48
chiqildi. Mehnatkashlarning sport tashkilotlariga kirishini yengillashtirdi, ularni korxona
egasiga qarashli fabrika-zavod sport klublariga, skaut tashkilotlariga, jismoniy tarbiyaning
katolik hamda xristian uyshmalariga jalb etish ishlarini avj oldirib yubordi.
Chet el mamlakatlari sport tashkilotlarida yoshlarni jismoniy jihatdan har tomonlama
o`stirish emas, balki ularga harbiy bilimlar, ko`nikma va malakalar berish, o`z ideologiyasini
majburan qabul qildirishga urindi.
Germaniyada
revanshist va agressiv doiralar nemis harbiy imkoniyatlarini qayta tiklash
planlarini ko`tarib chiqa boshladilar. Ular nemis yoshlarini jismoniy jihatdan baquvvat,
«Buyuk Germaniya»ni tiklashni hamda nemis militaristlarining «Germaniya hammadan
yuqori» degan chaqirig`ini amalga oshirishni to`la istaydigan qilib tarbiyalashga intildilar.
1920 yilda general Bergardi Germaniyaning harbiy quvvatini qayta tiklash yo`lini ko`rsatib
berdi. U, Versal shartnomasiga muvofiq, Germaniyaga qoldirilgan 12 yillik muddat bilan
xiamat o`taydigan 100 ming soldati bo`lgan armiya asosida urushga tayyorlanish «g`oya»sini
ilgari surdi. Uning planiga ko`ra, bu armiya ofitserlar sostavini tayyorlash darajasida ta`lim
olgan va eng yangi texnika bilan qurollangan bo`lishi hamda buyrug`i ommaviy armiya
ofitserlar sostavining negizini tashkil qilishi kerak edi. Oddiy soldatlarni grajdan gimnastika
va sport tashkilotlarida tayyorlash va tarbiyalashni tavsiya etdi. Hukmron doiralar tomonidan
bu g`oya qo`llab-quvvatlandi hamda gimnastika va sport klublarining keng tarmoqlarini
tashkil etish ishlari rag`batlantirila boshlandi.
Nemis gimnastika uyshmasi (DT) g`ayrat bilan ishladi, u 1921 yildan boshlab sport
gimnastikasini, bir yil o`tishi bilan futbol, qo`l to`pi, baydarakda eshkak eshish, qilichbozlik,
suzish va yengil atletikani taraqqiy ettira boshladi. Gimnastika uyshmasi sportning boshqa
turlarini taraqqiy etishga intilishining sababi yoshlarni o`z saflariga iloji boricha ko`proq jalb
etish va ularni german militarizmi ruhida tarbiyalash maqsadidan iborat edi. 1922 yilga
kelganda DT a`zolarining soni bir million kishiga yetdi. Siyosiy sohada DT reaksionerlarni
va fashistlar to`dasining boshlig`i Gitlerni qo`llab-quvvatlaydigan Germaniya revanshist
tashkilotlarining pozitsiyasini to`la yoqladi. DT va boshqa burjua gimnastika va sport
tashkilotlari, sportning siyosatga aloqasi yo`q, degan shiorlar bilan niqoblandilar, amalda esa
jismoniy tarbiyani, yoshlarni xarbiy jismoniy jihatdan tayyorlashni harbiylashtirdilar.
1933 yil fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi german xalqining jismoniy tarbiyasi
tarixida eng mudhish davrning boshlanishi bo`ldi. Fashistlar hokimiyatni qo`lga olishi bilan
Qizil sport birligi uchun kurash komitetiga birlashgan barcha ishchi sport tashkilotlarni yo`q
qildilar. LSI seksiyalari tarqatib yuborildi va Jismoniy tarbiya davlat komiteti tugatildi.
Jismoniy tarbiya, sport ishlariga rahbarlik qilish ishlari imperiya sport komisari Chammer
Ostenga topshirildi.
Sport komissari ishni juda ko`p burjua sporti tashkilotlarini markazlashtirishdan va
sportning eng ko`p tarqalgan turi bo`yicha 15 ta «unifikatsiyalashtirilgan» totalizator
uyushmalar tuzishdan boshlandi. Bular oblost, rayon va okrug bo`linmalaridan iborat
territorial prinsipda qurilgan umumgerman miqyosidagi tarmoqli sport soyuzlari edi. Har bir
soyuz tepasida national sotsiolistlar partiyasi a`zosi bo`lgan imperiya sport komissarining
ishongan
kishisi turardi,
Sportni harbiylashtirish va fashistlashtirishga sobiq ishchilar sporti tashkilotlarining
a`zolari va ilg`or burjua sportchilari qarshi chiqdilar.
Yashirin ish tutayotgan ishchilar sport klublarining aktivlari fashistlarning misli
ko`rilmagan terroriga qaramay, gitlerchilar rejimi hamda sportni fashistlashtirishga qarshi
kurashning nihoyatda turli-tuman formalaridan foydalandilar.
Fashistlar qattiq terror qilish natijasida keksa nemis sport tashkilotlarining qarshiligini
yengishga hamda sport harakatini fashistlar yo`lga solishga muvaffaq bo`ldilar.
Berlin Jismoniy tarbiya oily maktabi sport sohasidagi fashistlar g`oyalarining manbai
edi. Fashistlar sport «fani»ning bu markazida sportda ariylarning «ustunligi» irqiy nazariyasi
ishlab chiqilardi fashistlarning qallob ideologlari, go`yo agressiya inson tabiatiga xos narsa,
sport esa agressiyaning namoyon bo`lishi, shuning uchun xam u millatning boshqa xalqlar
ustidan hukmron bo`lishiga tayyorlashning muhim
vositasi, deb isbotlashga urindilar.
49
Akademik sport (sof sport turi) fashistlar Germaniyasida xalqaro sport maydonida
Germaniya sharafini himoya qiluvchi kichik bir guruh yoshlar mo`ljallangan edi.
Sportchilarning ko`pligi esa keskin qo`pol harbiy mashqqa duchor qilinardi. 1934 yildan
boshlab Germaniyaning sport tashkilotlarida dala sporti (gelendeshport) alohida o`rinni
egalladi. Uning vazifasi jangovor holat paytida dala sharoitlariga moslana bilish ko`nikmasini
hosil qilishdan iborat edi. Qo`llanmada shunday yozilgan edi: «Tabiatni unitib qo`ygan
shaharlik rekrut gelendeshport tufayli u bilan qaytadan tanishishi kerak. Sport rekruti harbiy
harakatlarning barcha turlari-saflarning orasi va saflarning orasi ochilgan holatlarni o`rganishi
u yurish, yugirishni bilishi har qanday to`siqlardan o`ta olishi, karta, kompfs, yulduzlar va
boshqa orintirlarga qarab yo`l tuta olishi, eshtish ko`rishni mashq qildirishi, xarbiytopografiya
bilimlarini egallashi lozim».
1934 yidda fashistlar Germaniyasida uch darajali - bronza, kumush va oltin davlat sporti
znachogi joriy qilindi. 18-35 yoshlardagi har bir erkak kishi belgilangan muddat ichida ana
shu znachok uchun norma topshirishi shart edi. Bronza znachogini olish uchun sport-rekrut
maktabini va bir yillik gelendeshport maktabini tomomlash, 100 metrga yugirish, uzunlikka
sakrash, gurzini yuqoriga otish, yadro irg`itish, 3000 metrga yugi`rish, kichik kalibli miltiq
otish, 12,5 kg yuk bilan 25 km ga marsh bilan borish mo`ljalga granata uloqtirish hamda
gelendeshport programmasi asosida sinov topshirishi kerak edi.
Fashistlarning «sport» tarbiyasi «Quvonch tufayli kuch» tashkiloti yonida tuzilgan
«mehnat fronti» (fashist kasaba soyuzlari) vositalari ham amalga oshirildi. 1936-1939 yillarda
sportni fashistlashtirish yanada kuchaydi.1938 yilda ta`sis etligan Jismoniy mashqlar
millatchilik imperiya soyuzida o`z ifodasini topdi. Fashistlar Italiyasida ham jismoniy tarbiya
va sport ishlari keng miqyosda harbiylashtirildi va fashistlashtirildi. 1922 yilda xokimiyat
tepasiga kelgan Italiya fashizmining siyosati «Buyuk Italiya»ni tuzish uchun yangi
imperialistik urushga tayyorlanishga qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: