Burg'ilash uskunalari aylanadigan tizim uskunalari Pikabur, sharoshka, bit rusimdagi burg‘ulash anjomlari



Download 188,31 Kb.
bet2/10
Sana07.07.2022
Hajmi188,31 Kb.
#754288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Geologiya qo‘mitasi Zarmitan geologiya-qidiruv

a) yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
respublika hududlarining geologik o‘rganilganligi va iqtisodiyot tarmoqlarining foydali qazilmalar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi va uning asosida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mineral-xomashyo bazadan foydalanish strategiyasi, qayta to‘ldirish sur’atlari, ularni yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash, oqilona va kompleks tarzda foydalanish hamda buning uchun zarur bo‘lgan davlat investitsiyalari va boshqa investitsiyalar hajmlari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
o‘z vakolatlari doirasida respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini, yer qa’rini geologik o‘rganish va muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish uchun berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobini, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini va yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiradi;
mulk egasining mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida olingan yer qa’ri to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlarga huquqi va majburiyatlarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va yer qa’ridan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobiga o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida aniqlangan foydali qazilmalarning barcha turlari bo‘yicha yer qa’ri haqidagi barcha geologik va boshqa ma’lumotlarni hisobga oladi, saqlaydi va tizimlashtiradi;
yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarini bajarishga loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;
yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlarning davlat fondini, toshlarga oid geologik materiallarning davlat fondini yuritadi;
konlar va foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli bo‘lgan yer qa’ri uchastkalari davlat reyestrini (o‘z vakolatlari doirasida), foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini, konlar, foydali qazilmalar hosil bo‘lishi va texnogen mineral hosilalar davlat kadastrini, davlat suv kadastrini (yer osti suvlari), tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar (xavfli geologik jarayonlar namoyon bo‘lgan zonalar) davlat kadastrini yuritadi, shuningdek, qo‘riqlanayotgan tabiiy hududlarning davlat kadastri bo‘yicha chuchuk yer osti suvlari konlarining shakllanishi zonalari bo‘yicha ma’lumotlarni tuzadi va taqdim etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda yer osti suvlari monitoringini ham o‘z ichiga olgan yer qa’ri davlat monitoringini ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish zarur tarzda nazorat qilinishini va hisobga olinishini ta’minlaydi;
qo‘shni davlatlarning geologik xizmatlari bilan birgalikda transchegaraviy hududlar doirasida radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish o‘choqlarini aniqlash va o‘rganishni amalga oshiradi, qo‘shni hududlarning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli zonalarni va uchastkalarni aks ettirgan holda geologik xarita va atlaslar tuzadi hamda Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi;
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda suv resurslaridan (yer osti suvlaridan) foydalanish va hududlarni texnogen va xavfli geologik jarayonlar ta’siri tarqalishidan himoya qilish sxemalarini ishlab chiqadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda geologik va mineralogik obyektlar muhofazasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
sanoat va xo‘jalik qurilishlari obyektlarini istiqbolli joylashtirish uchun muhandislik-geologik, gidrogeologik va ekologik-geologik asoslarni tayyorlaydi;
qurilayotgan bino va inshootlar ostida foydali qazilmalar mavjud emasligi haqida xulosalar berilishini ta’minlaydi;
sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga jalb qilinmagan konlar (keng tarqalgan foydali qazilma konlaridan tashqari) joylashgan maydonlarda imoratlar qurish, shuningdek, ular joylashgan yerlarda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini joylashtirish imkoniyatlarini kelishadi;
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi haqida takliflar ishlab chiqadi;
idoraviy mansub tashkilotlarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
respublikaning mineral-xomashyo bazasining holati to‘g‘risidagi axborot tizimlari mavjud bo‘lishini va rivojlanishini ta’minlaydi, yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;
elektron aloqa orqali taqdim etilayotgan davlat xizmatlari doirasini kengaytirish yo‘li bilan xalq bilan bevosita muloqot qilishning samarali mexanizmlarini joriy qiladi;
b) respublikaning mineral-xomashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari, qimmatbaho, rangli, nodir, kamyob metallar va uranning shuningdek, uglevodorod xomashyosining mineral xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, mineral xomashyo ning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor izlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq davrga) va o‘rtacha muddatli (5 yilgacha davrga) davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli va o‘rtacha muddatli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirish yillik davlat dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi”;
vakolatli organlar va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli va yillik davlat dasturlarini ishlab chiqishda foydali qazilmalar zaxiralari o‘sishi bo‘yicha davlat buyurtmasi loyihalari shakllantirilishini ta’minlaydi;
(11-band “b” kichik bandining birinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2020-y., 09/20/209/0411-son)
mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning yillik dasturi doirasida geologiya-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uchun davlat buyurtmalarini idoraviy mansub tashkilotlar o‘rtasida joylashtiradi, ularning bajarilishini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJning mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiradi;
mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va qayta to‘ldirishning yillik dasturi doirasida yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha ishlarni loyihalash va olib borish sohasida o‘z vakolatlari doirasida me’yorlar va qoidalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Download 188,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish