YO’L TO’SHAMASINING KONSTRUKSIYASI
Avtomobillarning yil bo’yi harakatlanishini taminlash uchun yo’lning qatnov qismida yo’l to’shamasi quriladi . Yo’l poyi sirtiga iqlim omillariga va transport g’ildiraklarining ta’siriga yaxshi qarshilik ko’rsatadigan materiallardan yotqiziladi .
Avtomobil o’tganida yo’l to’shamasida hosil bo’ladigan kuchlanishlar chuqurlik ortgani sari so’na boradi . Bu yo’l to’shamasini ko’p qatlamli qilib loyihalashga imkon beradi , bunda uning ayrim qatlamlarida ta’sir etuvchi chuqurlar va iqlim olimllarining , intensiv ta’siriga mos holda turli mustahkamlikdagi materiallardan foydalaniladi :
a – vertikal kuchlanishlar epyurasi ;
b – gorizontal kuchlanishlar epyurasi ;
1 – qoplama ;
2 – asos ;
3 – asosning qo’shimcha qatlami ;
4 – to’shama grunti ;
5 – yo’l to’shamasidagi kuchlanish ;
6 – bir jinsli gruntdagi kuchlanish .
Qoplama – yo’l to’shamasining yuqoridagi eng mustahkam , odatda suv o’tkazmaydigan , yeyilishga , zarbiy va siljituvchi yuklamalarga yaxshi , qarshilik ko’rsatadigan , shuningdek , iqlim ta’siriga chidamli nisbatan yupqa qatlam . Qoplama ancha qimmat turadigan materiallardan yotqizilganligi uchun u ruxsat etiladigan minimal qalinlikda bo’ladi . Qoplama yo’lning zarur foydalanish sifatlarini taminlaydi ( sirtning tekisligi , shina bilan tishlashish koeffitsenti katta ) . Qoplamada uning zarur sifatlarini taminlaydigan asosiy qatlamdan tashqari , zaxira ( yemirilish ) qatlami boladi. Bu qatlam hisobiy qalinlikka kirmaydi va yo’ldan foydalanish jarayonida vaqti – vaqti bilan tiklab turiladi . Suv o’tkazmaslik xossalari va yemirilish qarshiligi yetarli bo’lmagan qoplama ustiga yupqa himoya qatlami yotqiziladi ( sirtiga ishlov berilgan qatlamlar ) . Bu qatlam organik bog’lovchi materiallar quyib , bir xil mayda chaqiq toshlar sepib hosil qilinadi . Qoplama sirtiga ishlav berish , shuningdek , foydalanish jarayonida silliq sirtlarning g’adir – budirligini oshirish uchun qo’llaniladi ;
Asos – to’shamaning toshlardan yoki bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan gruntdan qurilgan ko’tarib turuvchi mustahkam qismi .
Asos bosimni to’shamaning pastda joylashgan qo’shimcha qatlamlariga yoki yo’l poyi grunti ( to’shama gruntga ) uzatish va taqsimlash uchun mo’ljallangan . Shuning uchun asos yaxlit siljish va egilishga qarshi ustivor bo’lishi kerak . Asosga avtomobillar g’ildiraklari bevosita ta’sir etmaydi , ob – havo yog’inlari esa kam ta’sir etadi . Shuning uchun asosni qurishda qoplama va yeyilish qatlamidagina qaraganda mustahkamligi kamroq materiallardan ham foydalanish mumkin .
Asos bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo’lishi mumkin . Keyingi holda asosning yuqori qatlamlari ancha mustahkam materiallardan yotqiziladi . Takomillashtirilgan qoplamalar yotqizishda sirtqi nam ta’siridan himoyalangan asos ichki muzlash davrida namlik yo’l poyida pastdan yuqoriga ko’tarilishi natijasida namlanishi mumkin . Shuning uchun namlanishga chiqamli materiallardan quriladi .
Asosning qo’shimcha qatlamlari iqlim va grunt gidrologik sharoitlari noqulay joylarda qoplamalarning asosi bilan yo’l poyi to’shama grunti orasida yotqiziladi . Yo’l poyi ichki namlikni to’plashi va do’ppayish jarayoni rivojlanishi mumkin bo’lgan changsimon qumoq yoki loylin gruntlardan yotqizilgan joylarda g’ovak materiallar ( qum , shag’al , chaqiq tosh ) dan qo’shimcha qatlam yotqiziladi . U zax qochiruvchi , do’ppayishga qarshi , sovuqdan himoyalovchi qatlam deb ataladi . Bunday qatlam yo’l poyining yuqoriga qatlamlaridan ortiqcha sucni chetlatish , yo’l qoplamasini quritish , qoplamaning ortiqcha do’ppayishiga yo’l qo’ymaslik va yo’l poyi gruntining mustahkamligini oshirish uchun mo’ljallangan .
Men o’zim loyihalayotgan yo’l uchastkasi uchun yo’l toifasi II toifali yo’l bo’lganligi uchun mukammal yo’l konstruksiyasini tanladim . Bunda yo’l konstruksiyasi quyidagi qatlamlardan iborat bo’ldi ;
Yo’l to’shamasining konstruktiv qatlam sxemasi.
1.Issiq mayda zarrali zich asfaltbeton BND 60/90 h1=4sm; E1=4500MPa.
2.Yirik zarrali zich asfaltbeton BND 130/200 h2=6sm; E2=2600MPa.
3.Qora chaqiqtosh h3=10sm; E3=800MPa.
4.Chaqiq toshli qum shag'al aralashmasi h4=24sm; E4=300MPa.
5.Perelit sementlangan grunt h5=26sm; E5=130MPa.
6.Yo'l poyi grunti supes E6=70MPa.
7.Yo'l yoqasi Q.Sh.A. bilan mustahkamlash.
8.Sochma yo'l yoqas
Do'stlaringiz bilan baham: |