MAVZU BO`YICHA VAZIYAT MASALALARI VA NAZORAT SAVOLLARI
1.O`z mudatida yangi tugilgan chaqaloqda, burundan nafas olish umuman yo`q,bezovta. Tekshirilganda burun yo`llarida shilimshik ajralma bilan to`lgan, burundan nafas o`tmaydi. Burun yo`llari zond orqali tekshirilganda, va 2% protorgol eritmasi tomizilganda burun-ҳalqumga o`tmayyapti.
Bemorga tashxis qo`ying va davolash choralarini belgilang.
Javob: Bemorda burun yo`llarini tugma to`liq atreziyasi.
Tavsiya -darxol jarroxlik usul bilan burun yo`llarini ochish zarur.
2. Bemorni shikoyatlari: Xar yili baxor oylarida chuchkirish xuruji, burundan nafas olishni qiyinligi va burundan ko`p miqdorda xidsiz, tiniq shilimshik ajralishiga, burun va ko`z soxalarida qichishishiga.
Rinoskopiyada-burun shiliq qavatlari, burun chiganoqlari shishgan, oqish-kulrangda, yo`llar toraygan.Burun yo`llari tiniq xidsiz, shilimshiq bilan to`lgan.
Bemorni tashxisini aniqlang va davo choralarini belgilang.
Javob: Bemorda vazomotor-allergik rinit. Tavsiya- kasalikni keltirib chiqaruchi allergeni aniqlash, spetsifik va nospetsifik giposensiblizatsiya choralarini o`tkazish, fizioterapevtik muolijalar (burun ichiga gidrokortizon suspeziyasi bilan elektroforez), antigistamin dorilar buyuriladi.
3. Bemorni shikoyatlari: Bir yildan beri bemorni bosh ogrigi, burundan nafas olishni qiyinligi va xidli yiring ajralishi bezovta qiladi.
Rinoskopiyada burun shiliq qavatlari va burun chiganoqlari qizirib shishgan, o`rta va umumiy burun yo`llarida yiringli ajralma bor. Rentgenologik tekshirishda o`ng yuqori jag suyagi bo`shligi soxasida soyalanish kuzatilmoqda.
Bemorga tashxis qo`ying va davolash tadbirlarini belgilang.
Javob: Bemorda o`ng tomonlama surunkali yiringli gaymorit.
Tavsiya-tashxisni tasdiqlash va davolash maqsadida o`ng yuqori jag suyagi bo`shligi punktsiya qlinadi, burunga qon tomir toraytiruvchi tomchilar tomiziladi, antibiotiklar ichishga, UVCH.
4. Bemorni bir necha yillardan beri burundan sassiq xid kelishi, bosh ogrigi, burunda yot jism borligi xissiyoti, burunni quruqshab qolishi, vaqti-vaqti bilan burundan qon ketishi,bosh ogrigi, uyqu va ishtaxani buzilishi bezovta qiladi.
Rinoskopiya: Ko`rish vaqtida burundan sassiq xid keladi, burun shilliq qavatlari va chiganoqlari quruqshagan, xajmi jixatidan kichraygan, burun yo` llari keng, kulrang-ko`kimtir qo`yiq ajralma va qasmoqlar bilan to`lgan.
Bemorga tashxis qo`yib davolashni tavsiya eting.
Javob: Bemorda sassiq tumov (Ozena). Tavsiya Burunga yogli tamponlar 2-2,5 soatga qo`yish, qasmoqlar yumshagandan so`ngra furatsilin (1:5000) eritmasi bilan yuvish, vitaminlar, aloe, fibs, gumizol burun shilliq qavti ostiga in`ektsiya qilish, burun ichiga yogli ingolyatsiya qilish. Temir preparatlari ektofer yoki ferrum-lek tomir ichiga yuborish tavsiya qilinadi.
Bemor doimo maxaliy LOR vrach nazoratiga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |