Burjua sport harakati



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/101
Sana16.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#372522
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101
Bog'liq
ЖТТ-узб. ЛЕКЦИИ

Angliya 
birinchi  jahon urushi natijasida g`olib mamlakatlar qatoriga kirgan  edi.  Ammo 
bu hol uning iqtisodiy va siyosiy ahvolini mustaxkamlamadi. 
B.  Shou  o`zining  «Mafusailga  qaytish»  nomli  asariga  yozgan  muqaddimasida  Angliya 
maktablaridagi  tarbiyani  juda  aniq  qilib  hamda  haqqoniy  tarzda  xarakterlab  berdan  edi: 
«Imtiyozli maktabda bolani turli yo`l bilan bema`nilikka, axloqsizlikka o`rgatiladi, uni tekin 
daromad  olishga  asoslangan  bizning  jamiyatimiz  mohiyatiga  ko`ra  aldaydilar,  unga 
be`manilik, dabdabalik va vatanparvarlikka ishonch ruhi singdirildi,  ammo uni  otishga, otda 
chopishga,  jismoniy  kuchini  o`stirishga  o`rgatish  kerak  bo`lganda,  u  o`zining  bu 
mashqlarning  xammasini  yaxshi,  hatto  iloji  boricha  a`lo  darajadabajarishini  chinakam 
istaydigan  odamlardan  eng  malakali  yordam  va  yo`l-yo`riq  oladi.  Ular  mushtlashishini  din 
yo`lidan boorish, o`ldirishni esa erkak kishining ziynati, deb tushunadilar. 
AQSHda 
maktab,  o`rta  va  oliy  o`quv  yurtlari  yordamida  yoshlarni  o`z  ideologiyasi 
ruhida  tarbiyaladi,  ularni  jahonga  hokim  bo`lish  bo`lish  planlarini  amalga  oshirishga, 
«amerikacha  yashash»ni  propaganda  qilishga  tayyorladi.  Amerika  cherkovi,  harbiy 
boshqarma  va  juda  ko`p  yarim  sport-yarim  harbiy  tashkilotlar,  masalan,  «Amerika  legioni» 
kabi  tashkilot  ham  ana  shu  maqsadda  ish  olib  bordi».  Jismoniy  tarbiya  burjuaning  butun 
tarbiya  sistemasining  bir  qismiga  aylana  bordi.  1920  yilda  AQShning  Sport  rahbarlari  va 
universitetlardagi o`yinlar jamiyati komiteti jismoniy tarbiya vazifalarini aniqlar ekan, uning 
muhim  vazifasi  yoshlarni  itoatgo`ylik  va  intizomlilik  ruhida  hamkorlik  qilish,  o`z 
manfaatidan  voz  kechish  ruhida  va  ularda  Amerika  jamiyati  uchun  zarur  bo`lgan  boshqa 
fazilatlarni tarbiyalab yetishtirishdan iborat deb ko`rsatildi. 
Bir  qancha  kapitalistik  mamlakatlarda  birinchi  va  ikkinchi  jahon  urushlari  o`rtasidagi 
davrda  jismoniy  tarbiyasi  tizimida  yangi  usullar  keng  tarqaldi.  Bu  usullar  armiya  va 
maktablarda  jismoniy  hamda  harbiy  tayyorgarlik  sohasida  o`tkazilgan  islohotlarga  bog`liq 


 
51 
 
ravishda  paydo  bo`lgan  edi.  Yangi  usullar  xukmron  sinflarining  buyurtmasini  bajarishga 
qaratilgan edi.  
Ular bu usullarni birinchi galda maktab yoshidagi va harbiy xizmat yoshiga yetgan yoshlarni 
tarbiyalash uchun yaratdilar.  
O`sha yillarda muvozanat saqlash nazariyasi deb ataluvchi nazariya keng tarqaldi. Uning 
mohiyati shundan iboratki, jismoniy tarbiya texnika  taraqqiyoti tufayli odamning  yo`qotgan 
jismoniy  kuchini  tiklash  kerak  edi.  Bunda  asosiy  e`tibor  insonni  har  tomonlama  o`stirishga 
emas,  balki  uni  jismoniy  jixatdan  mustaxkamlashga  qaratildi,  masalaning  tub  mohiyati  esa 
mehnatkashlarning  ekspulatatsiya  qilishning  og`ir  formalarida  emas,  balki  taraqqiy  etib 
borayotgan ishlab chiqarish texnikasida deb qaraldi.  
K.Gaulgofer 
va 
M.Shtrayxerning 
Avstriya 
tabiiy 
maktab 
gimnastikasi 
metodikapitialistik  mamlakatlar,  ayniqsa  Boltiq  bo`yi  davlatlari  Polsha,  Avstriya  va 
Germaniya maktablarida keng tarqaldi.  
Bu  gimnastika  metodi  birinchi  jahon  urushidan  keyin  Avstriya  va  boshqa  bir  qator 
mamlakatlarda  maktab  ta`limi  sohasida  o`tkazilgan  burjua  islohatlari  bilan  bog`liq  ravishda 
paydo  bo`lgan  edi.  Avstriya  tabiiy  maktab  gimnastikasi  imperialistik  urushgacha  Avstriya-
Vengriya  maktablarida  tarqalgan  nemis  A.  Shissning  sun`iy  va  to`qilgan  maktab 
gimnastikasining o`rinini bosishi talab etilgan edi. 
 Gaulgofer  va  Shtrayxer  maktab  yoshidagi  bolalar  uchun  jismoniy  tarbiya  darsini 
batafsil ishlab chiqdilar. Ular darsni uch qismga bo`lib, ularga quyidagi mashqlarni kiritdilar: 
Birinchi  gruppa-jonlantirish  mashqari  (tez  yugurish,  yugurish,  irg`ish  bajariladiga 
o`yinlar, nafas mashqlari); 
Ikkinchi gruppa-gavda uchun asosiy mashqlar, muvozanat saqlash, kuch  va chaqqonlik 
mashqlari (yugurish, yurish va sakrash); 
Uchinchi  gruppa-tinchlantirish  mashqlari  (yugurmasdan  bajariladigan  o`yinlar,  sekin 
yugurish). Shuningdek,  ular ekskursiya, ochiq  havoda o`ynaladigan o`yinlar, suzish,  chang`i 
va  chanada  yurish,  gimnasitika  mashqlari  bajarish  (10  minut  davomida)  hamda  sinf 
mashg`ulotlari paytida minutlari o`tkazishni taklif etdilar. 
Avstriya  gimnastika  maktabining  juda  ko`p  o`qituvchilari  ikkinchi  jahon  urushi  oldida 
Avstriya  va  Germaniyadagi  fashistlar  yo`lboshchilarining  xizmatida  bo`lgan  edi.  Fashirtlar 
armiyasi  rezervlarini  jismoniy  va  ideologik  jihatdan  tayyorlash  ishida  Avstriya  tabiiy 
gimnastikaning ijodkorlari K.Gauldofer va M. Shtrayxer muhim rol o`ynadi.  
Gaulgofer  va  Shtrayxer  ning  fikriga  ko`ra,  organism  va  uning  ayrim  qismlari  ularga 
meros  qolgan  qobiliyatlari  doirasidagini  tarqqiy  etishi  mumkin.  Bu  nazariya  fanga  xilof 
xarakterdaligi shubxasidir. Ma`lumki, inson faqat tabiatnigina emas, balki tabiatning bir qismi 
sifatida so`zini ham o`zgartiradi. 
Avstriya maktab gimnastikasi hamda daniyalik N.Bukning asosiy gimnastikasi bilan bir 
qatorda  «ruh  va  gavda  garmoniyasi»  g`oyasini  targ`ib  etgan  Zurening  gigenik  gimnastikasi 
metodlari, individual-tabiiy taraqqiyot nazariyasini haddan tashqari maqtagan Bode metodi va 
boshqalar G`arbiy Yevropa mamlakatlarida keng yoyildi. Butunlay biologik asosda yaratilgan 
bu metodlar yoshlarni sinfiy kurashning eng muhim vazifalaridan chalg`itishga qaratilgan edi. 
Gimnastika  metodlarining  barchasi  yoshlarni  yangi  jahon  urushida  jismoniy,  harbiy  va 
ideologik  jihatdan  tayyorlashni  o`z  oldiga  vazifa  qilib  qo`ygan  burjua  sporti  va 
gimnastikasining ajralmas qismi edi. 
AQShda 1926 yilda korxona egalariga qarashli sport turlari taxminan 2 million kishi bor 
edi. 1930 yillarga kelib bu klublarning a`zolari ikki barobar ko`paydi.chikogo borxonalarining 
biridagi faqat bitta sport klubida 28 mingdan ziyod a`zo bo`lgan. Bu korxonaga ishga kirishni 
istovchi xar bir ishchining zavod sport klubiga a`zo bo`lishi shart qilib qo`yilgan edi. 
Mehnatkashlarni  o`z  ta`siri  ostiga  olish  maqsadida  ommaviy  sport  tomoshalarining 
assotsiatsiyalari,  AQSh  va  Angliyadagi  aktiv  dam  olish  assotsiatsiyalari,  Germaniyadagi 
«Quvonch tufayli kuch paydo bo`ladi», Italiyadagi «Ishdan keyin dam olish» va shular singari 
ommaviy  tashkilotlarning  keng  tarmoqlarini  vujudga  keltirdi.  Bu  tashkilotlar  o`zlarining 
doimiy a`zolariga ega emas edi.  


 
52 
 
Ular korxonalar, stadionlar, plyajlar, shahar istirohat bog`lari, shaxar tashqarisidagi sayr qilish 
joylarida, qishda esa sport zallarida ish olib borar edi.  Masalan, AQSh ning Aktiv dam olish 
assotsiatsiyasining 1929 yildagi hisobatidabir yil ichida mamlakatning 7680 sport maydonlari 
va  maydonchalarida  270  milliondan  ko`proq  kishi  ishtirok  etganligi  ko`rsatilgan.  Ularga 
qariyb, 23 ming malakali instruktor raxbarlik qilgan. Amerika burjuaziyasi aktiv dam olishni 
tashkil  etishga  mag`lab  sarfladi.  Faqat  1930  yilning  o`zida  ana  shu  maqsadlar  uchun  shaxar 
munitsipalitetlari va xususiy tashkilotlar tomonidan 33,5 milliondan ko`proq dollar sarflanadi. 
Professional sport –sport harakatidagi eng harakatli hodisadir. Birinchi jahon urushidan 
so`ng  o`z  foydasini  o`ylovchi  tadbirkorlar  sportdan  tomashabinlarni  qiziqtiradigan  va  ularda 
eng  yaramas  niyatlarni  uyg`otadigan  tomosha  sifatida  keng  ko`lamda  foydalana  boshladilar. 
Professional  sportning  taraqqiy  etishi  AQSh,  Fransiya,  Angliya  va  boshqa  mamlakatlarda 
katta  foyda  keltiradigan  stadionlar,  sport  inshoatlari  qurish,  matchlar  va  musobaqalar 
o`tkazish  bo`yicha  sport  seksiyalari  hamda  komandalarni  tuzishga  olib  keldi.  Mashhur  negr 
progressiv  arbobi  va  tinchlik  kurashchisi  Pol  Robson  AQSh  dagi  professional  sportning 
mohiyatiga  shunday  deb  baho  bergan  edi:    «Boks  ringlarining  tadbirkorlari  ham,  futbol 
klublarining xo`jayinlari ham,  stadion  egalari  ham  ularning hammasi  faqat  tekin foyda olish 
haqida, sportni biznes tarmog`iga aylantirish to`g`risida o`ylaydi».  

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish