Barqaror rivojlanish g'oyasining majmualiligi. Majmualilik tizimlilikdan farqli ravishda, barqaror rivojlanish tarkibiy qismlarining tengligi bilan ajaralib turadi. Inson faoliyatining barcha jihatlarida barqaror rivojlanish darajasiga erishgan mamlakatlarda iqtisodiyot = ijtimoiy hayot = ekologiya masalalarining tengligi, ajralmasligi va bir butunligi aks etadi. Bunday holatda barqaror rivojlanishning barcha masalalari bir paytning o'zida, birini ikkinchisidan ustuvor darajaga qo'ymagan tarzda (ierarxik pog'onaga joylashtirmasdan) amalga oshiriladi. - Barqaror rivojlanish g'oyasining majmualiligi. Majmualilik tizimlilikdan farqli ravishda, barqaror rivojlanish tarkibiy qismlarining tengligi bilan ajaralib turadi. Inson faoliyatining barcha jihatlarida barqaror rivojlanish darajasiga erishgan mamlakatlarda iqtisodiyot = ijtimoiy hayot = ekologiya masalalarining tengligi, ajralmasligi va bir butunligi aks etadi. Bunday holatda barqaror rivojlanishning barcha masalalari bir paytning o'zida, birini ikkinchisidan ustuvor darajaga qo'ymagan tarzda (ierarxik pog'onaga joylashtirmasdan) amalga oshiriladi.
- Barqaror rivojlanishning hududiyligi, davriyligi, tizimliligi, majmualiligidan kelib chiqqan holda biz shuni aylishimiz mumkinki, barqaror rivojlanish g'oyasi yagona, lekin uni amalga tatbiq qilish mexanizmi turlichadir. Har bir mintaqa, mamlakat va hattoki, mahalliy jamoa yuzaga kelgan real sharoitni barqaror rivojlanish talablariga nisbatan son va sifat jihatidan baholab o'ziga xos yo'lni tanlab olishi zarur. Uni bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga yoki mahallaga ko'chirib olib o'tish mantiqan to'g'ri emas. O'zbekiston ham bundan istisno emas, albatta.
Barqaror rivojlanish qoidalariga rioya etish 2010-yil 12-noyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senalining qo'shma majlisida, Oliy Majlisning 2011-yil 26-martdagi 181-11 sonli hamda Vazirlar Mahkamasining «2008-2012-yillarda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to'g'risida»gi 212-sonli qarorlarida ham aks ettirilgan. Lekin barqaror rivojlanish nima? Rivojlanishmi, yoki taraqqiyotmi? Uning tushunchasi, mazmuni va mohiyati nimalardan iborat? O'zbekiston uchun u qanday ko'rinishda namoyon bo'ladi, kabi o'rinli savollarga hanuzgacha aniq javob topa olinmayapti. Bunga O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan 2011-yil 14-dekabrda o'tkazilgan «O'zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta'lim Konsepsiyasi: reja va isiiqbollar» mavzusida o'tkazilgan davra suhbati ham yaqqol misol bo'la oladi. - Barqaror rivojlanish qoidalariga rioya etish 2010-yil 12-noyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senalining qo'shma majlisida, Oliy Majlisning 2011-yil 26-martdagi 181-11 sonli hamda Vazirlar Mahkamasining «2008-2012-yillarda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to'g'risida»gi 212-sonli qarorlarida ham aks ettirilgan. Lekin barqaror rivojlanish nima? Rivojlanishmi, yoki taraqqiyotmi? Uning tushunchasi, mazmuni va mohiyati nimalardan iborat? O'zbekiston uchun u qanday ko'rinishda namoyon bo'ladi, kabi o'rinli savollarga hanuzgacha aniq javob topa olinmayapti. Bunga O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan 2011-yil 14-dekabrda o'tkazilgan «O'zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta'lim Konsepsiyasi: reja va isiiqbollar» mavzusida o'tkazilgan davra suhbati ham yaqqol misol bo'la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |