Ega va kesimning moslashuvi
Ega kesim bilan grammatik va mazmun jihatidan bog‘langanligi uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi. Eganing kesim shakliga mos (shaxs-son) shaklda kelishiga moslashuv deyiladi.
Masalan, yuqorida keltirilgan talabaman kesimi birinchi shaxs birlikda turganligi uchun uning egasi ham birinchi shaxs birlikdagi olmosh bo‘ladi. Kesim bilan ega ba’zan son shakli bo‘yicha moslashmasligi mumkin. Xususan, ega narsa, hayvonlarni bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalanganda: Masalan, qushlar sayraydilar emas, qushlar sayraydi, lekin shaxsda doimo moslik bo‘lishi shart.
Juda muhim. Kesim ot kesim bo‘lib, uning kesimlik shaklini ko‘rsatuvchi bog‘lamalar qo‘llanilmasa, u vaqtda kesim ohang yordamida shakllanadi.
Ot kesimning kesimlik shakllari maxsus ifodalanmay,ohang yordamida shakllanganda, bu tugallangan ohangni ifodalash uchun ega bilan kesim o‘rtasiga yozuvda tire qo‘yiladi.Masalan, Ro‘paradagi bino –maktab. Samarqand - azim shahar.
Do'stlaringiz bilan baham: |