Бутун Дунё цивилизацияси xxi–аср бошида планетар миқёсда тизимли, қайтадан ўзгартиришни бошидан кечирмоқда


-Mavzu: KIRISH. I.A.KARIMOV ASARLARIDA BARQAROR RIVOJLANISH MASALASI. BMT ning RIO DE JENEYRO (1992) KONFERENSIYASI



Download 0,65 Mb.
bet13/45
Sana22.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#835769
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
Barqaror rivojlanish majmua

1-Mavzu: KIRISH. I.A.KARIMOV ASARLARIDA BARQAROR RIVOJLANISH MASALASI. BMT ning RIO DE JENEYRO (1992) KONFERENSIYASI


Reja:
1. I.A.Karimov asarlarida barqaror rivojlanish masalasi
2. BMT ning Rio de Jeneyro (1992) konferensiyasi
3. O‘zbekistonda barqaror rivojlanish konsepsiyasi


Tayanch iboralar: Barqaror rivojlanish, Rio de Jeneyro (1992) konferensiyasi, Barqaror rivojlanish modeli, barqaror rivojlanish jaadvali.

Butun Dunyo sivilizatsiyasi XXI–asr boshida planetar miqyosda tizimli, qaytadan o‘zgartirishni boshidan kechirmoqda. BMT 1992 yilda iqtisodiy rivojlanish va atrof–muhitga bag‘ishlangan Rio-de-Janeyro Xalqaro konferensiyasi, insoniyat an’anaviy model bilan rivojlana olmaydi, endi «Barqaror rivojlanish modeliga» o‘tishi zarur degan hukm chiqardi.


Prezident I.A.Karimov o‘zining mashhur kitobida, mamlakatimiz va Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida barqaror rivojlanish muammosini chuqur ilmiy o‘rganishning asosini yaratdi. Xavfsizlik, barqarorlik va barqaror rivojlanish tushunchalari… «Har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Sayyoramizda jug‘rofiy, siyosiy muvozanatning ajralmas sharti bo‘lib qoladi. Bu har bir insonga kelajakda dadil va ishonch bilan qarash huquqini beradi» deb yozadi.1 Shuning uchun ham bu sohada chuqur fundamental ishlar olib borib muammolarni guruhlarga bo‘lish kerak.
Muammolarni guruhlashtirganda bizning fikrimizcha birinchi o‘rinda iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotlarni rivojlantiruvchi siyosiy barqarorlik potensiali turadi. Ikkinchi o‘rinda - barqaror rivojlanishning tabiiy – resurs aspektlarini qo‘yish kerak. Bu muammoni yechishda geografiya fani muhim rol o‘ynaydi. Chunki geografiya tabiatga va jamiyatga o‘zining kompleks yondashishi bilan alohida o‘rinni egallaydi.
BMT ning Rio – de –Janeyroda (3 – 14 iyun, 1992 y), atrof – muxit muhofazasi va barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tgan Xalqaro konferensiya dunyodagi barcha mamlakatlarning ekologik muammolarga nisbatan munosabatini va siyosatini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Konferensiyada dunyoning 179 dan ortiq mamlakatidan 1500 dan ortiq mutaxassislar, olimlar va davlat rahbarlari qatnashib, unda barqaror (ustoychivoye) rivojlanish muammolari bo‘yicha muhim qarorlar va hujjatlar qabul qilindi. Shuninindek, «XXI – asr barqaror rivojlanish jadvali» qabul qilindi. Konferensiya oxirida BMT a’zolari hukumatlari uchun barqaror rivojlanishning har xil nuqtai nazarlari bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqildi. Barqaror rivojlanish konsepsiyasiga iqtisod-tabiat-jamiyat triadasining muvofiqlashtirilgan rivojlanish g‘oyasi asos qilib olingan. Barqaror rivojlanish modelining bosh yo‘nalishi: demografik tizimlarni mustahkamlash, ijtimoiy–iqtisodiy vazifalarni yechish, atrof tabiiy muhitining sifatini saqlash va qayta tiklash, ekologik ta’lim va tarbiyani ilmiy asoslash va boshqalardir. Barqaror rivojlanish modeli – uzoq muddatli va uzluksiz jarayon ekanligi qayd qilinadi. Global ekologik vaziyatning yomonlashuvi O‘rta Osiyo o‘lkasi, shu jumladan O‘zbekiston xududi uchun ham nihoyatda muhim va dolzarb muammodir.
O‘zbekiston respublikasi 1996 yilda GEF (Global ekologik fond)ning haqiqiy a’zosi, 1997 yilda yovvoyi fauna va florani yo‘qolib borayotgan turlarni sotish xalqaro sotishni man qilish konvensiyasiga, 1993 yilda azon qatdamini yemiruvchi moddalarni ishlab chiqishni man qilish konvensiyasiga, 1996 yil zaharli moddalarni transgris olib o‘tishni man qilish konvensiyasiga, 1995 yil biologik xilma-xillikni saqlash konvensiyasiga, 1996 yil cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasiga, 1998 yil iqlimning global o‘zgarishi (Kioto) protokoli konvensiyalariga a’zo bo‘ldi.
1997 yil 12 noyabrdagi Vazirlar Maxkamasining qarori (№510) bilan barqaror rivojlanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy komissiyasi tuzildi. Unga ko‘pgina vazifalar yuklatildi (Hamrayev, Axundi, Ergashev, 1998).
O‘zbekistonda barqaror rivojlanish konsepsiyasining asosiy maqsadi – demografik tizimlarni mustahkamlash, iqtisodiy-ijtimoiy vazifalarni yechish, atrof tabiiy geografik muhitining sifatini yaxshilash va qayta tiklash, ekologik ta’lim-tarbiyani ilmiy asoslashdan iboratdir. Bu muammolarni yechish respublikamiz geograflari oldida turgan eng muhim muammolardan biridir.
Hozirgi vaqtda bu borada, eng muhim chora-tadbirlar aholining yashash sharoitini va uning sog‘ligini yaxshilashdan iborat bo‘lgan muammolarni o‘rtaga qo‘ymoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillardayoq, Yurtboshimizning: Biz, naslimizning kelajagi – sog‘lom avlod uchun kurash boshladik», deb amaliy qadamlar tashlandi. O‘zbekiston Respublikasining sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis qilinishi hamda «Sog‘lom avlod uchun fondi» tashkil etilishi, 2010 yil Barkamol avlod yili deb e’lon qilinishi, «Ichimlik suvi va gaz bilan ta’minlash» kabi qator hukumat qarorlari Sobiq Ittifoq davrida ekologik vaziyatning og‘ir asoratlaridan azob chekkan xalqimizning sog‘ligini yaxshilashga qaratilgan g‘amxo‘rliklardan biridir. Hozirgi vaqtda eng muhim tashkiliy vazifalar – sug‘orish tizimlarini va inshootlarini qayta ko‘rib chiqish va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirish va mukamallashtirish, xo‘jalik yuritishning yangi usul va shakllarini joriy qilish boshqalardan iborat. Hozirgi vaqtda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, tabiatni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish muammosi juda serqirra bo‘lib, uning ilmiy, texnologik, iqtisodiy, yuridik, tarbiyaviy va boshqa tomonlari bo‘lishiga qaramay, u asosan bir butun – majmuali kompleks muammo bo‘lib, aniq ifodalangan fanlararo xususiyatga ega bo‘lgan murakkab ilmiy muammoli masaladir. Bu muammoning kelib chiqish omillarini juda ko‘p fanlar (ijtimoiy, texnik, tabiiy va boshqalar) sistemasi ishlab chiqishi lozim bo‘ladi. Ma’lumki, bundagi asosiy ilmiy tadqiqot ob’ekti tabiiy muhitdir, binobarin, barcha ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalar avvalo tabiiy fanlarning ilmiy xulosalari yakuniga tayanishi kerak. Lekin bu muammolar, eng avvalo yagona (bir-butun) tabiiy-ilmiy nazariyaga muhtojdir. Bu nazariya jamiyatning tabiat bilan o‘zaro ta’sirining hozirgi bosqichida atrof-muhit ifloslanishining xavfli oqibatlari va tabiiy boyliklarning kamayib borishining oldini olish maqsadida davlat ma’muriy idora organlari, olimlar va keng xalq ommasining faoliyatini birlashtirishi lozimdir. Mutaxassislarning fikricha, tabiatni muhofaza qilishga oid bo‘lgan huquqiy me’yorlarni va tabiiy boyliklardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy tamoyillarni tuzish va tegishli injener-texnik loyihalarni va shuningdek, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi pedagogik va madaniy-tarbiyaviy ishlarni ishlab chiqish asosida chuqur ilmiy nazariya yotishi lozim. Bunday nazariyani ishlab chiqishga, bizningcha, ko‘pgina tabiiy fanlar, jumladan ximiya, biologiya, geologiya, tuproqshunoslik, meteorologiya, tabiiy geografiya va boshqa fanlar o‘z hissalarini qo‘shishi kerak. Lekin bunda davrimizning fundamental va konsturktiv faniga aylanib borayotgan hozirgi zamon geografiyasi yetakchi rol o‘ynashi lozim. Chunki, boshqa tabiiy fanlar tabiatning ayrim komponentlarini (tog‘ jinslari, suv, tuproq, o‘simlik tirik organizmlar, atmosfera havosi va hokazolarni) tadqiq etsa, geografiya fani esa bu barcha masalalarni bir butun holatda tabiiy-hududiy komplekslar yoki geosistemalarni tadqiq etadi va ularning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, hududiy tarqalishi qonuniyatlarini kashf etadi va bu sistemalarni oqilona boshqarish yo‘llarini aniqlaydi. Shuning uchun ham tabiatni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish muammosini kompleks tadqiq qilish hozirgi zamon geografiyasining bosh dolzarb masalasidir.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish