasi
2. Barqaror rivojlanish tushunchasining mazmuni va maqsadi
3. Brundtland komissiyasinipng Barqaror rivojlanish konsepsiyasining birinchi original ta’rifi


Tayanch iboralar: Barqaror rivojlanish tushuncgasining mazmuni va mohiyati, Xalqaro biologik dastur Rio de Jeneyro (1992) konferensiyasi, Gru Garlen, Barqaror rivojlanish modeli, barqaror rivojlanish jadvali.

Barqaror rivojlanish tushunchasini, geografik qobiqdagi planetar miqyosdagi misli ko‘rilmagan tez o‘zgarishlarga baho beruvchi, global ekologik muammolarni anglash natijasida paydo bo‘lib, qiyosikim uni Yerdagi ekologik inqirozning, tanglikning guvohi sifatida qabul qilish kerak. Barqaror rivojlanish konsepsiyasini tushunish, kelajakka yangicha qarashni talab qiladi va yangicha fikr qilishni kengaytiradi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasini shu bilan bir vaqtda sayyoramizda yashovchi barcha xalqlarning va mamlakatlarning, tabiat bilan o‘zaro ta’sirida hozirgi zamon dunyo qarashini yangicha tushunish sifatida va yangi hayot tarzi uchun amaliy tavsiya sifatida qarash kerak.


Barqaror rivojlanish bo‘yicha umumdavlat aspektida yoki mamlakatlar hayot faoliyatining ayrim sektorlari bo‘yicha tekshirishlar olib borish nihoyatda faoldir (aktualdir).
Xavfsizlik, barqarorlik va barqaror rivojlanish tushunchalari…. «Har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Sayyoramizda jug‘rofiy, siyosiy muvozanatning ajralmas sharti bo‘lib qoladi. Bu har bir insonga kelajakda dadil va ishonch bilan qarash huquqini beradi» deb yozadi. Shuning uchun ham bu sohada chuqur fundamental ishlar olib borib muammolarni guruhlarga bo‘lish kerak.
BMT ning Rio – de –Janeyroda (3 – 14 iyun, 1992 y), atrof – muxit muhofazasi va barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tgan Xalqaro konferensiya dunyodagi barcha mamlakatlarning ekologik muammolarga nisbatan munosabatini va siyosatini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Konferensiyada dunyoning 180 dan ortiq mamlakatidan 1500 dan ortiq mutaxassislar, olimlar va davlat rahbarlari qatnashib, unda barqaror (ustoychivoye) rivojlanish muammolari bo‘yicha muhim qarorlar va hujjatlar qabul qilindi. Shuninindek, «XXI – asr barqaror rivojlanish jadvali» qabul qilindi. Konferensiya oxirida BMT a’zolari hukumatlari uchun barqaror rivojlanishning har xil nuqtai nazarlari bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqildi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga iqtisod-tabiat-jamiyat triadasining muvofiqlashtirilgan rivojlanish g‘oyasi asos qilib olingan. Barqaror rivojlanish modelining bosh yo‘nalishi: demografik tizimlarni mustahkamlash, ijtimoiy–iqtisodiy vazifalarni yechish, atrof tabiiy muhitining sifatini saqlash va qayta tiklash, ekologik ta’lim va tarbiyani ilmiy asoslash va boshqalardir. Barqaror rivojlanish modeli – uzoq muddatli va uzluksiz jarayon ekanligi qayd qilinadi.
Ilmiy adabiyotlarda «Barqaror rivojlanish» tushunchasi o‘tgan asr 70–yillarining oxiri va 80 – yillarning boshlarida paydo bo‘la boshladi. 1983 yilda BMT bosh sekretari «Atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha Dunyo komissiyasi»ni («Miravaya komissiya po okrujayushiy srede i Razvitiyu») tashkil etadi. Bu komissiyaning oldiga– Dunyo rivojlanishining global konsepsiyasini ishlab chiqarish maqsad qilib qo‘yilgan edi. Bu komissiyani ko‘pincha komissiyaning raisi, Norvegiyaning sobiq premer ministri Gru Garlen Brundtlanda (Brundtland) nomi bilan «Brundtlanda komissiyasi» ham deb ataydilar. Komissiyaning vazifasi atrof-muhitning butun Dunyo muammolarini qarab chiqish va ularni hal qilish uchun global kun tartibini taklif etishdan iborat edi. Komissiyaning ishi, butun dunyodagi aholining barcha qatlamlarini: baliqchi, fermer, uy bekasi, o‘rmon kesuvchi, maktab o‘qituvchisi, sanoat raxbarlari va boshqalarni bezovta qiluvchi muammolarni aniqlashga qaratilgan edi. Natijada komissiya dastlabki boshlang‘ich aniqliklarni o‘rnatdi va odatdagi yashovchan (barqaror) rivojlanishning integral ta’rifini kiritdi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi tarixi – ildizlari o‘tgan asrning 60 – yillarida, yani Halqaro biologik dasturni realizatsiya qilish natijalariga borib taqaladi. 60 – nchi yillarning boshlarida, Xalqaro ilmiy kengash ittifoqi ramkasida ishlovchi yetuk bir gruppa biologlar, Xalqaro biologik dastur deb nom olgan ishchi dasturida biosfera mahsuldorligini global tekshirishning nazariy asoslari bo‘yicha umumiy prinsiplarini (tamoyillarini) ifodalangan edi. Bu tayyorlov ishida yirik sovet olimlari: akademik Gilyarov M.S., A.L.Kursanov, A.Ye.Rodin, V.N.Sukachev va boshqalar faol qatnashdilar.
1964 y. Parijda Xalqaro Biologik Dasturning (XBD) 1 – nchi general assambleyasi bo‘ldi, unda uning vazifalari va amalga oshirish yo‘llari aniqlandi. Bu yig‘ilishda – «Insoniyat farovonligining biologik mahsuldorlik asoslari» bo‘yicha global kompleks tekshirishlar olib borish g‘oyasi va vazifalari ilgari surildi.
XBD dasturidan, hozirgi nuqtai nazardan biosferaning ishlab turishini (funksionirovat qilishini) yangicha qarashda va tushunishda sifatiy jihatdan burilish bo‘ldi. Ana shu tekshirishlar natijasida birinchi marotaba, biosferaning mahsuldorligi, biogen elementlar aylanib yurishi va harakteri, inson xo‘jalik faoliyati tasirida uning buzilishi haqida real baho olindi va amalda aholi o‘sish imkoniyatining chegaralari haqida muommalar qo‘yildi.
XBD olingan malumotlarni realizatsiya qilish va tahlil qilish aholi sonining o‘sishi va biosfera resurslari o‘rtasida chuqur qarama qarshiliklar borligi aniqlandi. Tabiiy muhitning antropogen buzilishining masshtabi (miqyosi) esa, juda katta (ulkan) ekanligi aniqlandi va baholandi.
XBD dasturdan olingan materiallar va natijalar global taraqqiyot bo‘yicha modellashtirish ishlariga turtki berdi. Birinchi global model D.J. Forestr tomonidan 1971 y tuzildi. Model, matematik model bo‘lib, aholi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar, atrof – muhitning ifloslanishlari o‘zaro tasirining dinamikasini tasvirlar edi. Anna shunday model asosida olingan xulosalar juda ham vahimali bo‘lib chiqdi. Modeldan shu aniq bo‘ldiki: quyidagi chora tadbirlar bilan halokatdan chiqish mumkin ekan:
- aholi sonini suniy barqarorlashtirish.
- industrial kapitalni 1980 yilgacha o‘stirish so‘ngra buni ham barqarorlashtirish.
- aholi jon boshiga ishlatadigan resurslarni 1970 y. 1/8 gacha kamaytirish.
- atrof – muhit qishloq xo‘jaligi, va sanoat chiqindilari bilan ifloslanish darajasini 1970 yildagi darajaga nisbattan 4 barobarga kamaytirish.
Model o‘sishni rivojlantirishni chegaralashni muqarar ekanligini aniq ko‘rsatdi.
1972 yilda Stokgolmda BMT ning atrof muhit muommasi bo‘yicha xalqaro kongeressiya yuqoridagi chaqiriqga javob bo‘ldi. Kongressda atrof – muhitning degaradatsiyalashuvini va uni saqlash uchun vazifalar aniqlandi, barqarorlash uchun ayrim shaklda bazi bir harakatlar belgilanadi.
Adabiyotlarda «Barqaror rivojlanish» tushunchasi 70 – nchi yillarning oxirida va 80 – yillarning boshlarida paydo bo‘laboshladi.
1983 yilda BMT general sekretari «Atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha Dunyo komissiyasi» ni («Miravaya komissiya po okrujayushiy srede i Razvitiyu») tashkil etadi. Bu komissiyaning oldiga – Dunyo rivojlanishining global konsepsiyasini ishlab chiqarish maqsad qilib qo‘yilgan edi. Bu komissiyani ko‘pincha komissiyaning raisi, Norvegiyaning – sobiq premer ministri Gru Garlen Brundtlanda (Brundtland) nomi bilan «Brundtlanda komissiyasi» ham deb ataydilar.
Komissiyaning vazifasi atrof muhitning butun Dunyo muommalarini qarab chiqish va ularni hal qilish uchun global kun tartibini taklif etishdan iborat edi. Komissiyaning ishi, butun dunyodagi aholining hamma qavatlarini: baliqchi, fermer, uy bekasi, o‘rmon kesuvchi, maktab o‘qituvchisi, sanoatning raxbarlar va boshqalarni, bezovta qiluvchi muommalarni aniqlashga qaratilgan edi.
Natijada komissiya dastlabki boshlang‘ich aniqliklarni o‘rnatdi va odatdagi yashovchan (barqaror) rivojlanishning integral tarifini kiritdi.
«Brundtland komissiyasinipng Barqaror rivojlanish konsepsiyasining birinchi original ta’rifi» «Brundtland komissiyasi» ning hisobotida berilib, u BMT tomonidan ma’qullandi. Xuddi ana shu mashhur ish va boshqalar Rio Konvensiyasini ishlab chiqishning asosi bo‘lib xizmat qildi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish