Burg`ilash erimtasini ishlatilish qisqacha tarixi va turlari.
Burg‘ilash eritmalari tarkibi va xossalariga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi:
- suvda tayyorlangan;
- neft va neftmahsulotlarpida tayyorlangan;
- emulsiya sifatli;
- yengillashtirilgan (zichligi ρ > 1,08 g/sm3);
- normal (ρ = 1,08 – 1,26 g/sm3);
- og‘irlashtirilgan (ρ = 1,26 g/sm3);
- haroratga chidamsiz (900С gacha);
- o‘rtacha haroratga chidamli (1400С gacha);
- yuqori haroratga chidamli (2200С gacha);
- ingibitorlangan;
- ingibitorlanmagan;
- gilsiz (qattiq jismsiz);
- kam gili (gil 8% gacha);
- gilli (gil miqdori 8% dan oshiq);
- polimerli;
- paligorskitli;
- mel va ohakli;
- tuzli.
Oshlashda ishlatiladigan reagentlarning turiga qarab ham bir qancha toifalarga bo‘linadi.
Burg‘ilash eritmalarining xususiyatlari:
- termodinamik zichlik; solishtirma issiqlik sig‘imi; issiqlik o‘tkazish; haroratdan kengayish koeffitsienti.
- kolloid-reologik shartli oquvchanlik; plastik oquvchanlik; samarali oquvchanlik; kolloidlik koeffitsienti; quyuqlik koeffitsienti; yondosh kuchlanishi; qattiq jismning cho‘kuvchanligi.
- suvchilligi – suvchillik ko‘rsatkichi; po‘st qalinligi.
- elektr – solishtirma elektr qarshiligi; elektr tokining o‘tkazuvchanligi.
Quyida ayrim burg‘ilash eritmalarining turlari va xossalari to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
Geologik kesimi qattiq, mustahkam va zich tog‘ jinslarini burg‘ilash jarayonida yuvish eritmasi sifatida suvdan foydalaniladi. Chunki, suv boshqa eritmalardan o‘zining yuqori harakatchanligi, past qovushqoqligi, uncha yuqori zichlikka ega emasligi, quduq tubiga kam bosim berishi, harakatdagi dolotoni tez sovutishi bilan farqlanadi.
Odatda, quduqlarni suv bilan yuvishda burg‘ilash birikmasi, turbobur, doloto va quvur orti muhitiga ko‘rsatiladigan gidravlik qarshiliklar kamayadi. Natijada nasoslarning ishlash sharoitlari va ish unumdorligi yaxshilanadi hamda turboburlarning quvvati oshadi. Lekin suv yuvish eritmasi sifatida ayrim kamchiliklarga ham ega:
a) suvni aylanishi to‘xtatilganda quduqdagi tog‘ zarrachalarini muallaq holatda ushlab tura olmasligi. Buning natijasida burg‘ilash birikmasining tutilib qolish xavfi tug‘iladi;
b) quduq devorlariga yetarli darajada gidrostatik bosim bera olmasligi. Natijada quduq devorlarida har xil o‘pirilishlar sodir bo‘lishi mumkin;
v) mahsuldor neft qatlamlarini burg‘ilashda suvdan yuvish eritmasi sifatida foydalanish mumkin emasligi. Chunki, suvning mahsuldor qatlamlarga ko‘p miqdorda singishi burg‘ilash jarayonini hamda quduqqa neft oqimini berish qobiliyatini qiyinlashtiradi.
Neft asosidagi eritmalar
Tarkibi juda murakkab bo‘lgan neft mahsulotlaridan tayyorlanadi. Ularning asosiy komponentlariga neftli muhit, kolloid faza ko‘rinishidagi struktura hosil qiluvchilar, barqarorlashtiruvchilar va ayrim hollarda og‘irlashtiruvchilar kiradi.
Neft muhit sifatida dizel yoqilg‘isi, struktura va qobiq hosil qiluvchilar sifatida esa, yuqori darajada oksidlangan bitumdan foydalaniladi. Eritmaning qovushqoqligi – ularni dizel yoqilg‘isi bilan eritish, bitum miqdorini kamaytirish, emulsiya bilan qoplangan suvni chiqarib tashlash orqali kamaytiriladi.
Oddiy bitumli eritma tarkibiga 70-85% dizel yoqilg‘isi, 15-20% kukunsimon oksidlangan bitum, 1% oksidlangan parafin va 1% kaustik soda kiradi. Neft asosidagi eritmalar suv asosidagi eritmalardan foydalanib bo‘lmaydigan sharoitlarda hamda mahsuldor qatlamning tabiiy o‘tkazuvchanligini saqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Burg'ilash eritmasini gidrodinamik va gidrostatik vazifasi. Shilliq qavat hosil qilish. Fizik kimyoviy vazifasi
Burg'ilash qorishmasini tayyorlashda ishlatiladigan sozloylar. Qizil va oq sozloylarning sifati
Zichligi yuqori bo‘lgan eritmalar tayyorlash uchun maxsus og‘irlashtiruvchi materiallar ishlatiladi. Ularga barit, gematit, magnetit, temirli kontsentrat, ohaktosh, bo‘r va boshqalar kiradi.
Odatda gil jinslaridan zichligi 1,15-1,25 g/sm3 bo‘lgan eritmalar tayyorlash mumkin. Yuqori sifatli bentonitlardan zichligi 1,05-1,08 g/sm3 bo‘lgan yuqori qovushqoq eritmalar tayyorlash mumkin. Lekin yuqori bosimli konlarda bunday zichliklardan foydalanib bo‘lmaydi. Shuning uchun ularga har xil og‘irlashtiruvchi minerallar qo‘shib, zichligi 2,3 ayrim hollarda 2,5-2,8 g/sm3 ga yetkaziladi. Eritmalarga qo‘shiladigan minerallar zichligi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi:
- kam kolloidli gillar, mergellar, bo‘r, ohaktosh (2,6-2,9 g/sm3) va barit, gematit, magnetit (3,8-4,5 g/sm3).
Birinchi guruh minerallari yordamida zichligi 1,7 g/sm3, ikkinchisi yordamida esa 2,0 g/sm3 va undan yuqori zichlikdagi eritmalar tayyorlanadi.
Odatda anomaliyali qatlamlarni burg‘ilashda burg‘ilash eritmasiga galenit (7400-7700 kg/m3), gematit (4900-5300 kg/m3), magnetit (5000-5200 kg/m3) kabi minerallarni qo‘shish hisobiga eritmalarning zichligini 2350-2400 kg/m3 gacha keltirish mumkin.
Undan tashqari quduqlarni burg‘ilash jarayonida qazilayotgan tog‘ jinslarining xarakteriga qarab gazlashtirilgan, karbonatli, mergeli, tuzga chidamli, sulfatli va sulfat goloidli, gipsli, bo‘rli eritmalar qo‘llanishi mumkin
Burg‘ilash eritmasini tayyorlashda asosan gil tog‘ jinsi ishlatiladi. Gillar mineral tarkibiga qarab to‘rt xil bo‘ladi: montmorillonit, kaolin, gidroslyuda, paligorskit.
I. Burg‘ilash eritmalarini tayyorlash mexanik, gidravlik, bug‘li, bir valli, ikki valli qorishtirgichlarda amalga oshiriladi. Burg‘ilash jarayonida asosan ikki o‘qli mexanik qorishtirgichlar keng qo‘llaniladi. Bu qorishtirgichlar yordamida oddiy va og‘irlashtirilgan burg‘ilash eritmalari hamda kimyoviy reagentlarning suvli eritmalari tayyorlanadi. Moslamalar bir-biridan baraban sig‘imi (0,5; 0,75; 2; 4 va 10 m3) bilan farqlanadi. Neft va gaz quduqlarini qazishda sig‘imi 4 m3 bo‘lgan MT2-4 va To2-P2-4 belgili qorishtirgichlar qo‘llaniladi. Ular yuqori darajada maydalangan eritmalar hosil qila oladi.
Frezer oqimli tegirmonlar samarador mexanik qurilma bo‘lib, aylanma barabanli qorishtirgichdir.
II. Gillarning sifati ularning kolloidligiga bog‘liq. Masalan, yuqori kolloidli 1 t gil 18 m3 eritma, kolloidli 1 t gil 10 m3 eritma, o‘rta kolloidli 1 t gil 4 m3 eritma beradi. Gillar asosan kukun sifatida ishlatiladi. Uning FSM-3 va FSM-7 turlari mavjud.
Tegirmonlardagi materiallar aralashmasi su vyoki burg‘ilash eritmasiga tegganda maydalanadi. Ulardan oddiy va og‘irlashtirilgan eritmalar tayyorlashda hamda unga gil va gil kukuni qo‘shishda foydalaniladi. Bunday hollarda frezer oqimli tegirmonga suv o‘rniga aylanayotgan burg‘ilash eritmasi yuboriladi.
Gidromonitor qorishtirgichlar kesaksimon materiallardan hamda gil kukunidan eritma tayyorlash uchun ishlatiladi. Ulardagi gil jinsi bo‘laklari va og‘irlashtirgich materiallar maxsus uchlikdan 50-100 kgs/sm2 bosim ta’sirida oqib chiqayotgan suyuqlik oqimi energiyasi hisobiga maydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |