Pastki burun chiganogini ul’trtovushli dezintegratsiya qilish.
Elektrokaustika (gal’vanokaustika) va kriota`sir usuli bilan davolash chiganoqlarni chegaralangan kattalashuvida qo`llaniladi. Jarroxlikdan avval 3-5% kokain va 0.1% adrenalin eritmasi aralashmasi bilan maxalliy ogriqsizlantiriladi. Keyin elektrkauter sovuq xolda burun ichiga kiritilib,burun-xalqumni orqa devoriga tekiziladi,so`ngra 1,0 sm. orqaga qaytariladi. Kauter elektr tizimiga ulanib uchi qizdiriladi va yo`gonlashgan burun chiganogini orqa qismidan oldinga qarab bir xildagi uch yo`nalishda kuydiriladi.Muolija vaqtida xaqiqiy go`sht kuygandek ovoz chiqadi va burundan tutun ajraladi.Burunni kirish qismini kuydirmaslik uchun gal`vano kauter doimo nazoratda turishi kerak. Jarroxlikdan so`ngi birinchi kuni shilliq qavat, burun chiganogi shishib, qizaradi ya`niy o`tkir yallig’lanish jarayoni kuzatiladi, burundan ko`p miqdorda shilimshik ajraladi va nafas olish yanada qiyinlashadi. Muolijani uchinchi kunlardan boshlab burundagi shishlar va ajralmalar asta-sekin pasayib, kuydirilgan joylar o`rni chandiqlashadi, burun yo`llari kengayadi va burun orqali nafas olish engillashadi.Kuyishdan xosil bo`lgan qasmoqlarni ajralishini engillashtirish uchun burunga xar kuni sintomisin emulsiyasi yoki oddiy moylar shimdirilgan dokali pliklar qo`yilib turiladi.
SHilliq osti elektrokaustikasida, ingichka Gelli kauteri shilliq qavatlar maxalliy ogriqsizlantrilgandan so`ng, pastki chiganoqni oldingi qismidan kirgiziladi va chiganoq shillik ostidan kuydiriladi.
CHiganoqlarni fibroz ko`rinishidagi giperplaziyasida konxotomiya jarroxligi burchaksimon qayrilgan Bekman qaychisi yordamida kesiladi. Agar chiganoqlarni faqat orqangi qismlari kattalashsa, ularni maxsus burun qaychisi yordamida kesilib burun ilgakchalari yordamida tortib olinadi. CHiganoqlarni nafaqat shilliq qavatlari balki suyak qismi xam kattalashganda ularni qirqish uchun richagli qaychilar ishlatiladi. Burun chiganoqlari giperplaziyasida qo`llaniladigan jarroxlik turlari ko`p bo`lib, bu usullarini qo`llashda gipertrofiyani shakli va kattaligi darajasiga qarabgina emas, balki burun chiganoqlarini medial devoriga xamda burun bo`shligiga nisbatan o`zaro joylashuvini xam xisobga olib tanlanadi.
Pastki chiganoqlarni oldingi qismlari kattalashganda, ponasimon shaklda kesiladi, tarqalgan gipertrofiyada esa (yumshok to`qimalar xamda suyak kismi kattalashuvi) qaychi bilan chiganoqni kattalashgan yumshoq va suyak qismi birga qirqiladi.
Keyingi vaqtlarda kam jaroxatli xisoblangan usul, chiganoqlarni shilliq osti konxotomiyasidir. Bu jarroxlik usuli tarqalgan gipertrofiyalarda qo`llaniladi. Ogriqsizlantirish uchun 3% kokain eritmasiga 0,25-0,5ml. 0,5% novokain eritmasi qo`shiladi va shprits bilan burun chiganoqlarini birikkan qismini, oldingi va o`rta joylariga,xamda medial devorlariga yuboriladi. Pastki burun chiganogini oldingi qirgogidan, (kesish shakli xar xil bo`lib )suyak qismigacha kesiladi. SHilliq qavat va suyak qobigi suyakdan ajratilib, suyakni kattalashgan qirgogi qirqiladi, keyin shilliq qavat tekkislanib joyiga qo`yiladi va ustidan dokali pilik bilan bostiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |