Bir kecha-kunduzdagi cho‘kmalar
Bir kecha-kunduzdagi cho‘kmalar burg‘ilash eritmasining kolloidlilik xosasini xarakterlaydi. Uni aniqlash uchun aralashtirilgan eritmani sig‘imi 100 m3 bo‘lgan darajalangan silindrik idishga qo‘yib bir-kecha kunduz tinchlikda saqlanadi. Yuqori sifatli eritmalar uchun bir kecha kunduzdagi cho‘kishning miqdori nolga teng bo‘ladi.
|
7.7 - rasm. Burg‘ilash eritmasining bir kecha-kunduzdagi cho‘kishini aniqlash uchun ОМ-2 asbobi:
1 - qopqoq;
2 - teshik;
3 - idish;
4 – almashinuvchi probirka.
|
Burg'ilash qorishmasini tayyorlash uskunalari.Glinomeshalka uskunasini tuzilishi va ishlash prinsipi
Gilli eritmalarni gil va suvdan tayyorlash mumkin.
Gil – Cho‘kindi tog‘ jinsi. Kaolinit, montmorilonit va gidroslyuda minerallaridan iborat. Yer po‘stining 80 % ni, og‘irligining 4% ni tashkil qiladi. Gil 0,01 mm va undan kichik gil minerallari zarrachalaridan iborat bo‘lib, yopishqoq-cho‘ziluvchan bo‘ladi. Gil suv bilan aralashganda “eritma” deb ataluvchi kolloid-suspenziyali sistema hosil qiladi.
Gilning asosiy xususiyatlaridan biri, uning kolloidligi. U 1 t gildan chiqadigan eritma miqdori bilan aniqlanadi (6.1 jadval).
7.1 jadval
Gillarning kolloidligi bo‘yicha tasnifi
Qovushqoqligi 25 s, g/sm3 bo‘lganda eritmaning
zichligi
|
Gillarning kolloidligi
|
1 t gildan gilli eritmaning chiqish miqdori, m3
|
1,06 gacha
|
Yuqori kolloidli
|
16 gacha
|
1,06-1,15
|
Kolloidli
|
10-4
|
1,15-1,30
|
O‘rta kolloidli
|
3-1,6
|
>1,40
|
Kam kolloidli, og‘ir gil
|
<1,6
|
Bir xil sharoitda kolloidlikning ko‘payishi bilan gilning sarfi, demak gil eritmaning tan-narxi kamayadi. 1 m3 burg‘ilash eritmani tayyorlash uchun sarflanadigan gilning tan-narxi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda Q - 1m3 eritmani tayyorlash uchun sarflanadigan gilning miqdori, t ; Pr - gilning zichligi t/m3; Pgr-gilli eritmalarning kerak bo‘lgan zichligi t/m3; gilning zichligi – 2,2-2,7 t/m3; Rs - chuchuk suvning zichligi 1,0 t/m3, dengiz suvining zichligi esa 1,03 t/m3 ga teng.
Gilli eritmalarni tayyorlash uchun mahsus zavodlarda tayyorlangan kukunsimon gillardan foydalaniladi. Kukunsimon gillarning miqdori 6.2 jadval bo‘yicha aniqlanadi.
7.2 javdal
Kukunsimon gillarning ta’rifi
Sort
|
Qovushqoqligi 25s g/sm3 bo‘lgan eritmaning zichligi
|
1 t kukunsimon gildan chiqadigan eritmaning miqdori, m3
|
Elakdagi cho‘kma, %
|
Namlik, %
|
Gilli eritmalardagi qumning miqdori, %
|
№ 0,5
|
№ 0,075
|
|
Umumiy
|
YUvilgan
|
1
|
1,06 gacha
|
10 dan kam emas
|
0
|
10 gacha
|
5,0-8,0
|
0,8 gacha
|
0,5 gacha
|
2
|
1,06-1,08
|
8-10
|
0
|
>10
|
5,0-8,0
|
>1,5
|
>0,8
|
3
|
1,08-1,15
|
4-8
|
0
|
>10
|
5,0-8,0
|
>3,0
|
>1,5
|
4
|
1,15 dan Yuqori
|
4 dan kamroq
|
0
|
>10
|
5,0-8,0
|
>4
|
>3
|
Gilli eritmalarni tayyorlashda foydalaniladigan materiallarning xossalariga qarab har xil gil qorishtirgichlardan foydalaniladi. Ularning mexanik, gidravlik, vertikal, bug‘li, bir valli, ikki valli va boshqa turlari mavjud.
7.8 - rasm. Burg‘ilash eritmasining sirkulyatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |