Butguldoshlar va ra`nodoshlar oilasiga mansub dorivor o`simliklar haqida ma`lumot. Reja


Qo‘ng’ir na’matak (Rosa kokanica Rgl)



Download 46,38 Kb.
bet3/5
Sana14.06.2022
Hajmi46,38 Kb.
#670087
1   2   3   4   5
Bog'liq
butguldoshlar va ra`nodoshlar oilasiga mansub dorivor o`simliklar haqida ma`lumot

Qo‘ng’ir na’matak (Rosa kokanica Rgl). Qo‘ng’ir na’matak o‘simligi ra’nodoshlar oilasidan, bo‘yi 1,5-2 m. ga yetadigan butadir. Poyasi sershox, eski tupining po‘stlog’i binafsha qo‘ng’ir tusli. Tikonlari ko‘p, barglari 7-9 ta, ellips shaklida yoki teskari-tuhumsimon, uzunligi
8-17 mm. eni 6-13 m. Qo‘ng’ir na’matak mart-aprel oylarida ko‘karadi. May-iyun oylarida gullaydi. Gullari 1-2 ta, yo‘g’onligi 1-1,25 mm. gulbandi 4 sm. uzunlikda. Gultoji sariq, diametri 4,5-5 sm. Mevasi iyul-oktabr oylarida pishadi. Ko‘sakchasi ko‘kish-qo‘ng’ir, urug’i qoramtir, bir
nechta. Qo‘ng’ir na’matak archazorlar orasida, qoyaliklarda juda ko‘p o‘sadi. U tog’ mintaqasining tipik o‘simligi hisoblanadi. Bu ham na’matak singari tibbiyotda, ho‘jalikning boshqa sohalarida keng ishlatiladi.
Biz yuqorida Namangan viloyatining balandlik mintaqalaridagi tog’ sharoitida ayniqsa uning quyi qismida keng tarqalgan o‘simliklar haqida ma’lumotlar keltirdik.

Urug‘chisining tugunchasi botiq gulo‘rinda joylashgan.Начало формы


Karam


Karam (Brassica L.) — butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. K.ning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor. Koʻpgina turlari Oʻrta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan. Bryukva, raps, sholgʻom, surepitsa, xantal ham shu turkumga kiradi. Bir turi — poliz K. (V. o1egaseaye)ning juda koʻp turlari xoʻjalik aqamiyatiga ega. Dehqonchilikda ulardan oq boshli (bosh oʻraydigan oddiy) K., qizil K., savoy karami, bryussel karami, kolrabi, gulkaram, pekin karami dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Jahon boʻyicha oq boshli K.ning umumiy ekin may-doni 2,3 mln.ga, hosildorlik 209,9 s/ga, yalpi hosili 48,8 mln.t (1999). Asosan, oq boshli va gulkaram ekiladi. K. aksari ikki yillik oʻsimlik. Birinchi yil bosh (karam) chiqaradi, ikkinchi yili oʻzagidan gulpoya chiqarib, urugʻlaydi. Oq boshli K. navlari vegetativ (oʻzagi, barg plastinkasi, toʻp bargi) va qosil organlari (karam boshi)ning qator morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Tashqi oʻzagining boʻyi 16—20 sm, toʻpbargining diametri 60—80 sm, bandining uzunligi boʻyicha barglari bandsiz, 4— 15 sm bandli, barglari mayda — 25— 40 sm, oʻrtacha — 40—50 sm va yirik — 50 sm va undan yirik boʻlishi mumkin. Barg toʻqimasining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining rangi och-yashil, toʻq-yashil, kulrang-yashil, koʻkish-yashil, yashil-binafsha, olachipor, koʻk-yashil va qizil-binafsha tusda.
K. boshlari kattaligi va tigʻizligiga koʻra, mayda (0,5—1,5 kg), oʻrtacha (1,5— 2,5) va yirik (2,5 kg dan ortiq) vaznda boʻladi. Gullari sargʻish, yirik, shingillarga toʻplangan, mevasi qoʻzoq. Urugʻi yumaloq, toʻq qoʻngʻir, diametri 2 mm cha. K. sovuqqa chidamli, urugʻi 2— 5° da una boshlaydi. Koʻkati — 5° so-vuqqa, katta oʻsimligi — 8° qisqa muddatli sovuqqa chidaydi. Oq boshli K. 11—18° t-rada bosh hosil qiladi. T-ra 25° dan oshganda bosh chiqarishi kechi-kadi; sernam va yorugʻ joyda tez rivojlanadi.
K. tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V,, V2, RR, K, Ye) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yogʻ, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganets, temir va b. elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida isteʼmol qilinadi. K. xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. K.da kletchatka koʻp. K. navlari ertagi, oʻrtacha ertagi, urtagi, oʻrtacha kechki va kechki guruxlarga boʻlinadi. K. koʻchati parnik va issiqxonalarda yetishtirilib, ertagisiga fevral oxiri va mart boshlarida (60x60 sm, 70x70 sm sxemada), oʻrtagisi aprel — may boshlarida, kechkisi iyul oxiri va iyul boshlarida (70x70 sm sxemada) ekiladi.
Parvarishi sugʻorish, qator oralari va tup atrofini yumshatish, oʻgʻitlash, zararkunanda va kasalliklarga karshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziklantirishda gektariga 150–200 kg superfosfat va 120–150 kg ammiakli selitra, ikkinchisida faqat 120– 150 kg ammiakli selitra beriladi. K. ekiladigan yer kuzda yoki erta bahorda haydalib, gektariga 20—30 t goʻng , 300–400 kg superfosfat, 100–150 kg kaliy tuzi sochiladi.
K. urugʻini bevosita dalaga ekish ham mumkin. Bunda unumdor, begona oʻtlardan toza yerlarga seyalkada qator orasini 60—70 sm dan qilib, 1 ga maydonga 1 — 1,5 kgurugʻsepiladi. 2—3 chin barg chiqargach, yaganalab, har uyada (30—40 sm oraliqda) bittadan oʻsimlik krldiriladi. Bundan keyingi ishlar koʻchati oʻtqazilgandagi ishlar bilan bir xil. Oʻrtacha hosildorligi (1 ga dan) ertapishari 200—300 s, oʻrtapishari 400— 500 s, kechpishari 600—900 s. K. urugʻchiligi bilan K. ekiladigan barcha zonalarda shugʻullaniladi.
Oʻzbekistonda oq boshli K.ning quyidagi navlari ekiladi: Gribovskiy 147—ertagi, koʻchati oʻtqazilgach, 60—65 kunda yetiladi. Boshi 0,7–1 kg , yumaloq, oʻrtacha zich, koʻkish, pishganda yoriladi. Toshkent 10—oʻrtagi, koʻchati oʻtqazilgach, 90—110 kunda pishadi. K.i 2— 2,5 kg , yumaloq-yassi, issiqqa chidamli. Oʻzbekiston 133—oʻrta kechki, koʻchati oʻtqazilgach, 110—120 kunda yetiladi. K.i 2,5—4,3 kg , yumaloq-yassi. Shuningdek, Apsheron kuzgisi, Saratoniy, Navroʻz, Ashxobod, Parallel Fp Derbent va b. navlari ham ekiladi (2002).
K. zararkunandalari. K.ni zararlaydigan hasharotlar turlari juda koʻp, asosiylari karam biti, karam kuyasi, karam qandalasi, karam oq kapalagi vab. Karam biti — qanotsiz urgʻochisi 1,9—2,3 mm, tuxumsimon, koʻkish-kulrang , kulrang mum gʻubor bilan qoplangan; qanotli urgʻochisi 2,15 mm, boshi va koʻkragi jigarrang , qorni koʻkish-sariq, ozroq mum gʻuborli. Bir mavsumda 15 martagacha avlod beradi. Karam kuyasi — kapalagi qanotlari yozilganda 14–17 mm; oldingi qanotlari qoʻngʻir, keyingisi kulrang . Lichinkasi (qurti) 9–12 mm, urchuqsimon, yashil. Tuxumi 0,4—0,5 mm, yumaloq-suyri, och sariq. Hamma joyda uchraydi, asosan, K. va kizil lavlagini zararlaydi. Begona oʻtlarda, K. oʻzagi va barglarida qishlaydi. Tuxumdan chiqqan qurtlari barg bilan oziqlanadi (Toshkent viloyatida 9—10 ta avlod beradi). Karam qandalasi — tanasi 7 – 8 mm, boʻgʻimli, qalqoni qorinni yarmigacha qoplab turadi. Usti zangori yoki yashilsimon qora boʻlib, qizgʻish, sargish yoki oqish chiziqlari bor. Oʻsimlik barglarini hartumchasi bilan teshib shirasini soʻradi, bunda barglar sargʻayadi, ilma-teshik boʻlib ketadi, yosh oʻsimliklar qurib qoladi. Koʻklamda begona oʻsimliklar bilan oziqlanib, barg orqasiga tuxum qoʻyadi. 6—15 kunda tuxumdan lichinkalar chiqadi, kattalashib gʻumbakka aylanadi. Birinchi boʻgʻini, koʻpincha may — iyunda K.ga tushadi. Karam oq kapalagi — qanoti yozilganda 5,5—6 sm, oq, uchi qora koʻrinadi. Lichinkalari qora dogʻli sargʻish-och yashil, boʻyi 1 sm. Oʻrta Osiyo sharoitida yiliga 4 marta avlod beradi. K. kasalliklaridan hosilga katta zarar keltirganlaridan asosiylari: bakterioz, soxta unshudring , qora boʻgʻiz, ildiz boʻgʻzi qorayishi.
Zararkunandalarga qarshi kurashda koʻchatni dalaga ekishdan oldin insektitsidlardan birontasining 0,2% li eritmasi purkaladi, oʻsuv davrida biologik preparatlardan dendrobatsillin (1,0—1,5 kg/ga), gomelin (0,8—1,0 kg/ga) eritmalari, hosilni yigʻishdan 20—30 kun oldin insektitsidlar bilan dorilanadi, kasalliklarga qarshi yerni kuzda shudgorlash, oʻsimlik qoldiqlarini yigʻib olish, urugʻlikni ekishdan oldin dorilash tadbirlari oʻtkaziladi.

Jag`-jag` haqida hamma narsa

Jag`-jag` (Achambiti) — (lotin tilidagi nomi Sapsella Bursa Pastoris Medic) karamdoshlar Brassicaceae (butguldoshlar Cruciferae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo`yi 20-30 (ba`zan 60) sm ga etadigan o`t o`simlik. Poyasi bitta, ba`zan bir nechta, tik o`sadi. Gullari shingilga to`plangan. Mevasi — qo`zoqcha.


Aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan boshlab etiladi.
Jag`-jag` (achambiti) yovvoyi holda juda keng tarqalgan bo`lib (faqat eng shimoliy va suvsiz tumanlarda – sahroda, Arktikada uchramaydi), o`tloqlarda, bog`larda, yo`l yoqalarida, aholi yashaydigan joylarda, begona o`t sifatida ekinzorlarda va boshqa erlarda o`sadi.
Jag`-jag` – karamdoshlar (butguldoshlar) oilasiga mansub bir yillik o`t o`simlik. Mart-may oylarida (yoki yoz bo`yi) gullaydi, mevasi aprel-iyulda (yoki kuzgacha) etiladi.
Ovqatga jag`-jag`ning yangi ko`kargan barglari ishlatiladi. Bargidan somsaga masalliq, pyure, sous tayyorlanadi. Uni borsh, sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlar, vinegretlar, turli suyuq ovqatlarga qo`shadilar. Jag`-jag`ning yosh, nozik barglari salatlarga yaxshi, nozik, yoqimli o`tkir va sarimoqpiyoz hidini beradi.
Bahorda xalqimiz jag`-jag`ning yosh barglarini yalpiz bargi, ismaloq va boshqa yovvoyi holda o`sadigan o`simliklar barglariga qo`shib, ulardan ko`k somsa va chuchvara pishiradi.
Uch oy davomida qishdan so`ng organizm vitaminlarga, organik kislotalar, mineral moddalar, fermentlar va boshqa moddalarga muhtoj bo`lib chiqqan vaqtda jag`-jag` bargini ovqatga ishlatishni ahamiyati katta. Organizmga kerakli bo`lgan biologik faol moddalarni erta bahorda o`sib chiqqan o`simliklarning yosh barglaridan, shu jumladan jag`-jag` bargidan olish mumkin. Jag`-jag` ishtaxa ochadi, me`da shirasini ajralishini yaxshilaydi, engil surgi va o`t haydash ta`sirini ko`rsatadi.
Jag`-jag` urug`i xantal (gorchisa) va qalampir o`rnida ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi.
Er ustki qismi tarkibida qandlar, flavonoidlar (diosmin va boshqalar), organik (limon, olma, fumar, vino) kislotalar, efir moyi, saponinlar, vitamin S, V2 va K, karotin, inozit, xolin, asetilxolin, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Urug`i o`z tarkibida 28 foizgacha yog` va oz miqdorda siningrin glikozidi saqlaydi.
Jag`-jag` o`simligi qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng miqyosda ishlatib kelinadi. Ibn Sino ham o`z vaqtida uni qo`llagan. Jag`-jag` asosan turli qon oqishlarda (bachadon, me`da, o`pka, buyrak, burundan va yaralardan qon oqqanda, bavosil kasalligida) ishlatiladi. Yaralardan, shilingan joydan va burundan qon oqishini to`xtatish uchun yangi yig`ilgan bargni ezib, qon oqqan joyga qo`yiladi. O`simlik damlamasi ichdan qon oqishini to`xtatadi. Buning uchun hamda isitma va ich ketganda damlamani ichishga beriladi.
Tarkibida xolin va asetilxolin bo`lgani uchun jag`-jag` qon bosimini pasaytirish – gipotenziv, vitamin K bo`lgani uchun qon ivishini tezlatish, natijada qon oqishini to`xtatish ta`siriga ega. Shuning uchun jag`-jag` o`simligidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt ilmiy tibbiyotda qon oqishini to`xtatuvchi vosita sifatida akusherlik (tuqqandan so`nggi qon oqishni to`xtatish uchun) va ginekologik (kuchli va uzoq hayz ko`rishda) amaliyotida qo`llaniladi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida gissopin glikozidi, bursa kislota, 0,12% askorbin kislota, vitamin K1, olma, limon, vino, fumar kislotalar, xolin, asetilxolin, tiramin, inozit, flavonoidlar (diosmin va boshqalar), saponinlar, oshlovchi hamda boshqa birikmalar bo`ladi.
TOSHYORAR NEUROLOMA. Neuroloma saksifraga. Karamdoshlar
(Butguldoshlar) oilasi. Toshyorar neuroloma Qurama tizmasining
noyob endemik turidir. Bo‘yi 10 sm gacha bo‘lgan ko‘p yillik poyasiz
o‘t o‘simlik. Qisqargan poyasi barglarining qurigan qoldiqlari bilan qoplangan.
Ildizi ko‘p asosli. Barglari ildiz bo‘g‘zidan chiqqan, qattiq, tukli,
terisimon, uzunchoq, teskari tuxumsimon, chetlari tishsimon qirqilgan.
Gulpoyasi bargsiz, oddiy, uzunligi 37 sm. Gullari siyoh rang. Mevasi qo‘zoq,
urug‘i yassi, dumaloq, uzunligi 2,5-5 mm. Iyunda gullab, avgustda urug‘
beradi. Chotkol tizmasida, Betagalik, Kensoz,
Qo‘ytosh jilg‘alarida, Jirdan dovonida, Qurama tizmasining Arashan dovonida
tarqalgan, Yaylovlarda 2600-2900 m balandlikdagi toshloq yonbag‘irlarda o‘sadi.
Urug‘idan ko‘payadi.
QURAMA NEUROLOMASI. Neuropoma kuramenze Karamdoshlar
(Butguldoshlar) oilasi. Qurama neurolomasi — G‘arbiy Tyan-Shan tizmasinyng
noyob endemik turidir. Bo‘yi 25 sm gacha bo‘lgan ko‘p yillik po yasiz o‘simlik.
Barglari ildiz bo‘g‘zida yopirma holda joylashgan, sertuk, keng bandli,
nashtarsimon, o‘tkir, arrasimon, Gulpoyasi tik o‘suvchi, 15-18 sm, bargsiz, tukli.
Gullari siyoh rang. Qo‘zoqlari tuksiz, qalami, yassi. Urug‘i ellipssiman
bo‘lib, bir qatorda joylashgan. Iyunda gullab, iyulda urug‘ beradi.
Qurama tizmasining Qamchiq dovoni (Toshkent—Namangan viloyatlari)
o‘ramidagi mayda toshli, shag‘alli yonbag‘irlarda uchraydi. Urug‘i bilan ko‘payadi.

Tabiatning o‘zi tabib, -deydi dono xalqimiz. Unda mavjud bir tikan borki, turgan bitgani davo. Turmushimizda ko‘p uchraydigan shamollashni davolash uchun behud asab buzish, ortiqcha sarf-harajat qilib dorixonaga borishga shoshilmang. Shu asnoda ona tabiatimizda o‘sadigan, yetishtiriladigan o‘simliklar o‘zining o‘rni borligi haqida so‘zlaydi. Masalan, butguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 40-120 santimetrgacha o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik bo‘lgan xrenning soch va qoshni yaxshi o‘stirishi haqida eshitganmisiz?! Xrenning ildizidan ayniqsa, shamollash, o‘pka va nafas yo‘llarini davolashda ishlatiladi. Uning quritilmagan ildiz shirasi yoki ezilgani va ildiz qaynatmasi xalq tabobatida ishtaha ochish, ovqat hazmini yaxshilash va siydik haydashda keng qo‘llaniladi. Huddi shu oilaga mansub xantaldan ham, balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida foydalanilgan.


Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Abu Ali ibn Sino xantal urug‘i bilan bod, belangi va turli shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni davolagan. 
Xantaldan olinadigan efir moyining 2 %li eritmasi bod, miozit, bronxit, nafas yo‘llari va revmatizm kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Urug‘ining kunjarasi yoki kukunidan shifobaxsh vanna qilinadi. Bunday vannalar shamollashda ko‘p ishlatiladi.


Download 46,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish