Bu esa insonlarning tabiatga bo'lgan ehtiyojlarini kundan-kunga oshirayapti. Undan tashqari, inson xo'jalik faoliyatining ekotizimlarga bo'lgan bosimini kuchayishi tabiiy hodisa va jarayonlarni ham kuchaytirib yubormoqda. Natijada, hammamizga ayonki, tabiat va uning muvozanati buzilib ketmoqda. Hozirgi kunda butun insoniyat va uning progressiv qatlami qanday qilib inson va tabiat o'rtasidagi optimal holatni belgilab olishga, ya'ni ekologik xavfsizlikni ta'minlashga intilmoqda. Ushbu yo'nalishda «Barqaror rivojlanish konsepsiyasi» umume'lirof etilgan va boshqa bir qator dunyo-qarashlardan ustun turgan fikrlar hamda real harakatlar majmuasidir. Shuning uchun ham uni atrof-muhit va ekologiya yo'nalishidagi barcha ta'lim muassasalarida mustaqil o'quv kursi sifatida batafsil ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. - Bu esa insonlarning tabiatga bo'lgan ehtiyojlarini kundan-kunga oshirayapti. Undan tashqari, inson xo'jalik faoliyatining ekotizimlarga bo'lgan bosimini kuchayishi tabiiy hodisa va jarayonlarni ham kuchaytirib yubormoqda. Natijada, hammamizga ayonki, tabiat va uning muvozanati buzilib ketmoqda. Hozirgi kunda butun insoniyat va uning progressiv qatlami qanday qilib inson va tabiat o'rtasidagi optimal holatni belgilab olishga, ya'ni ekologik xavfsizlikni ta'minlashga intilmoqda. Ushbu yo'nalishda «Barqaror rivojlanish konsepsiyasi» umume'lirof etilgan va boshqa bir qator dunyo-qarashlardan ustun turgan fikrlar hamda real harakatlar majmuasidir. Shuning uchun ham uni atrof-muhit va ekologiya yo'nalishidagi barcha ta'lim muassasalarida mustaqil o'quv kursi sifatida batafsil ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
«Barqaror rivojlanish» nima ekanligini uning tarixida aks ettirtlgandir. Mazkur konsepsi-yaning yaratilishi aynan xalqaro hamjamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid harakatlardan boshlanganligiga iqror bo’lamiz. XX asrning 60-yillarida, ya'ni «sovuq urush» ayni avjiga chiqqan davrda, butun insoniyat va xalqaro hamjamiyatning diqqat e'tibori asosan yadroviy to'qnashuvning oldini olishga qaratilgan edi. «Karib inqirozi» deb nom olgan SSSR va AQSH o'rtasidagi mojarodan so'ng yadro quroliga ega bo'lgan «katta» davlatlar bir narsaga atom, neytron, vodorod qurollarining oz miqdorda bo'lsa ham ishlatilishi nafaqat dushmanga, balki o'z uyining ham barbod bo'lishiga olib kelishi mumkinligiga iqror bo'lishdi. Ommaviy qirg'in keltiruvchi qurollarning qo'llanilishi va uchinchi jahon urushining boshlanishi yerdagi hayotning tugashi ekanligini butun insoniyat tushunib yetdi. - «Barqaror rivojlanish» nima ekanligini uning tarixida aks ettirtlgandir. Mazkur konsepsi-yaning yaratilishi aynan xalqaro hamjamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid harakatlardan boshlanganligiga iqror bo’lamiz. XX asrning 60-yillarida, ya'ni «sovuq urush» ayni avjiga chiqqan davrda, butun insoniyat va xalqaro hamjamiyatning diqqat e'tibori asosan yadroviy to'qnashuvning oldini olishga qaratilgan edi. «Karib inqirozi» deb nom olgan SSSR va AQSH o'rtasidagi mojarodan so'ng yadro quroliga ega bo'lgan «katta» davlatlar bir narsaga atom, neytron, vodorod qurollarining oz miqdorda bo'lsa ham ishlatilishi nafaqat dushmanga, balki o'z uyining ham barbod bo'lishiga olib kelishi mumkinligiga iqror bo'lishdi. Ommaviy qirg'in keltiruvchi qurollarning qo'llanilishi va uchinchi jahon urushining boshlanishi yerdagi hayotning tugashi ekanligini butun insoniyat tushunib yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |