1. Ekologiya fanining predmeti va vazifalari. Bizni o'rab turgan barcha o'rmonlar, muzliklar, tog'u-dashtlar, havo-yu suvlar, xullas tabiatning har bir shahobchasi odamning a'zolari kabi bir-biri bilan uzviy tarzda bog'langandir. Tabiatning biror-bir jabhasida sodir bo'ladigan o'zgarish o'z navbatida, uning muvozanatiga qandaydir ta'sir ko'rsatmay qolmaydi.
Ekologiya - tirik organizimlarning o'zaro va ular yashaydigan tabiiy muhit bilan bo'lgan munosabatlarini, ularning ta'sirini va yashash shart-sharoitlarini o'rganadi.
Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta'siriga qanday javob beradi. Bularning barchasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi.
Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari qo'yidagilardir:
- Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o'rganish;
- Biosferadagi jarayonlarni o'rganish, boshqarish, bashorat qilish, insonning yashash muhitini saqlash;
- Biologiya resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir.
2. Muhit omillari o’rganilganda ekologiya boshqa fanlarning metodlaridan
foydalanadi. Ular kimyo, meteorologiya, iqlimshunoslik, tuproqshunoslik va boshqalardir. Hozirgi vaqtda ekologiyada matematik metodlar ko’p
qo’llanilmoqda. Ekologiya o’simliklar fiziologiyasi bilan ham bog’liq. Fiziologiya sohasidagi ilmiy ishlar qat’iy nazorat sharoitida o’tkaziladi, ekologlar esa doimiy ravishda o’zgarib turadigan tabiiy sharoitda ish olib boradilar.
Inson muhitini yaxshilash, zarur ehtiyojlarini to’laroq qondirish uchun
ekosistemalar mahsuldorligi va uning barqarorligini oshirish talab etiladi. Shu maqsadda quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
biotsenozlar hosil qilish (sun’iy yaylovlar hosil qilish);
qumlarning ko’chishini to’xtatish, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish;
qishloq xo’jaligi ekinlarini rayonlashtirish;
o’simliklarni va hayvonlarni iqlimlashtirish;
o’simliklarni zararkunandalardan muhofaza qilish;
3. Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi. Shunday qilib, muhit - tirik organizmlarni o‘rab turuvchi va ularga bevosita yoki bilvosita ta’sir etuvchi omillar yig‘indisidir. Organizmlar muhitdan hayotiy jarayonlar uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni qabul qiladi hamda muhitga moddalar almashinuvi mahsulotlarini ajratadi.
4. Har qanday tirik organizm tabiatda muayyan yashash muhitiga ega va muhit ularga doimiy ravishda ta’sir etadi. Organizm, populatsiya yoki tur yashaydigan, ularga bevosita yoki bilvosita ta’sir etadigan, muhitning biotik va abiotik sharoitlarining majmuasi yashash muhiti deb ataladi. Yashash muhiti tirik organizm bilan uning butun hayoti davomida o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tabiatning bir qismi hisoblanadi.
To‘rt xil yashash muhiti: 1 - suv muhiti; 2 - quruqlik-havo muhiti; 3 - tuproq
muhiti; 4 - organizm muhiti.
Tirik organizmlar bir yoki bir nechta muhitda yashashi mumkin. Hayot dastlab paydo bo‘lgan muhit suv muhiti hisoblanadi. Tarixiy rivojlanish jarayonida tirik organizmlar quruqlik-havo muhitida yashashga o‘tgan. Natijada yangi muhit sharoitiga moslashgan o‘simlik va hayvonlar paydo bo‘lgan. Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati natijasida tuproq shakllangan va ayrim organizmlar tuproqda hayot kechirishga moslashgan. Organizm muhitini parazit va simbiontlar egallagan.
Har qaysi muhitda o‘ziga xos shart-sharoitlari bilan o‘zaro farq qiladi- gan ma’lum hududlar, ya’ni biotoplar mavjud. Masalan, suv muhitining suv yuzasida, suv qa’rida, suv tubida, suvo‘tlar orasida yashash hududlari mavjud.
Suv muhiti. Yer yuzida eng keng tarqalgan yashash muhiti bo‘lib, okeanlar, kontinentlarning suv havzalari va yerosti suvlarini o‘z ichiga oladi.
Suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar (yunoncha «hydor» - suv, «bios» - hayot) deyiladi.
Yashash muhiti sifatida suv bir qancha xususiyatlarga ega. Suv yuqori zichlik, shaffoflik, katta issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanlik, muzlagan- da kengayish kabi xususiyatlar bilan bir qatorda, kislorod miqdorining nisbatan kamligi, yorug‘likni kam o‘tkazishi bilan ham xarakterlanadi. Suv harakatchan, ya’ni oquvchan muhit. Uning harakatlanishi natijasida suv muhitida yashaydigan organizmlar kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanadi. Suv havzasining barcha qismi bo‘ylab harorat deyarli bir xil taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |