«Bunyodkor» futbol klubi havaskorlik jamoasidan O‘zbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi va qit’a chempionlar ligasi yarim finalchisigacha bo‘lgan yo‘lni qisqa vaqt ichida toqat bilan bosib o‘tdi



Download 22,02 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi22,02 Kb.
#51458
Bog'liq
Bunyodkor


«Bunyodkor» futbol klubi havaskorlik jamoasidan O‘zbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi va qit’a chempionlar ligasi yarim finalchisigacha bo‘lgan yo‘lni qisqa vaqt ichida toqat bilan bosib o‘tdi.

2005 yilda Toshkent viloyati chempionatida (2-liga) ishtirok etayotib, jamoa O‘zbekiston birinchi ligasiga chiqish uchun kurashish huquqini beruvchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. “Quruvchi” bu vazifani muvaffaqiyat bilan uddaladi va 2006 yilda milliy birinchilikning birinchi divizionida o‘ynay boshladi. "Quruvchi" Hikmat Ergashev rahbarligi ostida 38 ta uchrashuv (27 g‘alaba, 5 ta durang va 6 ta mag‘lubiyat) o‘tkazib, dastlabki urinishda liga turnirida g‘olib chiqdi va 2007 yil oliy ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

2007 yil mavsumi "Quruvchi" uchun oliy ligada debyut davri bo‘ldi. Toshkent klubi mamlakat miqyosidagi bir nechta rekordlarni bir yo‘la yangiladi (masalan, eng ko‘p urilgan va eng kam o‘tkazib yuborilgan to‘plar soni, favoritlar bilan o‘yinlarda olingan ochkolar soni bo‘yicha). Bundan tashqari, "Quruvchi" hujumchisi Ilhom Mo‘minjonov chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

2007 yil mavsumida "Quruvchi" oliy ligada 30 ta uchrashuv o‘tkazdi (22 ta g‘alaba, 5 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat, urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 62 - 16) va 71 ta ochko to‘plab, O‘zbekiston chempionatlari tarixida birinchi marta kumush medallarni qo‘lga kiritdi. "Quruvchi" mamlakat Kubogida ham muvaffaqiyatli qatnashib, finalga chiqdi. Finalda "Quruvchi" mamlakat chempioni "Paxtakor" ga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqti durang natija - 0:0 bilan tugadi. Penaltilar seriyasida "Quruvchi" futbolchilariga omad kulib boqmadi (6-7).

2008 yil "Bunyodkor" FK tarixidagi eng omadli yil bo‘ldi. Mavsum boshlanishi oldidan jamoa tarkibi sezilarli darajada mustahkamlandi, mamlakatimizning eng yosh murabbiylaridan biri Mirjalol Qosimov klubga bosh murabbiy bo‘ldi. Yoz oxirida «Bunyodkor» FK jahon chempioni Rivaldo, braziliyalik himoyachi Luizao va chililik hujumchi Villyanueva bilan shartnoma imzoladi. Mamlakat terma jamoasi murabbiyi etib tayinlangan Qosimov o‘rniga taniqli mutaxassis – ZIKO taklif etildi. U Mirjalol Qosimov boshlagan ishni oxiriga yetkazdi. Braziliyalik murabbiy rahbarligida jamoa mamlakat chempioni va O‘zbekiston Kubogi sohibi nomini qozondi.

2009 yil "Bunyodkor" milliy birinchilikda 30 uchrashuvda 86 ochko jamg‘arib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Bu bilan "qaldirg‘ochlar" eng yaqin ta’qibchilarini 22(!) ochkoga ortda qoldiribgina qolmasdan, mavsum davomida bironta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldilar. Klub sharafini himoya qilgan braziliyalik legioner Rivaldo raqiblari darvozasiga 19ta to‘p kiritgan holda chempionat to‘purari degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Mamlakat kubogi bahslarida esa "Bunyodkor" a’zolari xal qiluvchi final bahsida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi va finalchiga aylanishdi.

2010 yilgi mavsumga Luiz Felipe Skolari boshchiligida kirib kelgan "Bunyodkor" musobaqalarda raqiblarini birin-ketin tor-mor etdi. Xuddi 2008 yildagi kabi "oltin dubl" 2010 yilgi mavsumda ham takrorlandi. Biroq ushbu mavsum "qaldirg‘ochlar" uchun o‘ziga xos sinovli yil bo‘ldi. Birinchi davradan so‘ng klubni 13(!) nafar yetakchi futbolchilar bilan bir qatorda Skolari boshchiligidagi murabbiylar shtabi tark etishdi. Ikkinchi davrani Mirjalol Qosimov qo‘l ostida o‘tkazgan futbolchilar chiroyli boshlangan ishni xuddi shunday yakunlab qo‘yishdi. Chempionat bahslarida o‘tkazilgan 26 uchrashuvning 20tasida g‘alaba, 5ta durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan jamoamiz yakunda 65 ochko jamg‘argan holda qatorasiga uchinchi chempionlikni tantana qildi. Mamlakat kubogi finalida esa makedoniyalik legioner Stevisa Ristichning yagona goli evaziga g‘olib chiqildi.

2011 yil “Bunyodkor” uchun omadli boshlandi. Mirjalol Qosimov ancha-muncha o‘zgarishlarga duch kelgan tarkib bilan mavsumga kirishdi. Jamoa ishtirok etgan uchala frontda ham muvaffaqiyatli start oldi. O‘zbekiston chempionati va kubogidagi qator g‘alabalar Osiyo Chempionlar ligasi turnirida ham davom ettirildi. Qit’amizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasining guruh bosqichi muvaffaqiyatli bosib o‘tildi. Pley-offda Eronning “Sepahon” klubi bir uchrashuvdan iborat bahsda “Bunyodkor”dan ustun keldi – 3:1. Shundan so‘ng “qaldirg‘ochlar” bor e’tiborlarini ichki musobaqaga qaratishdi. O‘zbekiston kubogining yarim finalida ushbu mavsumda OFK kubogi sohibi bo‘lgan Qarshining “Nasaf” jamoasi penaltilar seriyasida omadliroq chiqdi va finalga yo‘llanma oldi. “Bunyodkor” mamlakat kubogi doirasidan chiqib ketgan bo‘lsa-da, chempionlik unvonini munosib himoya qila oldi va ketma-ket to‘rtinchi bor O‘zbekistonning chempioni degan sharafli nomni qo‘lga kiritdi.

2012 yilda “Bunyodkor” jamoasi o‘zbek klublari ichida eng ko‘p uchrashuvlarda ishtirok etdi. “Qaldirg‘ochlar” O‘zbekiston chempionatida 26ta, O‘zbekiston kubogi doirasida 9ta hamda qit’amizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri – Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida 11ta uchrashuvda ishtirok etdi. 2012 yilgi futbol mavsumi yakuniga ko‘ra “Bunyodkor” O‘zbekiston chempionatida kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Kubok bahslarida esa barcha raqiblarini dog‘da qoldirdi va bosh sovrinni klub muzeyiga olib keldi. O‘zbekistonlik ishqibozlarni quvontirgan eng ahamiyatli o‘yinlar Chempionlar ligasi bahslariga to‘g‘ri keldi. Jamoamiz o‘zbek klublari tarixida ilk bora qit’amizning sharqiy mintaqada joylashgan klublariga qarshi o‘ynashiga qaramasdan, guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tdi va dadillik bilan yarim finalga yetib keldi. Bu borada Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”ni Chempionlar ligasining ikki marotaba yarim finaliga olib kelgan murabbiy sifatida tarixda qoldi.

2013 yilgi musobaqalar “qaldirg‘ochlar” uchun judayam muvaffaqiyatli o‘tdi. Asosiy jamoa O‘zbekiston chempionatida “Lokomotiv” va “Nasaf”ni ortda qoldirib, oltin medallarga ega chiqdi. Bu esa “Bunyodkor”ning beshinchi chempionligi sifatida qayd etildi. O‘zbekiston kubogi bahslarida ham Mirjalol Qosimov shogirdlariga teng keladigan raqib topilmadi. Hal qiluvchi bahsda Qarshining “Nasaf” jamoasi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. Shuningdek, Aleksandr Mochinov ustozlik qilgan o‘rinbosarlarimiz O‘zbekiston yoshlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritishdi. “Bunyodkor” Osiyo Chempionlar ligasi turnirida o‘z an’anasini davom ettirib, guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tdi. Lekin nimchorak finalda Tailandning “Buriram Yunayted” klubiga imkoniyat boy berildi. Yuqoridagi muvaffaqiyatlar sharofatiga “Bunyodkor” 2013 yilga “oltin mavsum” sifatida ta’rif berdi.



Murabbiylar:

Mavzur Umarxo‘jayev 2005 yil


Hikmat Ergashev 2006 – 2007 yillar
Mirjalol Qosimov 2008 yil
ZIKO, Artur Antunyesh Koimbra 2008 yil
Amet Memet 2009 yil iyul oyigacha
Luiz Felipe Skolari 2009 – 2010 yillar
Mirjalol Qosimov 2010 yil - 2014 yil aprel
Aleksandr Volkov 2014 yil apreldan buyon
Download 22,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish