Oldingi rinoskopiyada:
Pastki burun chiganoqlari kattalashgan,yuzalari notekis, to`q-qizil rangda. Pastki chiganoqning orqa qismi esa ok kulrang, sharsimon shaklda kattalashgan, dagallashgan, zond bilan bosib ko`rilganda qattiq, burun yo`lida ko`p miqdorda qo`yiq shilimshiq ajralma bor. Naftizin tomizilganda chiganoqlarni qisqarishi kuzatilmadi.
Boshqa LOR a`zolarida - xalqum, xiqildoq va quloqda patologik o`zgarishlar aniqlanmadi.
Kasallik tarixi bo`yicha nazorat savollari
1. Bemorni qiysi shikoyatlari gipertrofik rinitga xos
2.Oldingi va orqa rinoskopiyada qanday o`zgarishlar bor.
3.Nima uchun nafas olishdan tashqari,nafas chiqarish xam qiyinlashgan.
4.Nima uchun naftizin tomizilsa burun chiganoqlari qisqarmagan.
5.Bemorni davolash uslubini belgilang
6.Kasallik qanday asorat berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |