Bemorni shikoyatlari: Burundan vaqti-vaqti bilan nafas olishni qiyinligi va ko`p miqdorda xidsiz shilimshik yoki shilimshiq-yiring ajralma kelishiga bo`ladi. Kasallikni klinik kechishida u yoki bu belgilarini ko`proq namoyon bo`lishi bilan davom etadi. Ayrim bemorlar asosan burundan shilimshiq ajralishiga shikoyat qilsa, boshqalari esa burundan nafas olishni qiyinligi bezovta qiladi. Nafas olishni qiyinligi, almashinib turadi, burunni bir tomonidan xavo o`tishi qiyin bo`lsa ikkinchi tomonidan qoniqarli darajada nafas olinadi, bunday xolat ayniqsa bemor yotgan xolda keskin namoyon bo`ladi, ya`niy qaysi tomonni bosib yotilsa o`sha tomondan nafas olishni qiyinlashadi. Buning asosiy sabablaridan biri burunni kavernoz to`qimani venoz tomirlarida to`laqonlikli xolatini vujudga kelishidir. Ajralmani ko`p to`planishi xisobiga xam nafas olish ancha qiyinlashadi, burun ajralmalardan tozalangandan so`ng nafas qayta tiklanadi.
Burundan nafas olishni qiyinligi ko`prok sovuq xavo ta`sirida kuchayadi.
Burun shilliq qavatlarini shishi va burun yo`llariga ko`p miqdorda shilimshiq to`planishi xisobiga xid bilish xam ancha pasayib (giposmiya) qoladi. Xid bilishni pasayishi vaqtincha bo`lib, yallig’lanish jarayoni pasayishi bilan qayta tiklanishi mumkin.. Nafas olishni qiyinligi bemor asabiga salbiy ta`sir etadi, ularda uyqu va ishtaxa buziladi, bosh ogrishi paydo bo`ladi, ish qobilyati pasayadi. SHilliq qavatlarni shishi xisobiga,burun yondosh bo`shliqlardagi ajralmalarni chiqishi qiyinlashadi,natijada burun yondosh bo`shliqlari soxasida ogirlik va ogriq paydo bo`ladi.
Rinoskopiyada – Burundan tinimsiz ajralayotgan shilimshiqni burun terisiga ta`siri va burunni doimo artish natijasija burunni kirish qismini terisi qizirgan, yorilgan bo`ladi. Burun shilliq qavatlari va burun chiganoqlari qizarib shishgan, pastki burun chiganogini oldingi qismlari esa yo`gonlashgan bo`ladi. Qon tomirlarini to`laqonligi natijasida ayrim xollarda burun chiganoqlarini rangi ko`kimtir tus oladi, bunday xolatni rhinopathia vasomotorica deb yuritiladi. Burun yo`llarida ko`p miqdorda xidsiz va rangsiz shillimshiq ajralma ko`rinadi.
Tashxisda zond bilan chiganoqlar bosib ko`rilganda, ular yumshoq va engil eziladi, bundan tashqari qon tomir toraytiruvchi dorilar tomizilganda chiganoqlar xajim jixatidan kichrayadi va burun yo`llari keng bo`lib qoladi.
Davolash -Davolashni kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilishdan boshlanadi,bu esa kasallikni davolashni asosiy ko`rsatgichlaridan biridir. Burunga yallig’lanishga qarshi antibakterial ( 2% streptotsid, 2% salitsil) malxamlardan kuniga 2 maxal 2 -2,5 soatga dokali plikka shimdirilab qo`yiladi. Yallig’lanish jarayoni pasaygandan so`ng, 3-5% li protorgol yoki kollorgol eritmalaridan 3 tomchidan 2 maxal tomiziladi. YAxshisi bu dorilarni paxtaga shimdirilib massaj qilgan xolda chiganoqlarga surtish zarur. Bu usulni afzalgi shundaki, birinchidan shilliq qavatlar massaj qilinadi, ikkinchidan dori moddalari shilliq qavatni barcha qismiga uzoq muddatga etib boradi. Bundan tashqari burunga kolanxoe sharbati shimdirilgan dokali plik kuniga 2-3 maxaldan qo`yiladi. SHilliq qavatlarini shishini pasaytirish uchun kuniga bir maxal 3-5% li lyapis (kumush nitrat) eritmasi surtiladi. Burun ichiga ul’tra binafsha nur beriladi yoki 0,5-0,25% tsink sul’fat bilan elektroforez qilinadi va bir vaqtning o`zida UVCH qilinadi. Burundan normal nafas olishni tiklanishi, kasallikni to`liq barataraf qilishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |