46
1894 yil boshlarida jamiyat Lesgaftning tashabbusi bilan jismoniy mashqlar
rahbarlarining kurslarini ochish haqidagi masalani xalq maorifi vazirligi oldiga qo'ydi.
Vazirlik kurslari erkaklar bilan ayollarning birgalikda ta'lim olishlariga qat'iy ravishda qarshi
chiqdi. Vazirlik boshqa to'siqlarni
ham yuzaga keltirdiki, ularni bartaraf qilishga ikki yil ketdi.
1896 yilning yanvar oyidagina «Jismoniy mashqlardan ayol rahbarlar tayyorlash uchun
muvaqqat kurslar» ochishga ruxsat etildi. Lesgaft kurslarning mudiri qilib tayinlandi. 1898
yilda uning iltimosi bilan kurslarda o'qish muddati 3 yil bo'lgan «Jismoniy ta'limning ayol
tarbiyachilari va rahbarlari kurslari» nomi ostida qayta tashkil etildi. Kurslar qayta tashkil
etilganidan keyin jamiyat faoliyati kengayib ketdi. Bolalar o'yinlari va jismoniy mashqlariga
kurslarning o'quvchilari ishlab chiqarish amaliyoti tartibida rahbarlik qila boshladilar.
Kurslarni tamomlaganlar Rossiyaning ko'pgina shaharlariga borib, bolalar orasida olib
boriladigan jismoniy tarbiya ishlarni yo'lga qo'ya boshladilar.
Birinchi rus revolyutsiyasi yillari davrida Lesgaft kurslar o'rniga Oliy erkin maktab
yaratdi. U yerda o'sha davrdagi eng yaxshi olimlar leksiyalar o'qidilar. Maktab binosida
talabalarning har xil yig'ilishlari, ishchilarning yig'ilishlari o'tkazilar edi. Ishchi deputatlarning
soveti o'z ishini shu yerda olib boigan. 1907 yil oxirida hukumat Oliy erkin maktabini yopib
qo'ydi.
P.F.Lesgaftning butun hayoti va faoliyati chorizm reaksion kuchlari bilan uzluksiz
kurashdan, butun insoniyat manfaatlari yo'lda fan tantanasi uchun kurashishdan iborat bo'ldi.
Lesgaft biologiya, antropologiya, pedagogika, anatomiya, tarix va jismoniy tarbiya sohasida
ish olib borib hamda o'z ilmiy faoliyatini amaliyot bilan uzviy ravishda bog'lab, o'zining
jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tamoyillarini taraqqiy ettirdi.
P.F.Lesgaft ishlab chiqqan jismoniy ta'lim nazariyasining asosiy yo'nalishlari
quyidagilardan iborat:
1. Aqliy ta'lim ham, jismoniy ta'lim ham odamni butun jamiyat baxt-saodati uchun
serunum mehnat qilishga tayyorlash imkonini berishi kerak. Har qanday ta'limning asosiy
maqsadi odamning shaxsiy manfaatini emas, balkr jamiyatga foyda keltirishni birinchi o'ringa
qo'yishiga erishishdan iborat bo'lmog'i lozim. Odam deydi Lesgaft, butun umrida ijodkor
bo'lishi, yodaki uslublardan foydalanmasligi darkor. Shunday qilingan taqdirdagina odamning
uzluksiz shaxsiy kamolotiga va butun jamiyat madaniyatining taraqqiyotiga erishish mumkin.
2. Inson aqliy faoliyatida ham, jismoniy faoliyatida ham ijodiy faollikka qo'yilgan
maqsadlarga erishish uchun vositalar ongli ravishda tanlangan taqdirdagina erishish mumkin.
Shuning uchun Lesgaft mashq qilish natijasida hosil bo'lgan narsalami bir-biridan farq qila
olishga odatlanishni, ularni o'zaro bir-biri bilan taqqoslay olish hamda ularga baho bera bilish,
ya'ni tahlil qila olishni jismoniy ta'limning eng muhim vazifalaridan biri deb hisobladi.
Lesgaft ana shu nuqtai nazardan mashqlarni ko'rsatib berishni emas, balki ularni tushuntirib
berishning o'zi bilan cheklanishni tavsiya qildi. Bu narsa o'quvchini bajargan harakatini ko'r-
ko'rona takror qilib berishga emas, balki uning haqida ongli tasavvur hosil qilishga, undan
keyin esa o'sha harakatni takror bajarishga majbur etadi. Odam ongi deydi Lesgaft, uning har
bir faoliyatini oldindan bajarishi kerak.
3. «Hech qanday kamchiligi yo'q normal organizm»ga ega bo'lgan odamning har
taraflama kamol topishigina serunum va mahsuldorroq mehnat qilishga qodirdir. Har taraf-
lama kamol topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt ichida eng yaxshi natijalarga
erishib ishlash imkonini beradi.
4. Lesgaft kishining har taraflama kamol topishi deganda, odamning aqliy va jismoniy
kuchlarini bir-biriga qo'shib, to'g'ri taraqqiy ettirishni, ong yetakchi rol o'ynagan paytda kishi
faoliyatida bu kuchlarning faol ishtirok etishiga imkon beruvchi ulardagi uzviy bog'liqlikni
nazarda tutdi.
5. Har bir odam jismoniy kamolotining yosh, jinsiy va individual xususiyatlarini
hisobga olib, kuch sarflashdagi asta-sekinlik va izchillik tamoyiliga rioya qilgan taqdirdagina
har tomonlama jismoniy kamolotga erishish mumkin.
6. Jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimi yordamida ish tutgan
taqdirdagina to'g'ri jismoniy o'sishiga erishish mumkin. Jismoniy ta'limning tajriba tizimi
47
ko'pchilik avlod tajribasida sinab ko'rilganidan keyingina to'g'ri tajriba deb tan olinishi
mumkin.
7. Jismoniy ta'lim tizimining o'zi esa har xil sharoitda va har xil shaklda qo'llanuvchi,
ta'lim-tarbiyaviy vazifalaiga qarab asta-sekin o'zgaruvchi uncha ko'p bo'lmagan harakatlar
tizimidan tarkib topadi. Lesgaft yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg'itish, kurash,
oddiy gimnastik
mashqlar, o'yinlar va ekskursiyalarni ana shunday mashqlar deb hisobladi.
P.F.Lesgaft jismoniy ta'lim jarayonini quyidagicha tasavvur etar edi:
A. Bola oddiy harakatlar qilib, ularni bir-biri bilan o'zaro taqqoslaydi, ular o'rtasidagi
farqni anglaydi, ya'ni ularni tahlil qiladi va tushuna boshlaydi. Harakatlarning bolalar to-
monidan ongli ravishda bajarilishiga erishish uchun ular ko'rsatilishiga qarab emas, balki
tushuntirish asosida bajariladi. Mashqlarning bu oddiy guruhi asosan maktabning
boshlang'ich sinflarida bajariladi.
B. Keyinchalik bola ortib boradigan qiyinchiliklarni hamda ancha murakkabroq
to'siqlarni asta-sekin yenga olishga o'rganadi. Buning uchun ko'tariladigan yoki irg'itiladigan
buyumlar vazni asta-sekin orttirib boriladi, yurish va yugurishda bosib o'tilishi lozim bo'lgan
masofaga ajratilgan vaqt qisqartiriladi, yurish yugurish, sakrash, uloqtirish yoki irg'itish
paytida bosib o'tilishi lozim bo'lgan masofa ko'paytiriladi, sakrab o'tish uchun qo'yiladigan
to'siqlar ko'tariladi, qarshilik ko'rsatuvchi kuchlar (masalan, sherik qarshiligi) orttiriladi,
harakatlarning o'zi esa murakkablashtiriladi. Bola har xil sharoitda umumiy harakatda o'zi
uchun tanish harakatlarni bajarib, nisbatan juda qisqa vaqt ichida iloji boricha kamroq kuch
sarflab asta-sekin va ko'proq va og'irroq to'siqlarni yengadi, borgan sari ko'proq kuch
sarflashni talab etadigan bu mashqlar ko'pgina maktablarning o'rta sinflarida qo'llaniladi.
D. Undan keyin o'smir tevarak-atrofdagi buyumlarni hisobga olgan va natijalarni
oldindan ko'z oldiga keltirgan holda o'z harakatlarini vaqt va makonga moslashga o'rganadi.
U bu xildagi mashqlar yordamida o'z mushak hislarini o'stiradi va har qanday sharoitda ham
durustroq harakat qilishga o'rganadi. Makon munosabatlarini o'rganish va ishni vaqtga qarab
taqsimlash bilan bog'liq bo'lgan, bu mashqlar maktabning yuqori sinflarida qo'llaniladi.
E. Ayni vaqtda bola yoki o'smir o'yin o'ynash, ekskursiya va og'ir harakatlar qilish
paytida murakkab harakatlardan foydalanib, o'zi hosil qilgan ko'nikmalarini tekshirib ko'radi
va ularni mustahkamlab oladi. Murakkab harakatlar ko'rinishidagi bu mashq tizimlari
maktabning barcha sinflarida mashqlaming datlabki uchta guruhi bilan parallel ravishda
qo'llaniladi.
P.F.Lesgaft o'zining jismoniy ta'lim tizimini yaratib, G'arbiy Yevropa mamlakatlari
jismoniy tarbiya tizimini qattiq tanqid qildi. U bu gimnastika tizimi mashqlari bola
organizmining anatomik tuzilishiga mos emasligini isbotlab berdi. Olim nemis va shved
gimnastikasini tanqid qilishda me'yordan oshmadi va umuman, o'zidan keyingi olimlar,
jumladan, F.Lagranj (Fransiya) singari gimnastikaning ahamiyatini kamsitmadi. Aksincha,
gimnastika mashqlarini keng qo'llagan holda jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab
berilgan tizimini yaratish ustida ishladi. U olimlar va pedagoglarni ijodiy faol bo'lishga,
gimnastika va sportning odat tusiga kirgan chet el tizimi rus yoshlari jismoniy ta'limiga kirib
kelishiga tanqidiy ko'z bilan qaramaslikka qarshi kurashishga da'vat etdi.
P.F.Lesgaft tizimining asosiy kamchiligi shundaki, u jismoniy tarbiyaning sinfiy
xarakterini tushunmadi, uni faqat biologik nuqtai nazardan tushuntirib berdi. Bundan tashqari,
u boshqa xatolarga ham yo'l qo'ydi. Masalan, u sport musobaqalari va bolalar uchun
gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlaming foydali ekanligini inkor etdi, jismoniy
mashqlarga o'rgatishda ko'rsatishning ahamiyatini kamsitdi. U o'zining jismoniy tarbiya
tarixiga doir asarlarida rus xalqi badan tarbiyasini tekshirishga yetarlicha e'tibor bermadi.
Shunday bo'lishiga qaramasdan, Lesgaft asarlari hozirgi kunga qadar o'zining ilmiy qiymatini
saqlab keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: