92
Mustaqil O'zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos
bo'luvchi eng muhim tadbirlar ko'rilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni (1992 yil
14 yanvar) barcha aholining sog'lig'ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport
bilan shug'ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi. Bu Qonun 2000 yil
26 mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston sportchilari ko’pgina nufuzli xalqaro sport
musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
1995 yilda Toshkentda XOQ rahbarligi ostida I Markaziy Osiyo o’yinlari o’tkazildi.
1997 yilda Olma-Ota shahrida II Markaziy osiyo o’yinlari bo’lib o’tdi.
1994 yilda o’zbekistonlik sportchilar Lillexammerda o’tkazilgan
qishki Olimpiya
o’yinlarida qatnashdi.
O’zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki:
1996 yil – Atlantadagi yozgi olimpiya o’yinlari;
1998 yil – Naganodagi qishki olimpiya o’yinlari;
1994 yil – Xirosimadagi XII Osiyo o’yinlari;
1996 yil – Xarbindagi III qishki Osiyo o’yinlari;
1998 yil – Bangkokdagi XIII Osiyo o’yinlari;
1999 yil – Kongvodagi IV qishki Osiyo o’yinlari;
1998 yil – Moskvadagi yoshlarning I Butunjahon o’yinlari.
O'zbekiston mustaqilligi davomida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha rivoj topdi.
Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o'sdi.
Futbol, tennis, o'zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do,
taekvando, ushu, qo'l to'pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng
asosiy sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonun hamda qator
qarorlami (1993, 1996, 1999, 2000, 2002, 2003,2006,2010,2011 va h.k.) amalga oshirishda
katta tadbirlar o'tkazildi. Ularning natijalari esa respublikada o'tkazilgan sport musobaqalari,
xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan
yutuqlar mazmunida namoyon bo'lmoqda.
O'zbekistonda futbolni rivojlantirish, tennis, boks va kurash bo'yicha xalqaro turnirlar
o'tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, «O'zbekistonda
jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat
va jamoat tashkilotlari oldiga katta mas'uliyatlarni yukladi. Shu asosida aholining barcha
tabaqalari va ishlab chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, o'quv muassasalari sohalarida jismoniy
tarbiya va sportni keng yo'lga qo'yish masalalari jiddiy vazifa bo'lib qolmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 1993 yil martda «Sog'lom avlod
uchun» ordeni ta'sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha ta'lim-tarbiya hamda tibbiyot
maskanlarida a'lo darajada xizmat qilgan xodimlar, rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa
qo'shgan shaxslarga I-III darajali ordenlar berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha
viloyatlardagi jismoniy tarbiya o'qituvchilari, BO'SMning murabbiy va rahbarlari, sport
tashkilotlarining mas'ul xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Ta'lim-tarbiya va kadrlar
tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida»gi
Farmoni (1997yil 10oktabr), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27
maydagi qarori va boshqa rasmiy hujjatlar asosida «Sog'lom avlod» davlat dasturi» ishlab
chiqildi va amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo'nalishi tibbiyot, ta'lim, mahalla va
boshqa sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog'liqni yaxshilash bo'yicha
ta'lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, mahalla va mehnat jamoalarda
ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni maqsadli o'tkazish ko'zda
tutildi.
Eng avvalo, «Sog'lom ona va sog'lom bola» shiori ustuvor bo'lishi ta'kidlangan.
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida munosib o'rin
egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi.
94
Xuslosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro
sport aloqalarni yanada kengaytirish, olimpiya g'oyalarini aholi o'rtasida singdirish va eng
muhimi, sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashda muhim voqea bo'ldi.
2012 yil 27 iyul - 16 avgust kunlari London shahrida bo’lib o’tgan XXX yozgi
Olimpiada o’yinlarida jahonning 205 davlatidan 10500 nafar sportchi 302 komplekt medallari
uchun 26 sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etishdi. Olimpiada o’yinlari davomida
jami 44 ta jahon va 117 ta olimpiya rekordlari o’rnatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: