Butguldoshlar va ra`nodoshlar oilasiga mansub dorivor o`simliklar haqida ma`lumot. Reja


Mevalari – olma mevalar (olma, nok, behi), danakli (do‘lana



Download 46,38 Kb.
bet2/5
Sana14.06.2022
Hajmi46,38 Kb.
#670087
1   2   3   4   5
Bog'liq
butguldoshlar va ra`nodoshlar oilasiga mansub dorivor o`simliklar haqida ma`lumot

Mevalari – olma mevalar (olma, nok, behi), danakli (do‘lana,

o‘rik, olcha), to‘pmeva (malina), yong‘oq meva (bodom)

deyiladi. Bu mevalar o‘z navbatida chin (danakli mevalar) va

soxta mevalar (olma mevalar, malina na’matak)ga bo‘lunadi.

Bu oila o‘simliklari turli-tumanligi, gul va mevasining har

xilligi bilan boshqa oilalardan ajralib turadi. Shuning uchun ham u juda ko‘p turkumlarni o‘z ichiga oladi. Bularga tobulg‘i,

na’matak, olma, olxo‘ri, nok, shaftoli, kamxastak, maymunjon

kabi turkumlar kiradi. Mazkur oilaga kiruvchi tur va turkum-larning ko‘pligi tufayli ularning gul tuzilishini yagona formula va

diagramma bilan ifodalab bo‘lmaydi.

Tog‘larning toshli yonbag‘irlarida, tog‘lardagi daryo bo‘yla-rida va to‘qaylarda ra’no (na’matak) turkumiga mansub butalar

o‘sadi. Ulardan biri n a’m a t a k (ra’no)dir . U bo‘yi 3—4 m ga

yetadigan, poyasi ko‘p, sershox buta. Qari poyalarining po‘sti to‘q kulrang, yoshlariniki — yashil. Tikanlari yirik. Barglari murakkab toq patsimon, 5—9 yaproqchali. Tog‘ning o‘rta qismlarida iyundan, yuqori qismlarida esa iyuldan boshlab gullaydi. Gullari yirik, diametri 8—9 sm, asosan och pushti, gulbandda yakka-yakka o‘rnashgan. Gulo‘ringa beshta kosachabargdan iborat ko-sachaga birikkan. Kosacha o‘simlik mevalaganda ham to‘kil-maydi. Toj ham beshta tojbargidan tuzilgan. Gulda juda ko‘p changchi va urug‘chilari bor. Gulining formulasi Gk5Gt5 Ch∞U∞.


Ustuncha va tumshuqchalari tashqariga chiqib turadi. Na’-matak gullari hasharotlar yordamida changlanadi.
Na’matakning gullari changlanib va urug‘lanib bo‘lgandan
so‘ng gul o‘rnida meva hosil bo‘ladi.
Na’matakning soxta mevasi to‘q qizil, etdor, uzunchoq
tuxumsimon bo‘lib, uzunligi 2—3 sm. Meva ichida juda ko‘p
qattiq urug‘lari bor. Soxta mevasi — etdor, juda xushbo‘y,
chuchuk-nordon, mazali bo‘lib, tarkibida inson sog‘ligi uchun
zarur moddalardan darmondori, limon kislota, oshlovchi va
boshqa moddalar bo‘ladi. Tabobatda avitaminoz kasalligini oldini
olish va davolashda ishlatiladi.
O‘zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o‘simlik o‘sadi,
bulardan 5 tasi manzarali o‘simlik sifatida gulzorlar, maydonlar,
bog‘lar, istirohat bog‘lari, hiyobonlarda o‘stiriladi. Na’matak
(ra’no) madaniy atirgullarning yovvoyi turi hisoblanadi.
Qadim zamonlardayoq kishilar na’matakdan madaniy
atirgullarni chiqarganlar. Hozirgi vaqtda yer yuzida atirgullarning
10 mingga yaqin, O‘zbekistonda 340 dan ortiq navi ekiladi.
Tog‘larimizdagi keng yaproqli o‘rmonlarning asosiy qismini
mevali daraxtlardan yong‘oq, yovvoyi olma, yovvoyi nok, murut
(olmurut), do‘lana, olcha, bodom va kamxastaklar tashkil etadi.
Shulardan biri olmadir.
Olmalar olma turkumiga mansub daraxtlar bo‘lib, O‘zbe-kistonda ularning 6 ta turi bor. Shulardan 3 tasi yovvoyi, 3 tasi
esa madaniy turlardir.
Olmaning bargi oddiy, butun. Gullari oq, pushti yoki och
pushti bo‘lib, qalqon to‘pgulga o‘rnashgan. Gulidagi kosachabarg
va tojbarglar 5 ta dan, changchilari ko‘p. Urug‘chisi 5 ta,
tugunchalari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan. Shunga ko‘ra gulining
formulasi quyidagicha bo‘ladi: Gk5Gt5Ch∞U(5). Bundan tashqari,
olma gulining tuguni ostki. Olmaning mevasi gulo‘rnining
tugunchaga qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan, 5 uyli soxta
mevadir.
Nok gul va mevalari bilan olmaga o‘xshaydi. Lekin meva-sining etida tosh hujayralari borligi bilan olmadan farq qiladi.
O‘zbekistonda nok turkumiga oid 7 tur bor. Bulardan 3 tasi
yovvoyi holda o‘sadi. Ular asosan tog‘larda tarqalgan, ko‘pincha murut yoki olmurut deb yuritiladi. Qolgan 4 tasi madaniy tur
bo‘lib, bulardan ko‘p tarqalgani oddiy nokdir. Shuningdek,
ra’nodoshlar oilasiga do‘lana turkumi ham kiradi.
Do‘lananing mevasi 1—5 urug‘chibargning qo‘shilishidan
hosil bo‘lgan, shuning uchun u 1—5 danakli bo‘ladi.
Tog‘olcha va olxo‘rilar olxo‘ri turkumiga mansub daraxt va
butalardir. Bularning barglari ham oddiy, lekin guli va mevasining
tuzilishi tobulg‘i, na’matak va olmalarnikidan biroz farq qiladi.
Masalan, qimizak (olvoli) gulini olib ko‘raylik. Unda
kosachabarg va tojbarglar 5 tadan, changchilari ko‘p, urug‘chisi
bitta bo‘lib, bitta urug‘chibargdan hosil bo‘lgan. Gulo‘rin juda
botiq — qadahsimon, lekin olmalarnikiga o‘xshab tuguncha bilan
qo‘shilmaydi va mevaning hosil bo‘lishida ishtirok qilmaydi.
Qimizak(olvoli)gulining formulasi quyidagicha: K5T5Ch-U1.
Mevasi haqiqiy danakli mevadir.
O‘zbekistonda olxo‘ri turkumiga oid 4 ta tur bo‘lib, bulardan 3
tasi madaniy (gilos ham shu turkumga kiradigan madaniy o‘simlik),
qolganlari esa yovvoyi holda o‘sadi. Yovvoyi olma, nok, olcha va
boshqa mevali o‘simliklar qurg‘oqchilik, sovuq va zararkunan-dalarga chidamliligi tufayli yangi navlar yaratishda, chatishtirish
yoki payvandtag qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Ra’nodoshlar oilasiga tegishli o‘simliklar respublikamizda
ko‘p tarqalgan. Ular asosan daraxt, buta va ko‘p yillik o‘tlardan
iborat. Gullari yirik, asosan 5 ta kosachabarg, 5 ta tojbarg,
cheksiz changchi va birdan cheksizgacha urug‘chidan tarkib topgan. Oilaning rezavor mevalar vakillariga qulupnay, malina, maymunjonlar ham kiradi .
Oila vakillaridan O‘rta Osiyo noki, olga sorbachiyasi «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Bodom (Amygdalus spinosissima Bge.) Bodom ranodoshlar oilasidan, bo‘yi 2-3 m. ga yetadigan bo‘ta yoki kichik daraxt. Uning tanasi sershoh, yonshoxchalar hosil qilib o‘sadi, shoxlari tikanli. Shoxchalarining uzunligi 2-4 sm. eni esa uzunligidan 2-3 marta qisqa bo‘ladi.
Barg qo‘ltig’idan chiqgan yon shoxchalari tikanga aylangan, tikanlari o‘tkir uchli va zich joylashgan. Barglar bir muncha enli va lantsetsimon bo‘ladi. Hushbo‘y gullari bargidan oldin yoki bargi bilan bir vaqtda ochiladi. Bodom mart oyining o‘rtalarida ko‘karadi. Ko‘karashi bilan
gulga kiradi. Gullashi to aprel oyigacha davom etadi. Gultoji oq pushti rangda. Lantsetsimon, oval shaklida bo‘lib, uzunligi 7-10 mm. eni 3,5-4,5 mm. bo‘ladi. Gulining diametri 3,5-4 sm.
Iyun-iyul oylarida mevasi pishadi. Mevasining shakli tuhumsimon, tuhumsimon-lantset shaklida, usti qalin tukchalar bilan qoplangan. Mag’zi ko‘pincha achchig’ bo‘ladi.
Irg’ay (Cotoneaster multiflora Bge). Irg’ay o‘simligi ra’nodoshlar oilasidan, bo‘yi 0,5-1,5 m ga yetadigan tik o‘suvchi butadir. Novdalari yoshligida tukchali bo‘lib, keyinchali bu tukchalar to‘kilib ketadi. Barglari ancha uzun, barg bandida shrnashgan, bargi keng, teskari
tuhumsimon, uchi o‘tmas, asosan ancha enli. Barglari 2 tomoni ham tuksiz. Irg’ay may oyida gullaydi. Gullari juda ko‘p, dihotomik shoxlangan bo‘lib, ro‘vak shaklidagi to‘p gul hosil qiladi.
Gultoji oq, diametri 1 sm. ayrim-ayrim holda joylashgan tojibarglardan iborat. Mevasi sentabr oyida pishadi. U och qizil rangli, cho‘zinchoq tuhumsimon, uzunligi 6-10 mm. 1-2 ta danakdan iborat. Irg’ay tosholoq tuproqli butalar orasida ko‘p o‘sadi. U manzarali buta o‘simlik sifatida ishlatilishi mumkin. Tanasi mustaxkam, chiroyli, gullar uchun payvandtag sifatida ham foydalaniladi.

Download 46,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish