Buqalamun
105
qilib yurishipti, keyin o‘ylab qolishipti. «Gapir-
gan gaplaring joyida, rost, hammamizga ham
yoqadi, ammo sendan bizga qanday foyda tega-
di? Kelganingga bir hafta bo‘pti-yu, hanuzga-
cha bir qultum araq ichirmading», – deb uning
uyiga yuzboshini yuborishibdi.
– Yevdokim, yuz so‘m pul ber!
– Ha, nega endi?
– Yurtga, araq uchun... yurt sening sog‘lig‘ing
uchun ichmoqchi...
Yevdokimning o‘zi bama’ni, odobli, xudojo‘y
odam, araq ham ichmaydi, tamaki ham chek-
maydi, boshqalarga ham ichirmaydi.
– Araq uchun sariq chaqa ham bermayman.
– Nega endi bermas ekansan? Nima haqing bor
bermaslikka? Sen bizning odamimiz emasmi?
– Sizning odam bo‘lsam nima qipti? Sizlardan
qarzim yo‘q... Oramiz ochiq. Shunday bo‘lgan-
dan keyin, nega pul beray?
Ana gap-u, mana gap! Yevdokim o‘z ayt-
ganida turib oldi, yurt esa o‘z aytganida. Keyin
yurtning g‘azabi qo‘zg‘ab ketdi. Ahmoqlarni bi-
lasan-ku o‘zing! Ming gapir – baribir tushun-
maydi. Yurtning ichgisi kelgandan keyin o‘n
ikki xil tilda gapir, zambarakka solib ot, baribir
tushunmaydi. Ichgimiz keldi deb turib olishadi.
To‘g‘ri-da! O‘zi hamqishloq bo‘lsa-yu, himmati
bo‘lmasa! Bu nima degan gap? Shundan ke-
yin Yevdokimdan har qanday yo‘l bilan bo‘lsa
ham yuz so‘m olish uchun har xil ig‘vo to‘qish-
ga kirishishdi. Shuncha tirishsalar ham to‘qiy
olmadi hech kim. Eshigi yoniga kelib, «Senimi,
shoshmay tur!» deb qo‘rqitishadi. Yevdokim
Anton Chexov
106
bo‘lsa uyida bemalol o‘tiraveradi. «Xudoning
oldida ham, bandaning oldida ham, qonun
oldida ham sofman, nimadan qo‘rqay? Erkin
qushman, qayoqqa uchsam – uchaveraman!»
– depti. Xo‘sh, mardikorlar puldan umidlarini
uzadilar, ammo ularning hurmatini qilmagan
o‘sha erkin qushning qanotlarini yulib olish
chorasini izlay boshladilar. Kallalarida zig‘ir-
cha aql yo‘qligidan, menga odam yuborishdi.
Darhol men Replovoga bordim. «Ishlar xurjun,
Denis Semyonich, pul bermayotir. O‘zing bu-
ning chorasini ko‘r!» – deb arz qilishdi menga.
Qanday chora topib bo‘lardi deysan? Chora to-
pishning sira iloji yo‘q, hamma gap ravshan:
barcha qonun Yevdokim tomonida. Mana men
degan prokuroring ham ming yil bosh qotirsin
– chorasini topolmaydi... Bunga shaytonning
ham aqli yetmaydi-da.
Shelma yana bir ryumkani ko‘tarib, ko‘zini
qisib qo‘ydi.
– Chorasini men topdim, mening aqlim yet di!
– dedi kulib u. – Men topdim! Qanday qilganim-
ni o‘ylab top-chi, qani! Ming o‘ylasang ham to-
polmaysan! Men mardikorlarga, «Xalo yiq, uni
o‘z qishloqlaringga oqsoqol qilib saylanglar»,
– dedim. Ular darhol gapning tagiga yetib, uni
o‘zlariga oqsoqol qilib saylashdi. Bu yog‘ini
eshit. Yevdokimga oqsoqollik muhrini keltirib
berishdi. U bo‘lsa kulib-qotib yotipti. «Hazilni
qo‘yinglar, men sizlarga oqsoqol bo‘lishni ista-
mayman!» – deb javob berdi.
– Sen istamasang, biz istaymiz!
– Istamayman dedim, istamayman! Ertaga-
yoq qishloqni tashlab ketaman!
Buqalamun
107
– Ketolmaysan! Haqing yo‘q ketishga. Qonun
bo‘yicha oqsoqol oqsoqollikni tashlab keta ol-
maydi.
Bunga Yevdokim:
– Bu lavozimni ustimdan soqit qilaman, –
deb javob qipti.
– Haqing yo‘q. Oqsoqol kamida uch yil oqso-
qollik qilishi kerak, o‘shanda ham sud hukm
chiqarsa soqit qilinadi. Biz seni oqsoqol qilib
sayladikmi, bo‘ldi, na o‘zing, na biz o‘rindan
tushira olmaymiz!
Yevdokim dod soldi, faryod ko‘tardi, dar-
rov bosh oqsoqolga yugurdi. Bosh oqsoqol va
uning mirzasi hamma qonunlarni olib unga
ko‘rsatishdi.
– Falon-falon moddalarga binoan uch yilga-
cha oqsoqollik qilishing kerak. Uch yil xizmatni
bajar, keyin ketaver.
– Qanaqa uch yil! Bu yerda bir oy turishim-
ning ham iloji yo‘q. Xo‘jayinning mensiz uyi
kuyadi-ku! Necha minglab zarar ko‘radi! Za-
voddan tashqari uy-joyim, bola-chaqalarim
ham o‘sha yerda!
Hech iloji bo‘lmadi. Oradan bir oy o‘tib ketdi,
Yevdokim yurtga yuz so‘m emas, uch yuz so‘m
berishga rozi bo‘ldi. Ular-ku pulni jon deb olar-
dilar, faqat vaqti o‘tgan edi. Yevdokim, janobi
hazrat huzuriga borib unga arz qildi.
– Sizga arzim bor, janobi oliylari. Oilaviy
sabablar vajidan xizmat qilolmayman. Meni
bo‘shattiring, Xudo xayringizni bersin!
– Haqim yo‘q. Seni bo‘shatishga qonuniy yo‘l
yo‘q. Avvalo, o‘zing soppa-sog‘ odamsan, ik-
Anton Chexov
108
kinchidan seni qoralaydigan asos yo‘q. Xizmat
qilishga majbursan.
Senga shuni ham aytib qo‘yayki, u yerda kim
bo‘lmasin hammani sensirab gapirishadi. Bosh
oqsoqollar, qishloq oqsoqollari poshsholikning
martabali odamlari hisoblanadi, mahkama xo-
dimlaridan ham baland turadi, shunday bo‘lsa-
da ularni xizmatkor singari sensirashadi. Triko
kostyum kiygan Yevdokimning bunday sensi-
rashni eshitishga toqati bor deysanmi? Janobi
hazratga yalindi, yolbordi.
– Haqim yo‘q, – dedi u. – Inonmasang uyezd
mahkamasidan borib so‘ra. Hamma ham sen-
ga shunday deydi. Faqat men emas, guberna-
tor ham seni bo‘shatolmaydi. Xalqning hukmi,
agar qoida asosida chiqarilgan bo‘lsa, uni hech
kim bekor qilolmaydi. – Yevdokim to‘raga arz
qilib bordi. To‘radan ispravnikka yugurdi. Butun
uyezdni kezib chiqdi, hamma joyda «Haqimiz
yo‘q, xizmat qil», – degan javobni qildilar. Ahvoli
tang. Zavoddan bo‘lsa ketma-ket xat kelib turib-
di. Yevdokimning qavmi-qarindoshlari ham meni
chaqirtirishga maslahat berishibdi. Xoh inon,
xoh inonma, odam yubormasdan, o‘zi ot qo‘yib
keldi. Kela solib gap-so‘z yo‘q, qo‘limga yuztalik-
ni tutqazdi. «Umidim sizdan», – deb yalindi.
– Xo‘p, mayli, yuz so‘lkavoyga sizni bo‘shat-
dirishim mumkin, – dedim.
Yuz so‘lkavoy olib, uning ishini darrov
to‘g‘riladim.
– Qanday qilib? – deb so‘radi qovoqxona
egasi.
Buqalamun
109
– Top-chi! Oppa-oson. Butun gap – qonun-
ning o‘zida.
Shelma, uning yoniga kelib, qahqahlab ku-
la-kula, qulog‘iga shivirladi.
– Biron narsani o‘g‘irlab, qo‘lga tushib, ishi-
ning sudga oshirilishini maslahat berdim. Qa-
lay? Joyidami? Men senga aytsam, oldiniga u
shoshib qoldi. «Qanday qilib o‘g‘irlay», – deydi.
«Mana shunday o‘g‘irlayverasan-da», – dedim.
– Mana, mening ichi bo‘sh hamyonim, shuni
o‘g‘irla, bir yarim oy avaxtada yotib chiqasan,
vassalom. Oldiniga u, nomim bulg‘anadi, deb
ko‘nmadi. Pokiza nomning senga nima keragi
bor, dedim. Nima, sening bitilgan nomayi a’mo-
ling bormidi? Bir yarim oy avaxtada yotib chiqa-
san, vassalom, ish bitadi-ketadi. Seni qoralov-
chi manba ham tayyor, oqsoqollik medalini ham
sendan tortib olishadi! O‘ylab turib-turib, rozi
bo‘ldi-da, mening quruq hamyonimni o‘g‘irlab
ketdi. Bir yarim oy avaxtada yotib chiqdi, meni
haligacha duo qiladi. Mana, aqlni ko‘rdingmi
endi, og‘ayni! Butun dunyoni axtarib chiqsang
ham, dehqonlar mojarosiday siyosatni topol-
maysan, bunaqa ishlarni mendan bo‘lak hech
kim yecholmaydi. Hech kim bekor qilolmaydi,
faqat mening qo‘limdan keladi. Shunaqa.
Shelma yana bir stakan araq chaqirdi-da,
boshqa bir hikoya, Replovo mardikorlarining
birovning o‘rilmagan bug‘doyini sotib, ichib
yuborganlari haqidagi hikoyani boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |