Burjua sport harakati



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/101
Sana16.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#372522
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101
Bog'liq
ЖТТ-узб. ЛЕКЦИИ

 Italiyada
  maktab  yoshidagi  bolalar  hamda  yoshlarning  jismoniy  jihatdan  o`sishi  va 
ularga  fashistlar  tomonidan  beriladigan  tarbiya  ishlariga  maorif  ministrligining  jismoniy 
tarbiya departamenti va maxsus ijtimoiy tashkilot «Opera natsionale Balilla» rahbarlik qildi. 
«Balilla»  asosan  8-13  yoshlardagi  o`g`il  bolalarni  birlashtirdi.  1930-yilga  kelib  uning 
saflaridan qriyb 900 ming a`zosi bor edi. 14-18 yoshdagi o`smirlar «Avangardisti» tashkiloti 
sostaviga  kirdilar.  30-yillarda  uning  qariyib  400  ming  a`zosi  bo`lgan.  8-13  yoshdagi  qizlar 
(qariyb 250 ming qiz) «Pikoli italiyane» («Kichik yoshdagi italiyan qizlar»), 14-18 yoshdagi 
qizlar esa (qariyb 150 ming qiz) «Djivaniye italiyani» («yosh italiyan qizlar») tashkilotlariga 
birlashdilar. 
«Opera  natsionale  Balilla»  ning  93  ta  provibtsiya  bo`limi  bo`lgan.  Fashistlar 
«sekretarlari»  rahbarligidagi  bu  bo`limlarning  4000  ga  yaqin  mahalliy  tashkiloti  bor  edi. 
«Balilla»  faoliyati  davlat  tomonidan  ajratilgan  yirik  mablag`,  kapitalistlar  va  burjua 
tashkilotlarining yordami bilan ta`minlandi. 
«Balilla»  tashkilotlarida  yengil  atletika,  qilichbozlik,  gimnastika,  eshkak  eshish  va 
hakazo keng qo`llaniladi. Shu bilan bir qatorda har bir joyda  geografik va iqlim sharoitlariga 
qarab,  maxsus  sport  turlari:  Alpda  tog`  chang`i  sporti,  dengiz  bo`yida  suzish,  yelkan  sporti, 
daryolarda  suzish,  eshkak  eshish,  tekislikda  ot  sporti,  hamma  joyda  sport  o`yinlari  (regbi, 
futbol, basketbol, voleybol), otish, velosiped sporti va sportning motorli turlari ham taraqqiy 
ettirildi.  
 Bularda  sportning  avtomobil,  mototsikl,  aviatsiya,  planer  va  parashyut  turlari, 
qilichbozlik,  kurash,  boks,  og`irlik  ko`tarish  va  gimnastikani  taraqqiy  ettirishga  katta 
ahamiyat  berildi.  Italiyada  fashistlar  armiyasiga  rezervlar  tayyorlash  maqsadida  «Opera 
natsionale dopolivora» nomi bilan juda ko`p tashkilotlar vujudga keltirildi. 
Yaponiyada 
jismoniy  tarbiya  va  sport  ishlarini  harbiylashtirish  nihoyatda  tez  sur`atlar 
bilan  olib  borildi.  Siyosati  yangi  bosqinchilik  urushiga  tayyorlanish  vazifalariga 
bo`ysundirilgan  yapon  imperialistlari  ana  shu  maqsadlarda  maktab,  sport  va  gimnastika 
tashkilotlaridan keng foydalandilar.  


 
50 
 
O`quv  yurtlari  va  sport  tashkilotlari  harbiy-jismoniy  tarbiyaning,  shovinistik  va  militaristik 
kayfiyatlarni propaganda qilishning asosiy markazlari bo`lib qolgan edi.  
Eng  yaxshi  komandir  va  sport  kadrlari  yetishtirib  chiqargan  kolledj  va  universitetlarda 
harbiy-jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari dzyu-do, qilichbozlik, otish, gimnastika, suzish, 
yengil atletika, voleybol, regbi va b.edi.  
1927  yilda  hukumatning  ko`rsatmasiga  muvofiq  Yaponiyaning  o`quv  yurtlariga 
o`quvchi  yoshlarga  harbiy  ta`lim  beris  Gaulgofer  va  Shtrayxer  hni  kuchaytirish  uchun 
ofitserlarning katta bir guruhi yuborildi.  
Yaponiya imperializmi harbiy mashinasining tarkibiy qismiga asta-sekin aylanib ketgan 
sport  tashkilotlari,  skaut  tashkilotlari,  Xristian  yoshlari  soyuzi  va  sport  uyushmalari  o`quv 
yurtlariga 
kirmay 
qolgan 
16-20 
yashar 
yapon 
yoshlarini 
harbiy 
sharoitga 
muvofiqlashtirishning asosiy vositalari bo`lib xizmat qildi. 
1920  yilda 
Fransiyada 
maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  va  maktab  yoshidagi  bolalar 
jisminiy tarbiyasi to`g`risida yangi qaror qabul qilindi. 
Jismoniy  tarbiyaning  yangi  programmasiga  gimnastika  snaryadlarida  bajariladigan 
mashqlar  kiritilmagan,  ammo  unda  tabiiy  to`siqlar  (zovur,  to`siq,  devor)  dan  o`tish  hamda 
narsalar tashishga (qum to`lg`azilgan qop, chechak va shu kabilar) keng o`rin berilgan edi. 
1925  yilda  Fransiyada  harbiy  ministrlik  bilan  mustahkam  aloqada  bo`lgan  yoshlarni 
jismoniy  tarbiyalash  bo`yicha  Davlat  sekretariati  tuzilib,  uning  tashabbusi  bilan  9000  ta 
maktab  huzurida  o`quvchilarni  harbiy  ishlarga  tayyorlovchi  mustaqil  suratda  ishlaydigan 
sport va otish jamiyatlari tashkil etildi. 
Vengriyada
 
14  dan  21  gacha  bo`lgan  yoshlarning  umumiy  sport  majburiyatlari  haqida 
qonun  qabul  qilindi.  Sobiq  kazarmalar  harbiy-jismoniy  tayyorgarlikning  o`ziga  xos 
markazlariga aylabtirildi.  Taxminan 30 mingga yaqin sobiq ofitserlar sport ishlariga rahbarlik 
qilishga jalb etildi.  
Chexoslovakiyada  grajdan  aholisini  harbiy  jisminiy  jihatdan  tayyorlash  «sokol» 
tashkilotlari  vositasida  olib  borildi.  «Sokol»  jamiyati  rahbarlaridan  biri  Klinger  shunday 
degan  edi:  ««Sokol»  o`z    a`zolarining  kazarmaga  kirishidan  oldinroq  ulardan  soldat 
yetishishiga intiladi...» 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish