Aniqlash texnikasi (XI DF bo'yicha). Maydalangan va teshigining diametri 3 mm li elakda elangan 2 g atrofidagi (aniq tortilgan) Dalachoy yer ustki qismidan 500 ml hajmli konussimon kolbaga solinadi, ustiga 250 ml qaynagunicha qizdirilgan suv quyiladi, kolbaga vertikal sovitkich o'rnatib, usti yopiq elektroplitka ustida vaqti-vaqtida chayqatib turgan holda 30 daqiqa qaynatiladi. Ko'rsatilgan vaqt o'tgach kolba ichidagi suyuqlik xona haroratiga kelguncha sovitiladi va so'ngra undan 100 ml miqdorda boshqa, 200-250 ml hajmli konussimon kolbaga paxta orqali (mahsulot bo'lakchalari kolbaga tushmasligi kerak) filtrlanadi. Filtratdan pipetka yordamida 25 ml olib, 750 ml hajmli konussimon kolbaga solinadi, ustiga 500 mt suv va 25 ml indigosulfokislota eritrnasidan qo'shib, doirniy chayqatib turgan holda aralashrnani kaliy permanganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan aralashma tiniq-sariq rangga o'tgunga qadar titrlanadi. Indigosulfon kislotani titrlash uchun qancha kaliy permangant eritmasi sarflangani quyidagicha aniqlanadi. 750 ml hajrndagi kolbaga 500 ml suv va 25 rnl indigosulfon kislota solib, aralashma tiniq sariq rangga o'tgunga qadar kaliy permanganatning 0,02 mol eritmasi bilan titrlanadi.
Mahsulot tarkibidagi tanidlarning foiz miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
X = (a - b)· 0,004157 • 250 ·100 :100
m • 25 • (100 - W)
bunda: x - tanidlarning foiz miqdori; 0,004157 - taninning kaliy permanganatning 0,02 rnol/l eritrnasi bo'yicha titri (pirogallol guruh oshlovchi rnoddalar uchun; pirokatexin guruh oshlovchi moddalar uchun titr 0,00582ga teng); a - tanidlar va indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf bo'lgan kaliy permanganat 0,02 rnol/l eritmasining ml miqdori; b - indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf etilgan kaliy permanganat 0,02 mol/l eritrnasining ml miqdori; m - tahlilga olingan rnahsulot og'irligi g rniqdorida; W - mahsulotning namligi, foiz hisobida.
O'simliklar tarkibida tanidlarning pirogallol va pirokatexin guruhlari doimo birga uchraydi, shuning uchun (ayniqsa, kondensatsiyalanuvchi oshlovchi rnoddalar bo'lsa) ularni faqat pirogallol guruhi (tanin) bo'yicha hisoblash noto'g'ri bo'lur edi. Bu xil hisob bilan chiqarilgan rniqdor haqiqiy miqdordan ancha
kam bo'lgani uchun hisoblashga pirokatexin guruhini titrini olish lozim.
Mahsulotdagi oshlovchi moddalar miqdorini to'g'ri aniqlash uchun Toshkent Farmatsevtika Instituti farmakognoziya kafedrasining sobiq mudiri professor R.L.Xazanovich va shu kafedra professori H.X.Xolmatov yangi usul ishlab chiqdilar. Bu usulga ko'ra oldin tanidlarning filtratdagi umumiy miqdori kaliy permanganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan titrlanadi, so'ngra filtratdagi kondensatsiyalanuvchi guruh cho'ktirilib, gidrolizlanuvchi guruh alohida titrlanadi. Oxirgi miqdomi umutniy titrlashga ketgan kaliy permanganat 0,02 mol/1 eritmasining ml miqdoridan olib tashlansa, kondensatsiyalanadigan guruhga sarf bo'lgan kaliy permanganat 0,02 mol/1 eritmasining ml miqdori kelib chiqadi.
Natijada har ikkala guruhdagi tanidlaming foiz miqdori alohida alohida hisoblanadi. Bu miqdorlar yig'indisi esa mahsulotdagi oshlovchi moddalaming umumiy miqdorini ko'rsatadi.
Xulosa
O'simliklar yer yuzida ko'p bo'lib, ular zaharli va dorivor xususiyatlarga ega. Ulardan dorivor o’simliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir o’simlikning ta’sir etish mehanizmi turlichadir. O'zbekiston tibbiyotida qo'llaniladigan dorivor vositalarning 38-40 foizini o'simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba'zi og'ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlami (yurak glikozidlar, qator alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo'li bilan olib bo'lmadi. Ulami olish manbayi hozircha faqat o'simliklar bo'lib qolmoqda. Yovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklarning zaxirasi har qancha ko'p bo'lmasin, yildan-yilga ko'payib borayotgan tayyorlash miqdorini qondirish hamda tabiiy sharoitda o'sadigan o'simliklami saqlab qolish uchun ularni yig'ishni to'g'ri uyush tirilishi kerak hamda mahsulotlami tayyorlashni ilmiy asoslangan qat'iy rejaga rioya qilingan holda olib borish zarurdir. O’simliklarning qismlari organizmga turli ta’sir etib, ulardan dori vositalari olindi. Bunday o’simliklarni quritish tayyorlash va saqlash muhim ahamiyatga ega. O’simliklarni tayyor mahsulotlarini DF da keltirilgan bo’yicha tayyorlash lozim. Farmatsevtika zavodi va fabrikalarida hamda markazlashtirilgan omborlarda dorivor mahsulotlar, odatda, ko'p miqdorda partiya qilib qabul qilinadi. Og'irligi 50 kg dan kam bo'lmagan, har taraflama bir xil bo'lgan, sifatni tasdiqIovchi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan mahsulot solingar o'rinlar to'dasi bitta partiya hisoblanadi. Shular qatorida oshlovchi moddalar tarkibida uchrovchi burishtiruvchi xossasiga ega bo'lgan maxsulotlar ham farmatsevtika amaliyotida keng qo'llaniladi.
Tarkibida burishtiruvchi xossasiga ega bo'lgan moddalari o’simliklar yer yuzida anchagina uchratish mumkin. Tarkibida burishtiruvchi xossasiga ega vositalar bo’lgan dorivor o’simliklar guruhlari va o’simlik turlarida vitaminlar odam va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan, turli kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda talab etiladigan (oqsil, yog' va uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga kirib, to'qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |