Sivilizatsiya tushunchasi alohida olingan bir xalq, hudud, jamiyat, davlat va hatto jahonga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan ham qo`llanildi. «Sivilizatsiya» lotincha «sivilius» so`zidan olingan bo`lib, aynan «fuqarolikka oid» degan ma’noni anglatadi. Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari. Sivilizatsiyalar o`z shakliga ko`ra Sharq va g’arb sivilizatsiyalari, xristian va musulmon sivilizatsiyalari, hududiy va jahon sivilizatsiyasi kabilardan iborat. Sharq sivilizatsiyasiga xos bo`lgan quyidagi muhim xususiyatlarni ko`rsatish mumkin: Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari. Sivilizatsiyalar o`z shakliga ko`ra Sharq va g’arb sivilizatsiyalari, xristian va musulmon sivilizatsiyalari, hududiy va jahon sivilizatsiyasi kabilardan iborat. Sharq sivilizatsiyasiga xos bo`lgan quyidagi muhim xususiyatlarni ko`rsatish mumkin: - Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishni, sabr-toqatlilikni targ`ib etgan; - Odamlar orasida bag`rikenglik, birdamlik va hamjixatlik ruhi kuchli bo`lgan; - Milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan; - kattalar va ota-onaga hurmat bilan qarashga alohida e’tibor berilgan. O`zbekiston Sharq sivilizatsiyasi bag`rida rivojlandi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o`zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag`alparvarlik kabilar Sharq sivilizatsiyasiga xos belgilardir. Madaniyatda milliylik va umuminsoniylik
Jahonda 1600 dan ortiqroq millat yashaydi. Ular uchun bizning ona sayyoramiz umumiy vatan bo`lib hisoblanadi. Ana shu umuminsoniyat jamoasining hamjixat yashashi, birgalikda va yonma-yon faoliyati natijasida butunjahon madaniyati va sivilizatsiyasi shakllangan.
Shu bilan birga, muayyan hudud, davlat va mintaqalarda ham bir qancha xalqlarning azal-azaldan yonma-yon yashab kelayotganligining guvohimiz. Albatta, ular orasida tabiiy ravishda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar jarayoni boradi. Bu jarayonlar, o`z navbatida, umuminsoniy va baynalmilal madaniy tamoyillar asosida amalga oshadi. Madaniyatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ular o`rtasidagi umumiy jihatlarning kamol topishiga olib keladi. Ana shu umumiylik bilan alohidalik, ya’ni butunjahon madaniyati va biror-bir xalqqa xos bo`lgan madaniyat o`rtasidagi muntazam aloqa ham insoniyat tarixi va taraqqiyoti uchun muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |