KIRISH Bundan bir necha yuz yillar avval xalqlarni bir - biri bilan bog’lagan karvon yo’llari bugungi kunda magistral yo’llarga aylandi. Bu yo’nalish Yevropa qit’asini Osiyo davlatlari bilan bog’laydigan xalqaro miqyosda oltin kamar vazifasini bajaruvchi muhim arteriya hisoblanadi. 1993-yilda Yevropa, Kavkaz, Osiyo transport yo’lagi “TRASSEKA” ya’ni ta’sis dasturi asosida ishlab chiqildi. Bu dasturga a’zo bo’lishdan maqsad portlarga, dengizlarga, jahon bozoriga chiqish va O’zbekistonni rivojiga hissa qo’shishdir.
Markaziy Osiyo mintaqalari azaldan SHarq va G’arb o’rtasidagi savdo – sotiq munosabatlarida muhim o’rin tutib kelgan . Xitoydan boshlanib Yevropaga qadar davom etgan “ Buyuk ipak yo’li “ Osiyo va Yevropa qit’alarini bog’lovchi asosiy yo’l hisoblangan . Hozirda bu yo’l yanada kengayib , xalqaro buhim axamiyatga ega tranzit holatiga kelgan , hamda xali ham davlatlarni iqtisodiy va boshqa ko’plab jixatlardan bog’lashga xizmat qilib kelmoqda . Bu yo’l orqali ko’plab davlatlarning do’stligi , xalqaro aloqalari , turistik munosabatlari kabi muhim hususiy – siyosiy bog’liqliklari rivojlanib , o’z natija va samaralarini ko’rsatib kelmoqda .
Hususan , bu yo’l Olloh nazari tushgan bizning mamlakatimiz hududidagi bir nechta viloyatlardan ham kelib o’tgan. Shu jumladan Respublikamizning barcha soxa – tarmoqlardagi rivojlanishi yuksalib borayotganligi bilan bir davrda mamlakatimizda avtomobil yo’llar soxasining ham rivojlanishi kundan – kunga taraqqiyot topib bormoqda . Bu borada Respublikamizda maqtagulik ma’lumotlar juda ko’p.
Avtomobil yo’llari mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim o’rin tutadi. Bugungi kunda aynan Respublika bo’yicha avtomobil yo’llari orqali tashilayotgan yuklarning 85%i, yo’lovchilarning 96%i, tashkil etadi. Bugungi kunda Respublikamizning avtomobil yo’l tarmog’ining umumiy uzunligi 184000 km ga yaqin. Shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari 42654 km ni , ichki xo’jalik yo’llari 71424 km ni , shaharlar, tuman markazlari va aholi yashash joylari yo’llari va ko’chalari 69919 km ni tashkil etadi .
Mustaqillik yillarida avtomobil yo’llarini holatini yaxshilash bo’yicha bir necha qarorlar qabul qilindi.
P.Q. 299-sonli qaror 2006-yil 3-mart “ Yo’l qurilishi hajmi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish chora – tadbirlari “ to’g’risida.
P.Q. 499-sonli qaror “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’llarini loyihalashtirish , qurish va rekonsyruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida “ 2006-yil 25-oktyabr.
P.Q. 511-sonli qaror “ O’ZAVTOYO’L davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora tadbirlari “2006-yil 14-noyabr.
P.Q. 14.46-sonli qaror “2011-2015-yillarda infra tuzilmani transport va komunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to’g’risida”. 2010-yil.
P.Q. 23.13-sonli qaror “2015-2019-yillarda muhandis komunikatsiya va yo’l transport infra tuzilmasini rivojlantirish va moderinizatsiya qilish dasturi to’g’risida”. 2015-yil 6-mart.
P.F. 49.54-sonli farmon “Yo’l ho’jaligini boshqarish , tizimni yanada takomillashtirish to’g’risida”. 2017-yil 15-fevral.
P.F. 32.62-qaror “Avtomobil yo’llarini ko’kalamzorlashtirish va arxitektura lonshaft konstruksiyalash bo’yicha”. 2017-yil 17-sentyabr.
Respublikamizda avtomobil yo’llarining tarmog’i rivojlanishiga juda kata e’tibor berilmoqda. Jumladan , Vazirlar mahkamasining va Prezident qarorlari bularga misol bo’la oladi . Avtomobil yo’llarini rivojlantirish haqidagi qonun 2007-yil 29-iyunda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 2007-yil 24-avgustda Senat tomonidan maqullandi va MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib O’zbekiston Respublikasida “Avtomobil yo’llari” to’g’risidagi qonun ishlab chiqildi. Bu qonun 6 bob , 30 banddan iborat . Ushbu qonunning asosiy mohiyati avtomobil yo’llarini loyihalash , qurish va qayta qurish va ekspluatatsiya qilishni tartibga solishdan iborat . Ushbu qonunning asosiy maqsadi “Avtomobil yo’llarini qurish , rekonstruksiya qilish , tamirlash , saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat .
Ushbu qonun bo’yicha Respublikamizdagi 184000km uzunlikdagi avtomobil yo’llari quyidagicha tasniflanadi.
Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo’llari.
Shaharlar va boshqa aholi punktlari.
Xo’jalik avtomobil yo’llari.
Ushbu foydalanuvdagi avtomobil yo’llari toifasi ularning belgilangan vazifasi va istiqboldagi harakat jadalligiga qarab ShNQ 2.05.02-07, 2-jadvalga asosan qabul qilinadi.
ni tashkil qilmoqda.
Oxirgi yillarga O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi P.F 4954-sonli “Yo’l xo’jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonini hamda O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 2776-sonli “O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi to’g’risida”gi qaroriga asosan tashkil topdi.