Referat mavzu: "Falsafa turmush tarzı va dunyoni anglash usuli" Nilufar Solihova "



Download 29,65 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi29,65 Kb.
#797079
TuriReferat
Bog'liq
Falsafa turmush tarzı va dunyoni anglash usuli




REFERAT
Mavzu: “Falsafa turmush tarzı va dunyoni anglash usuli”
Nilufar Solihova

Falsafa turmush tarzı va dunyoni anglash usuli”


Ushbu referatda olam-odam munosabatlarini ilmiy tushunishda falsafiy qarashlarning aloxida, betakror o‘rni borligiga e’tibor qaratiladi. Falsafaning fan sifatida shakllanishi uzoq tarixiy jarayon bo‘lganligi aytiladi. Fan sifatida uning o‘z tadqiqot soxasi, funksiyalari borligi ta’kidlanadi. Xar bir tarixiy davr muammolari falsafiy baxs soxasiga aylanishi tabiiy xol ekanligi dalillanadi. Olam va unda odamning o‘rni muammosi xamisha qizgin baxs-munozara ob’ekti bo‘lib kelgan. Bu muammoga ilmiy jixatdan yondashishning qaror topishida barcha mamlakatlar, jumladan, Uzbekiston faylasuflarining xam xizmatlari bor. Olamni, unda odamning o‘rnini falsafiy idrok etishdan avval «falsafa» va «falsafa fani» tushunchalari o‘rtasidagi umumiylik va ayrimlikning farqini anglab olish muximdir. «Falsafa» umumiy va keng tushuncha bo‘lib, olam, unda odam va uning uyushmalari (jamoalari, ijtimoiy harakatlari, partiyalari, davlatlari va x.k.)ning o‘rni, qisqasi inson omili qanday? degan savollarga xar bir tarixiy davrda, mintaqa va mamlakat xalqlari tafakkur va turmush tarzlaridan kelib chiqib, turlicha qarashlar mavjud bo‘lib kelgan va xozir xam shunday.
Insonda tabiatan falsafiy fikrlashga moyillik kuchli. «Filosofiya» atamasi yunoncha ikkita so‘z birikmasidir. («filio» - sevaman, «sofio» - donolik) «falsafa» esa lotincha «filosofiya» so‘zining o‘zbekchalashgan shakli bo‘lib, u «donishmandlikni sevish» ma’nosini anglatadi. Nemis filosofi Gegelning fikricha, falsafa donishmandlikning o‘zidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, qo‘shiqlardan tortib, barcha dinlarning muqaddas kitoblaridagi olam, unda odamning o‘rni qanday bo‘lishi kerak, degan savolga o‘ziga xos javoblar bor. SHuning uchun qadimgi greklar barcha fanlarni falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik ifodasi xisoblaganlar. Natijada odatiy (kundalik) ongda tarixan «falsafa – fanlar fani», «falsafa – fanlar onasi» degan fikr keng tarqalgan. Eshitilishi jozibali va extiromli ko‘ringan bu iboralar ostida falsafani fan sifatida tan olmaslik maqsadlari yotadiki, bu bizning davrimiz uchun xatarli mayl (tendensiya)dir. O‘atto olimlarning ba’zilari ana shu aqidaga tayanib, falsafa faniga munosabat belgilaydilar. G‘arb mamlakatlarida esa endilikda falsafaga extiyoj qolmadi, chunki u parchalanib, barcha fanlarga, ayniqsa ijtimoiy va gumanitar fanlarga tarqab ketdi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib munosabat belgilash mayli kuchlidir. Bunday qarashlarni XIX asrdagi pozitivizm asoschisi O.Kont ilgari surgan bo‘lib, u V.V.YAnevich, V.Vindelband tomonidan rivojlantirildi. «Falsafa – deydi Vindelband, - barcha mulkini farzandlariga ulashib, shundan so‘ng qashshoq odam sifatida ko‘chaga uloqtirib tashlangan qirol Lirga o‘xshab qoldi». Afsuski, bunday g‘ayriilmiy nuqtai nazarda turgan vatandoshlarimiz ham yo‘q emas. Bunday fikrlar xatoligini, gayriilmiy ekanligini g‘oyaviy-nazariy jixatdan isbotlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. CHunki falsafa fan sifatida shakllanib, o‘z tadqiqot sohasi aniqlanganiga ancha vaqt bo‘ldi.Falsafa fan sifatida mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonunlarini, odam-olam munosabatlarining tub mohiyatini bilishga imkon yaratadi. Bu haqda ¤rta asrning mashhur faylasufi, «Ikkinchi muallim» nomi bilan jahonga tanilgan olim Abu Nasr Forobiy bunday deydi: «Mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, shu haqda ta’lim berilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz. Falsafa bilimi ochiq-oydin ishonchli dalil-hujjatlarga ega bo‘ladi.Odamlar falsafa yo‘li bilan isbot etilgan mavjud narsa haqida to‘la ishonch va qanoatga ega bo‘ladilar».1 Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiy o‘z xulosalarida falsafa fan sifatida ilm-fan dalillariga asoslanishi, odam-olam munoabatlari shulardan kelib chiqadigan ishonch va qanoatga tayanish lozimligiga e’tiborni qaratgan. Falsafa fanining qonunlari, kategoriyalari, tushunchalari, tamoyillari va falsafiy bilish metodlari shakllanishi uzoq tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Ana shular orqali olamni, unda odamning o‘rnini falsafiy anglash imkoniyati vujudga keladi. Biz yashayotgan tarixiy davrda barcha kadrlar o‘zlarida falsafiy (donishmandlarcha) fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari ijtimoiy taraqqiyotda inson omilining o‘rni va rolini ilmiy anglab olishlari uchun kafolat bo‘ladi. Falsafa fan sifatida boshqa fanlardan ustun xam, kam ham emas. Moxiyatan falsafa fani predmetining aniqlanishi boshqa fanlardan farq qilmaydi. CHunki istagan fanni olmang, uning predmetining aniqlanishi uzoq tarixiy davrlarni o‘z ichiga olganining guvohi bo‘lasiz. «Falsafa» atama sifatida tarixan turlicha ma’nolarda qo‘llab kelindi. Jahondagi juda ko‘p olimlarning asrlar davomidagi izlanishlari, tadqiqotlari natijasi sifatida «olam-odam» munosabatlariga ilmiy-falsafiy yondashuvga imkon tugdiradigan o‘z tushunchalari, kategoriyalari, qonunlari, uslublari, tamoyillari aniq-ravshan bo‘lgach, nemis faylasufi Gegel tomonidan ularni muayyan bir tizim (sistema)ga solish boshlandi.
Olam va uning umumiy manzarasi, buni bilish mumkin yoki mumkin emasligi, shu jarayonda odamning o‘rni va olamni o‘zgartirishdagi rolini aniqlash, olamga go‘zallik qonunlariga asoslanib munosabat belgilashning turli usullariga amal qilish jarayonida muayyan dunyoqarash va tafakkur tarzi shakllanadi, shu dunyoqarashga va tafakkur tarziga muvofiq qadriyatli ong vujudga keladi. Bu dunyoqarash va qadriyatli ong odamning muayyan yo‘nalishdagi imon-e’tiqodida o‘z mujassamini topadi. Demak, falsafa fanining predmeti ana shu holatlarni qamrab olishi kerak, deb hisoblaymiz. SHuning uchun ham falsafa fani predmetining quyidagi ta’rifini beramiz va uni o‘z nuqtai nazarimizdan turib tavsiflaymiz. Olamni ilmiy bilish, unda odamning o‘rni va o‘zaro munosabatini aniqlash jarayonida keng qamrovli tafakkur tarziga asoslanib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, inson ongi va qalbiga shunga muvofiq imon-e’tiqod ruhini singdirish ilmiy falsafaning predmetidir.
Falsafa fanining tadqiqot ob’ekti bilan uning predmeti o‘rtasida yaqinlik bor. Biroq, predmet o‘sha ob’ektni o‘rganish uslub va usullarini ham o‘z ichiga oladi. YUqoridagi ta’rifda bu holat inobatga olingan. So‘ngra, unda bizga hozirgacha ma’lum bo‘lgan ta’riflardagi umumiy mazmun saqlangan holda boshqa falsafiy oqimlar, yo‘nalishlar va maktablar uchun xarakterli bo‘lgan jihatlar ham hisobga olingan. Ularning insoniyat ma’naviy takomilidagi o‘ynaydigan va o‘ynayotgan rollariga xolisona baho berishni ham o‘z doirasiga kiritadi. Bu ta’rif olamni bilishda falsafa fanining boshqa fanlardan farq qiladigan o‘z o‘rni, yo‘li, usuli, vositalari, mezoni, maromi, qadriyatlari, ideallari borligini ham nazarda tutadi. Olamning bir zarrasi va ayni chog‘da o‘zi bir sirli olam bo‘lgan odamning o‘zi yashayotgan tarixiy, geografik va ijtimoiy muhitda muayyan o‘rni va o‘ynaydigan roli borligi (yaratuvchi yoki buzuvchi kuch ekanligi) e’tirof etilib, buni bilish zarurati ayon bo‘ladi. Odamzot olamni bilishda pastdan yuqoriga, soddadan murakkablikka, chekli qarashdan keng qamrovli qarashga tomon borish jarayonida g‘or odamlariga xos olg‘irlik, bosqinchilik tafakkur tarzi va cheklangan (sohaviy) tafakkur tarzidan keng qamrovli (falsafiy) tafakkur tarziga tomon ketayotgani, bunda falsafaning alohida, betakror o‘rni borligiga e’tibor qaratiladi. Va bu hol inson tafakkur tarzini o‘zgartirib borishining ahamiyati haqida teran fikrlar bildirishni nazarda tutadi. Ta’rifning umumiy mazmunida muayyan dunyoqarash va tafakkur tarzining odam ma’naviy-ahloqiy qiyofasi timsolida gavdalanishini namoyon etadigan imon-e’tiqodga munosabat ham bor. CHunki falsafa fani bu masalani chetlab o‘tmasligi kerak, zero har bir dunyoqarashdagi mazmun, yo‘nalish odam ongi va qalbidan joy olib, imon-e’tiqodiga aylangandagina, ular qadr topa oladi va u harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.
Olam nima, undagi harakatlar negizida qanday quvvat yoki qudrat (energiya) yotadi, u qachon va qanday paydo bo‘lgan, odam ongi borliqni bilishga qodirmi, uni o‘z xoxishicha o‘zgartira oladimi yoki yo‘qmi kabi savollarga javob qidirish jarayonida dastavval mifologik, so‘ngra diniy dunyoqarashlar o‘z-o‘zidan shakllanib, odamlarning ijtimoiy muxitda bir-biri bilan xamkor-xamnafas bo‘lib yashashlari uchun ma’naviy-ruxiy shart-sharoit yaratildi. Bu dunyoqarashlar tufayli odam-olam munosabatlari insonparvarlik asosida rivojlanishi yo‘lida katta tarixiy tajribalar to‘plandiki, ularga tayanib turib ITI va Globallashuv jarayonida odamlar, elatlar, xalqlar, millatlar o‘zaro hamkor, hamnafas, do‘stona aloqalarda yashashlari uchun yangicha, tarafkashlikdan holi tafakkur tarzini shakllantirish, «odam-olam» munosabatlarini to‘la-to‘kis ilmiy o‘zanga burib yubora oladigan dunyoqarashga kuchli ijtimoiy extiyoj paydo bo‘lmoqda. CHunki ITI hamda odamzod ma’naviy olami qashshoqligi tufayli yuzaga kelayotgan muammolarni faqat ilmiy-falsafiy dunyoqarash orqali xal qilish mumkin, xolos. SHuning uchun falsafa mustaqil fan ekanligi, uning o‘z predmeti borligini tan olish dunyo miqyosida ham, mamlakatimiz ichida ham favqulotda muxim bo‘lib turibdi. Odamzotning aql-idroki, uning mevasi bo‘lgan fan-texnika va texnologiya muvaffaqiyatlari butkul oqilona ishlarga, faqat bunyodkorlikka, ezgulikning qaror topishiga burib yuborish mumkinmi-yo‘qmi, degan savolga faqat falsafa fani asosli javoblar topishi mumkin. SHu fanga ishonch va ixlos (e’tiqod) tufayli hozirgi zamon ilg‘or fan yutuqlari xulosalari va dalillariga asoslangan falsafiy dunyoqarashni qaror toptirish mumkin. Bu fanni rivojlantirish, uning kategorial bazasini mustaxkamlash orqali har bir jamiyatda ma’naviy qadriyatlarni barqaror qilish odam uchun oliy qadriyat ekanini xar bir individ ongiga etkazish va eng muximi, milliy, diniy, irqiy yoki boshqa tafovutlar tufayli xar qanday shakl-shamoyilda dushman obrazi yaratish siyosati va mafkurasining g‘ayriinsoniy moxiyatini fosh qilib tashlash mumkin. Dunyoda yigilib qolgan va tobora ko‘payib borayotgan muammolarni hamma elatlar, xalqlar, millatlar birgalikda, hamkor va hamnafas bo‘lgan sharoitda xal etish mumkin. Buning uchun odamzod ruxini poklashda barcha dinlarning namoyondalari va ilm-ma’rifat axllari birgalikda izlanishlari, bu yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro ittifoq tuzishlari maqsadga muvofiqdir. SHunda falsafa fanining milliy va umumbashariy axamiyati beqiyos oshib ketadi.
Falsafa fanining funksiyalarida uning fanlar tizimi va ijtimoiy hayotdagi o‘rni ravshanlashadi. Funksiya (vazifa) deganda harakat uslubi, falsafiy bilimlar tizimi doirasida faolligining namoyon bo‘lishi, bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarning umumiy tip (tur)lari nazarda tutiladi.
Falsafa fani funksiyalari xilma-xil. Ular ichida dunyoqarashlilik (ontologiya), olamni bilish (gnoseologiya), qadriyatli ongni shakllantirish, ijtimoiy, amaliyotchilik (praktikologiya), metodologik, insonparvarlik, madaniy-tarbiyaviy funksiyalari individual va ijtimoiy ongga faol ta’sir ko‘rsatib, shu jarayonda u ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy hayot hamda boshqa barcha fanlar va dunyoqarashlar bilan uzviy boglanib ketadi.
Hayot va o‘lim xaqida o‘ylamaydigan va yashashning cheklangani to‘grisida qaygurmaydigan, g‘am-tashvish chekmaydigan odam bo‘lmasa kerak. o‘limning muqarrarligi har bir insonda salbiy xis-tuygularni yuzaga qalqitib, odamning ilik-iliklarigacha bo‘lgan quvvatni ham go‘yo sug‘irib olgandek bo‘ladi. Bu xislardan xoli bo‘lish uchun odam abadiylik to‘grisida qayguradi, abadiylikka doxil bo‘lish yo‘llarini qidiradi. SHu jarayonda aql bilan bilib, tajriba yo‘li bilan sinab bo‘lmaydigan (transsendental) olam borligi, u bilan ruxiy aloqa bog‘lash orqali o‘lim vaximasi, hayot tushkunligi, yashashning ma’nisizligi to‘grisidagi g‘am-andux xislaridan xoli bo‘lishga intiladi, natijada inson ichki olami («Meni») tashqi abadiy olam – kosmik butunlik bilan birlashgandek bo‘ladi. Oqibatda mifologik (afsonaviy), diniy, badiiy, odatiy dunyoqarashlar vujudga kelib, ular orqali odam hayotdan qoniqish, vaximaga tushmaslik xis-tuyg‘ularini o‘zida gavdalantirmoqchi bo‘ladi. Falsafa esa insoniyat to‘plagan barcha ilmlar, tajribalarni umumlashtirib, ayrim-ayrim tarmoqlarga bo‘linib ketgan dunyo xaqidagi tasavvurlarni yig‘ib, ilm-fan dalillariga, insoniyatning abadiylik yo‘lida to‘plagan tarixiy tajribalariga tayangan ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. SHuning uchun ham falsafa fanining moxiyati – «Odam-olam» tizimida yalpi umumiy muammolar xaqidagi fikrlarda namoyon bo‘ladi. Odam necha yil yashashi bilan emas, balki qanday yashaganligi bilan o‘z abadiyligini yarata olishiga falsafa ishontirib, inson o‘z hayotining ma’noli, mazmunli qilishiga yordamlashadi. Ilmiy falsafa odamzodni hayotbaxsh dunyoqarash egasi qilish funksiyasi orqali olam, undagi barcha munosabatlar ijtimoiy taraqqiyotga, inson barkamolligiga xizmat qilishi uchun kurashuvchilar avlodini etishtirishga harakat qiladi. Falsafa olamni bilish metodi orqali fanlarga nisbatan evristik, uygunlashtirish, birlashtiruvchilik, mantiqiy-gnoseologik (bilishga oid) kabi funksiyalarni ham bajaradi. Bu, uning metodologik funksiyasi bo‘lib, barcha fanlarga doir murakkab nazariy va fundamental muammolarni xal etishga yordamlashadi.
Falsafa fanining muammolarini ma’nisiz, deb qarovchi oqimlarning da’volari tanqiddan ham tubandir. CHunki har bir elat, millat oldida muayyan tarixiy davrda paydo bo‘ladigan muammolar, falsafiy taxlil, falsafiy qarashlar yo‘li bilan xal etib kelingan va shunday bo‘lib qolaveradi. Ular ichida odamning umuman olamga munosabati muamosi – dunyoqarash eng muximi hisoblanadi. Moddiy va ruxiy olam o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash, tabiat va jamiyat qonunlari haqiqatan ham mavjudmi, yoki odamzot tartib-qoidaga bo‘lgan ehtiyoji tufayli uni o‘ylab topganmi, odam nima va olamdagi, ya’ni umumiy aloqadorliklar ichida uning o‘rni qanday – u yaratuvchimi yoki buzuvchi qudratmi, inson aql-zakovatining tabiati nima, odam o‘zini qurshab olgan olamni va o‘z-o‘zini bila oladimi, xaqiqat va adashish deganda nima anglashiladi, ezgulik va yovuzlik nima, qanday qonuniyatlar va qanday yo‘nalishlar insoniyat tarixini harakatga keltiradi kabi dunyoqarash bilan bog‘lanib ketgan muamolarni anglash, ularni xal etish orqali olamda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lish har bir odamda olamiy fikrlash qobiliyatini vujudga keltiradi.
Tabiat o‘z taraqqiyotining Noosfera – Aql sohasi bosqichiga o‘tganligi munosabati bilan Ona-tabiatni muqarrar halokatdan saqlab qolish muammosi fan-texnika va axborot texnologiyalaridan umumbashariy manfaatlar yo‘lida foydalanish usullarini izlash va topish falsafa fani oldiga yangi katta vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.Ilmiy-texnika inqilobi (ITI) tufayli an’anaviy tafakkur va turmush tarzi inqirozga uchragani, yangi davrga muvofiq keladigan turmush tarzini shakllantirish, insoniyat aql-zakovati va uning mevasi bo‘lgan fan-texnika va texnologiya muvaffaqiyatlarini to‘la-to‘kis oqilona ishlarga burib yuborish muammosi paydo bo‘ldiki, uni falsafiy dunyoqarash negizidagina xal etish mumkin. Umuman falsafa fani oldida turgan barcha muammolarni beshta guruxga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: a) ontologik, b) antropologik, v)aksiologik, g)gnoseologik va d)praksigologik. Bu muammolarning barchasi dunyoqarashning muayyan tipi bilan bog‘lanib ketadi. Ammo ilm-fan xulosalari, dalillariga tayangan falsafiy dunyoqarash orqali insoniyat milliy va umumbashariy muammolarni qadam-baqadam xal eta olishiga umid bog‘lash har bir kishida ijobiy xis-tuygularni vujudga keltirib, hayotini mazmunli va qadrli etadi.
Xulosa: a)”falsafa” va “falsafa fani” tushunchalaridagi umumiylik va ayrimlikni anglash bagoyat muxim axamiyatga molikdir; b)falsafa fanining o‘z tadqiqot soxasi (predmeti) borki, shu orqali u boshqa fanlardan ajrab turadi; v) falsafiy dunyoqarash ham milliy, ham umumbashariy moxiyatga egadir; g) falsafa fani bir qator funksiyalarni bajaradi va shular orqali ijtimoiy muammolarni xal etish yo‘llarini izlaydi va topadi. Falsafa fani uzoq tarixiy davrlarni bosib o‘tdi. Olamni ilmiy bilish ehtiyoji undan turli fanlar ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Tabiiyotshunoslik va insonshunoslik fanlarining shakllanishiga ilg‘or falsafiy qarashlar qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘z navbatida boshqa fanlar, hatto siyosiy va mafkuraviy qarashlar ham tarixan falsafiy qarashlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqdalar.
Falsafiy fikrlar olam hodisotlari sababli bog‘lanishini izlash, haqiqatni topishga bo‘lgan odamzotdagi kuchli intilish tufayli rivojlanib bordi. Dunyoqarash strukturasida bilish sub’ektlarining tubdan yangicha qarashlarga ega bo‘lishi afsonaviy (mifologik) qarashlar o‘rnini tom ma’noda ilmiy yo‘nalishlar egallay boshladi. Umuman olam va unga odam munosabatlari haqida mifologik va diniy dunyoqarashlar doirasiga sig‘maydigan yangicha g‘oyalar, nuqtai nazarlarning paydo bo‘lishi natijasida tabiiyotshunoslik fanlari, so‘ngra jamiyatshunoslik, insonshunoslik, texnikashunoslik fanlari yuzaga keldiki, bular olam to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar o‘rnini egallay boshladi.Falsafiy bilimlar o‘zining vujudga kelishi va rivojlanish jarayonida tabiiyotshunoslik fanlari bilan qorishib ketdi. Falsafa gorizontal bo‘yicha tabiiyotshunoslik fanlari bilan tutashadi, vertikal bo‘yicha esa ijtimoiy-gumanitar fanlar sirasiga kirib, yo mafkuralashadi, yoki mafkuraning ilmiy yo‘nalish olib, real voqelikka muvofiq kelishiga imkon tug‘diradi. Falsafa bilishning turli sohalaridagi ma’lumotlarni yig‘ib, ularni qayta muhokamada o‘tkazadi. SHu jarayonda olamning yangi umumiy manzarasi to‘g‘risidagi tasavvurlar o‘zgarib boradi. Masalan; «atom», «modda», «narsa» v.b. haqidagi ilmiy ma’lumotlar, energiyaning saqlanish va boshqaga aylanish, butun dunyo tortilish qonunlari kabi tabiiyotshunoslik fanlariga doir tushunchalar falsafa fanining ilmiy salohiyatini oshiradi. SHuni ta’kidlash lozimki, «atom» haqidagi fikr falsafiy qarashlar natijasi bo‘lsa-da, ammo uning mazmun-mohiyati eksperemental tarzda tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan isbotlandi. Erning dumalog‘ligi, o‘z o‘qi atrofida aylanishi to‘g‘risidagi ilmiy-taxminlar ham faylasuflar ijodi edi. Ammo u tabiiyotshunoslik fanlari tomonidan o‘z isbotini topgach, dunyoqarashda jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Bilish voqelikdagi anglangan aniq xissiy va tushunchaviy timsollarni qabul qilib olish, xotirada saqlash, qayta ishlash va sistemalashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Bilimlarning rivoji va ularni sistemaga solish jarayonida ilm-fan paydo bo‘ladi. Mifologik va diniy dunyoqarash ishonchga asoslansa, fan ilmiylik mezonlariga amal qiladi. Ular: a) ob’ektiv (xolis)lik tamoyili; b) ratsionallik yoki dalillash (isbotlash) tamoyili; v) essensial yo‘nalishi yoki ob’ektning mohiyatini ochish tamoyili; g) bilimlarni sistemalash yoki nazariy shaklga solish tamoyili; d) ilmiy haqiqatlarni tekshirish mumkinligi tamoyili. Fanga doir bu tamoyillar to‘laligicha falsafiy bilimlarni, ayniqsa ontologiya, gnoseologiya, antropologiya va metodologiyaga ham taalluqlidir. SHu ma’noda falsafani ilmiy bilimlarning bir turi, ya’ni tabiiyotshunoslik fanlari qatoriga kiritish mumkin. Biroq, falsafa ijtimoiy fan hamdir; jamiyat, uning taraqqiyot qonunlari, ijtimoiy borliq, individual va ijtimoiy ongni ham o‘rganadi. U xuquqshunoslik, siyosatshunoslik, iqtsodiy fanlar bilan ham tutashib ketadi. Barcha ijtimoiy fanlar tarixiy aspektda muayyan mafkura bilan o‘zaro aloqada mavjud bo‘ladi. Binobarin, falsafaning biron-bir oqimi ijtimoiy hayotga munosabatda mafkura bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy hodisalarga mafkuraviy yondashuv esa ma’lum darajada uni ilmiylikdan uzoqlashtiradi. Zero, mafkura ijtimoiy borliqni muayyan-sotsial guruhlar, sinflar, millatlar manfaatlari ko‘zgusi orqasidan qarab ifodalashdir. Mafkura mazmunini siyosiy g‘oyalar tizimi va amaliy harakatlar dasturi tashkil etadi. Mafkuraning falsafaga ta’siri ayrim falsafiy oqimlar o‘rtasida murosasizlik vaziyatini vujudga keltiradi. Bu hol bir ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan boshqasiga o‘tilayotganda falsafaga nisbatan salbiy yondashuvlarni vujudga keltiradiki, bu falsafaning fan sifatida tan olmaslik oqibatidir. Ammo muayyan tarixiy davrda mafkura bilan bog‘lanib ketgan falsafiy oqimni falsafa fani bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi, ya’ni ayrim (bo‘lak) oqimni butun (falsafa fani) bilan almashtirish haqiqatga xilofdir.
SHuni ham aytish kerakki, falsafa barcha fanlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ularning dalillari, xulosalarini sintez qilib, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi va barcha fanlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Bugina emas, falsafa xatto mistika va din bilan ham aloqadordir. Demak, falsafa barcha yo‘nalishdagi fanlar va qarashlarni bir-biriga bog‘lovchi, ularni yo‘naltiruvchi alohida xususiyatga ega bo‘lgan fan hisoblanadi. Hamma insonshunoslik (gumanitar) fanlarning tadqiqot ob’ekti insonning ichki olami, ruxi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatning ma’naviy madaniyati hamda odamlarning o‘zaro munosabatlarining g‘oyaviy asosidir. Bu fanlar odamning ruxiy olamini matnlarda o‘rganadi. Odamzot fe’l-atvori imkoniyat darajasidagi o‘ziga xos matndir. Insonshunoslikda tadqiqotchi jonli odam ma’naviy olami, uning ruxi bilan to‘qnash keladi. Bunda tadqiqotchi o‘zi uchun qadriyatli dunyoqarash ta’sirida ish ko‘radi. O‘ar bir odam o‘zi bir kichik olam, uning narsa, hodisalarga o‘z qarashlari, baholashlari va shu asosda munosabat belgilashlari mavjud. Fan, avvalo falsafa bu individuallikning o‘ziga xos shakli va funksiyalarini o‘rganishi lozim bo‘ladi. Matnlarni o‘z ma’nosida anglash va qo‘llash uchun matnni tasdiq etish va begona individuallikka erishish san’ati sifatida germenevtika fani shakllangan. Germenevtika falsafa fanining tabiiy xususiyatlarini tushunishga imkon beradigan uslub (metod)lardan biridir. Matnlarni o‘z ma’nosida talqin etish va bahs-munozarali munosabatlar mohiyatini anglash san’ati sifatida germenevtika tadqiqotning falsafiy uslub (metod)lari bilan «qorishib» ketadi hamda o‘zi bilishning ratsional bosqichiga ko‘tarilib, falsafa maqomiga ega bo‘lib qoladi. Falsafa fan sifatida odam bilish faoliyatining yana bir turi bo‘lgan san’at bilan ham aloqadordir. Badiiy bilish shaxsiy tasnifga ega bo‘lgani sababli individual his-hayajonli komponent «ifoda ob’ekti»ning tarkibiy qismi bo‘lib qoladi.
San’at voqelikni obrazli idrok etish, shu tufayli u voqelikning o‘zidagi go‘zallikni bilishga qaratilgandir. San’atkorning ongli, o‘zgarmas qarashlari ob’ektni bir butunlikda anglashga qaratiladi. San’atdagi donolik falsafadagi kabi individuallik bilan tutashib ketadi. Buyuk faylasuflarning asarlari ham san’atkorniki kabi insoniyat tarixining turli davrlari uchun qo‘yilgan xaykaldek hayotni, olamni bir butun holatda anglashga imkon tug‘diradi. Olam va odam munosabatlariga bir xil qarovchi san’atkor shaxsi bo‘lmaganidek, falsafiy fikrlashda ham aynan bir xil shaxs bo‘lmaydi. Ularning har qaysisida ham muayyan masala (ob’ekt)ga umumiy qarashlar bo‘lishi mumkin, ammo u umumiylik individual shaklda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham bitta faylasuf asarlariga ixlosmand odamlar ham, ularni yoqtirmaydigan odamlar ham bir davrda yonma-yon yashaydilar. Faqat falsafada umuman olganda emotsional (his-hayajonli) quvvat san’atdagidan ozroq, ammo tabiiyotshunoslik va texnikashunoslik fanlaridan ancha ko‘proqdirki, shunga binoan, falsafiy fikrlash ham o‘ziga xos san’atga o‘xshab ketadi. Poetik va falsafiy asarlar muayyan bir davrdagi faqat taniqli shaxslarnigina qoniqtira oladi, boshqalarni esa qoniqtirmaydi, o‘zgacha aytganda, har ikkisiga munosabat odamlar didi, farosatiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Taiiyotshunoslik, texnikashunoslik fanlari asoslariga munosabatdaa san’atga va falsafaga xos reallikdan uzoqlashish xaqida gap bo‘lishi mumkin emas. Binobarin, falsafiy asarlar ham san’at asarlari kabi qiyofalikdir, odam-olam munosabatlariga shaxsiy qarashlar mevasidir. Olamning «falsafiy manzarasi»ni yaratishning o‘zi faylasufda go‘zallikni xis etish, olam ichiga kirib ketishni taqoza etadi. «Olam manzarasi»ning umumiy, falsafiy mazmunining o‘zi individ va insoniyat taqdirini baholash nuqtai nazaridan insoniy, emotsional munosabatni taqoza etadi. Ko‘pincha, ayniqsa SHarq falsafasi asarlari huddi badiiy asarlardek jozibali, inson qalbini o‘ziga rom etuvchan xususiyatga ega bo‘ladi. Zero, SHarq odamida obrazli tafakkur tarzi G‘arb odamiga nisbatan ustivorroq bo‘ladi. Ammo G‘arb odamlarida mantiqiy tafakkur tarzi SHarqqa nisbatan ustivorroq rivojlangandir.
Falsafaning yana bir tomoni shuki, unda narsa, hodisalarni tajriba yo‘li bilan emas, undan tashqarida – aql-idrok va faxm-farosat bilan mantiqan bilishga moyillik kuchli bo‘ladi. Buni fanda transsentalistik qarash deyiladi. Darhaqiqat olamda tajriba doirasiga sig‘maydigan, undan tashqaridagi narsa va hodisalar ham bo‘ladi. Zero, olam mohiyat e’tibori-ila mo‘‘jizadir. Masalan, kosmosda, boshqa yulduzlarda hayot borligini hozircha tajriba yo‘li bilan bilib bo‘lmaydi, ammo insoniyat fan-texnika sohasida to‘plagan tajribasiga tayanib turib, taxminan faraz qilib, uni mantiqan asoslay oladi. Bu esa yangi kashfiyotlar uchun o‘ziga xos yo‘l ochadi. YOki muhabbat xis-tuyg‘usini tajriba yo‘li bilan isbotlash qiyin. Odam o‘z «Meni»ni, chin hayoti, huzur-xalovati, orzu-armonlarini o‘zida emas, balki seviklisi – «Unda» ko‘radi, uning uchun yashaydi, o‘z hayot ma’nosini uningsiz tasavvur eta olmaydi. CHin muhabbat xis-tuyg‘usi har bir insonga bitmas-tuganmas quvvat (energiya) beradi, uni aql bovar qilmaydigan jasoratlarga, qahramonliklarga chorlaydi. SHuning uchun I.Kant «transsendental» so‘zidan «transsendent» so‘zini farqlashni maslahat beradi, ya’ni «transsendent»ga ko‘ra, bilish qiyin, ammo ishonish predmeti bo‘ladigan narsalar, xodisalar ham borki, ularni matematik o‘lchovlar doirasiga sig‘dirib bo‘lmaydi.Odamzot olamni to‘la-to‘kis bila olmaydi, faqat uning ayrim tomonlarining ichiga kirib boradi. qaerdaki, aql ojiz bo‘lib qolgan vaqtda va joyda transratsionallik yordamga keladi. Uning yordamida biz olam va qalbimizning birinchi asoslarini anglashga qodir bo‘lamiz. Borliq bilan qadriyat birligini anglash natijasida inson ma’naviy borlig‘iga ega bo‘lish mumkinligiga ishonch hosil etamiz. Masalan, xudoni bilish, ko‘rish mumkinmi? Ammo uni qadrlash, sevish, ishonish, unga o‘zini tavakkul qilish orqali odamzot o‘z borlig‘ini topishi mumkin. YOki bo‘lmasa, ezgulik yovuzlik ruhi ustidan tantana qilishiga ishongan odam o‘z-o‘zini anglab, hayot ma’nosini tushunib etadi va o‘zidan yaxshi nom qoldirish, saxovatli bo‘lish orqali chinakam borlig‘ini topa oladi. Odamzot o‘z kichik olami – «Men»ni katta odam – «U» - transsentent bilan bog‘lash orqali o‘z-o‘zini, inson zotiga mansubligini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Transsentlanish esa mistika bilan tutashib ketadi. Mistikani ko‘pincha faqat din bilan bog‘lashadi, bu, to‘g‘ri emas. N.A.Berdyaev mistikaning 2 ta tipi borligiga e’tiborni qaratadi: a) ruhiy tajribaga asoslangan; b) aql-idrok, bilishga asoslangan mistika. Mistika olamda sirli narsalar borligiga ishonchdir, biz bilishga ulgurmagan barcha narsa, hodisa aslida mo‘‘jiza sifatida namoyon bo‘ladi. Xaqiqiy mistika realizm bo‘lib, u olamning bizga ma’lum bo‘lmagan birinchi asoslarini bilishga qaratilgandir. Meditatsiya inson o‘z-o‘zini, ruxini poklash yo‘li bo‘lib, mistika bilan meditatsiyaning qo‘shiluvidan ilmiy-falsafiy imon yuzaga keladi. Bu imon orqali inson o‘z ichki olamini munavvar qilishga intiladi. Falsafa donolik, donishmandliknig o‘zi bo‘lib qolmay, yana hayot xaqida turmush tajribasiga tayanib donishmandlarcha fikrlash, donishmandlarcha yashashga intilishdir. SHu ma’noda falsafiy bilimlar egasi bo‘lmagan cho‘pon yoki dehqon ham o‘z aql-idroki, hayotiy tajribasi asosida dono fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin. SHuning uchun falsafaning tili sodda, ravon va ommaga tushunarli bo‘lgandagina u e’tiborli bo‘la oladi. Muayyan fan professori o‘z ixtisosligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, ammo hayot va uning ma’nosi xaqida donishmandlarcha fikrlay olmasligi mumkin. Zero, donishmandlik hayotiy tajribaga asoslangan chuqur aqldir. Faylasuf esa olam, unda odamning o‘rni xaqidagi bilimlarni muayyan tizimga soladi, olamni falsafiy idrok etishga imkon tug‘diradigan tushunchalar, kategoriyalar, tamoyillar, qonunlar, uslub (metod)lar haqida bilim berib, kadrlarda falsafiy fikrlash qobiliyati shakllanishiga yordamlashadi.
Xulosa: a) Falsafa barcha fanlar bilan bog‘liq xolda rivojlanadi va boshqa fanlar kabi uzoq tarixiy taraqqiyot natijasi sifatida mustaqil fanga aylangan; b) Falsafa fani tabiiyotshunoslik, jamiyatshunoslik, insonshunoslik, texnikashunoslik fanlari xulosalarini bir-biriga bog‘lab, insoniyatni ilmiy-falsafiy dunyoqarash egasi qiladi; falsafa fani insonshunoslik fanlari va san’atning rivojiga yo‘l ochadi; g) Falsafa donishmandlik yo‘llarini ravon qiladi, olam sirlarining ich-ichiga kirib borish imkoniyatini yaratish jarayonida mistika bilan bog‘lanadi;
Dunyoqarash kishilarning olam xaqidagi ahloqiy, falsafiy, xuquqiy, estetik, ilmiy, diniy va xokazo qarashlari majmuidan iborat. Dunyoqarashda kishilarning muayyan tarixiy davrdagi olam xaqidagi umumlashgan, yaxlit bilimlari aks etadi. Dunyoqarashning asosini insonning olamga munosabati tashkil etadi. Inson butun umri davomida o‘zini o‘rab olgan dunyoning mohiyatini anglashga harakat qiladi. Dunyoqarashning sub’ekti inson (individ), ijtimoiy guruhlar, sinflar, partiyalar, jamiyat a’zolari hisoblanadi. Dunyoqarash kishilarning nafaqat olamga, balki o‘z-o‘zlariga munosabatini ham ifodalaydi. SHu ma’noda dunyoqarashni inson tomonidan olamni va o‘z-o‘zini anglash jarayoni, deb hisoblash o‘rinlidir. Dunyoqarash o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
- Dunyoqarash olam va odam haqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlardan iborat. Unda olam, voqelikdagi turli o‘zgarishlar, taraqqiyot haqidagi o‘y-fikrlar, orzu-umidlar, his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, bilimlar aks etadi.
- Dunyoqarash kishilarning amaliy faoliyatlari jarayonida vujudga keladi va rivojlanadi. Inson faoliyati esa xilma-xil: mehnat, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohadagi xatti-xarakatlar; shu ma’noda dunyoqarashni anglash va faoliyatning uyg‘unligi tarzida ifodalash mumkin.
- Dunyoqarashda individ, ijtimoiy guruhlar, sinflar, millatlarning yashash sharoitlari, turmush tarzlari, ular hayotining tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy-ma’naviy omillari o‘z ifodasini topadi. Dunyoqarash kishilar ijtimoiy hayoti- ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi uzluksiz tarixiy jarayon bo‘lib, jamiyatdagi o‘zgarishlar, taraqqiyot unda o‘z ifodasini topadi. Turli ijtimoiy tuzumlarda dunyoqarashning o‘ziga xos mazmuni va shakllari vujudga keladi va taraqqiy etadi.
- Dunyoqarash olamning inson tomonidan anglanishigina emas, balki uning baholanishi hamdir. Alohida olingan kishilar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, millatlar o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda olamni anglaydilar, Undagi predmet, xodisalar, jarayonlarga o‘z munosabatlarini bildiradilar, ya’ni baholaydilar. SHu ma’noda dunyoqarash deganda uni tashkil etuvchi ikki elementni, birinchidan, olam haqidagi bilimlarni, ikkinchidan, inson hayotining muhim tomonini tashkil etadigan qadriyatlarni tushunmoq lozim. Inson olamni va o‘z-o‘zini anglashi, o‘z xatti-harakatlariga, maqsad va manfaatlariga boshqalarning nuqtai-nazarini hisobga olgan holda baho berishi uning dunyoqarashining qay darajadaligidan, qanchalik mustaqil fikr yurita olishidan dalolat beradi.
- Dunyoqarash o‘z ichiga dunyoni his qilish, dunyoni tushunish jarayonlarida hosil bo‘ladigan idrok, kayfiyatlarni ham qamrab oladi.
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjuddir. Uning birinchisini, kishilarning kundalik hayotini amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to‘plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini esa ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy bilimlar, g‘oyalar yig‘indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
Dunyoqarashning uzluksiz o‘zgarib, yangilanib, rivojlanib turuvchi jarayon ekanligini uning tarixiy tiplarining shakllanishi va almashinuvidan ham bilsa bo‘ladi. Dunyoqarashning tarixiy tiplariga mifologik, diniy va ilmiy-falsafiy dunyoqarashlar kiradi.
Mifologik (yunoncha – «mifos» - naql, rivoyatlar haqidagi ta’limot demakdir) dunyoqarash jamiyat taraqqiyotining eng boshlang‘ich davriga xos bo‘lib, unda olam hodisalari naqllar, rivoyatlar, afsonalar asosida tushuntiriladi. Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaqtda keng tarqalgan bo‘lib, uning kelib chiqish sababining asosini insonning o‘zini qurshab turgan olamni bilishga intilish yotadi. Mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz narsalar bir xil tarzda ifodalanadi. Unda dunyoning qanday paydo bo‘lganligi, olamning asosida nima yotishi, narsa va xodisalarning o‘zaro aloqadorligi afsonalar, ertaklar misolida ifoda qilinadi.
Mifologik dunyoqarashning xususiyatlari:
- Bu dunyoqarash insoniyat taraqqiyotining eng quyi bosqichlariga to‘g‘ri keladi. Unda tabiat insondan ajratilmagan holda tasvirlanadi, tabiat xodisalari jonlantiriladi, tabiatning mohiyati, xususiyatlari insonga xos bo‘lgan xislat-xususiyatlar asosida tushuntiriladi.
- Mifologik dunyoqarashda kishilarning olam to‘g‘risidagi fikrlari afsonaviy qahramonlar obrazlari orqali gavdalantiriladi. Mifologik dunyoqarashda hayot va hayol, fikr va his-tuyg‘u, bilim va badiiylik, ob’ektivlik va sub’ektivlik yaxlit xolda ifoda etiladi. Garchi ijtimoiy taraqqiyotning nisbatan keyingi bosqichlarida mifologik dunyoqarashning olamni anglash usuli sifatida etarli emasligi, kishilarni qanoatlantirmasligi ravshan sezilib qolgan bo‘lsa-da, u xalqlar ma’naviy madaniyatining shakllanishi va taraqqiyotiga barakali ta’sir ko‘rsatdi, oqibatda rivoyatlar, xalq eposi, afsonalar, naqllar adabiyot va san’at taraqqiyotida o‘z ifodasini topdi.
Mifologik dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki dunyosining manzarasi o‘zining dastlabki ifodasini topgan. Mifologik dunyoqarash bilan dastlabki sodda falsafiy qarashlar omuxtasi sifatida diniy dunyoqarash o‘z-o‘zidan shakllangan. Mifologiyada narsa va uning obrazi, moddiylik va ma’naviylik bir-biridan ajralmagan yaxlit holatda tavsiflansa, diniy dunyoqarash bularni bir-biridan ajratib tavsiflaydi. Diniy dunyoqarash tarixiy taraqqiyotning nisbatan keyingi bosqichlarida vujudga kelgan bo‘lib, u olamni, tabiiy va ijtimoiy xodisalarni ilohiy kuchlar ta’siri va mo‘‘jizasiga bog‘lab tushuntiradi. SHu bilan bir qatorda diniy dunyoqarash tabiat, olam borlig‘idan tashqari ilohiy borliqning mavjudligini tan oladi. Diniy dunyoqarashning xususiyatlari:
- Diniy dunyoqarashning mohiyatida Oliy ibtidoni barcha narsalar, butun olamning yaratuvchisi yoki birinchi sabab, deb tan olish yotadi.
- Diniy dunyoqarashning asosini diniy imon va e’tiqod tashkil etadi. Diniy imon Oliy ibtido (xudo, oliy ruh va h.k.)ga sig‘inishni, shuningdek, kishilar ongidagi diniy tasavvurlar, qarashlar, obrazlarni o‘z ichiga oladi.
- Diniy dunyoqarash, xissiy-emotsional xususiyatga egadir.
- Diniy dunyoqarash diniy aqidalarda o‘z ifodasini topadi, har bir dinning o‘z aqidalari mavjud.
- Diniy dunyoqarash tarkibiga sig‘inish, toat-ibodat qilish, urf-odat, rasm-rusum, marosimlar sistemasi kiradi.
- Diniy dunyoqarash na faqat inson ongiga, shu bilan birga uning ruhiyatiga qaratilgan bo‘lib, u turli xikmatlar, afsonalar, falsafiy fikrlar orqali shakllantiriladi.
Diniy dunyoqarash haqida fikr yuritganda, uning mazmunida kishilarning ahloq-odob haqidagi ming yillar davomida to‘plagan bilimlari va tarixiy tajribalari aks etganligini, din uzoq davrlar mobaynida odamlarni tarbiyalashga yo‘naltirilganligi, u odamlarni bahamjihat yashashga undaganligini unutmaslik lozim. Din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi ekanligini unutmagan va diniy qadriyatlarni hurmat qilgan holda, fuqorolarni, ayniqsa yosh avlodni zamonaviy, dunyoviy fanlar asosida dunyoqarashini shakllantirish zamon talabi ekanligini unutmaslik kerak. Mifologik va diniy dunyoqarashlarda falsafa unsurlari ham bo‘lib, dastlab eramizdan avvalgi to‘rtinchi, uchinchi ming yilliklarida qadimiy SHarq mamlakatlarida ilmiy fikrlar, u bilan bog‘liq ravishda olamni falsafiy anglash vujudga kela boshlagan.
Falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos tomonlari quyidagilardan iborat:
- falsafiy dunyoqarash olamni fan va aqlga asoslangan holda tushuntirishdir. SHu ma’noda falsafiy dunyoqarash dastlab ilmiy dunyoqarashning sinonimi tarzida vujudga kelgan.
- falsafiy dunyoqarash kishilarning olam haqidagi yaxlit tizimga solingan bilimlari yig‘indisidir. SHu ma’noda falsafiy dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson ma’naviy rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
- Falsafiy dunyoqarash olamni qanday bo‘lsa, shundayligicha, hech qanday qo‘shimchalarsiz tushuntiradi. Olam esa murakkab, u noorganik va organik olam, tabiat, inson va jamiyatni tashkil etuvchi narsalar, xodisalar yig‘indisidan iborat.
Ilmiy falsafiy dunyoqarashga muvofiq notirik va tirik tabiat, jamiki narsa va xodisalar, butun mavjudot doimo harakat, o‘zgarish, taraqqiyotda; olamda hech qanday narsa, hodisa yo‘qki, u o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lsin. Barcha narsa va xodisalar o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq, biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu bog‘liqlik, aloqadorlik ularning doimiy ravishda o‘zgarib, rivojlanib turishiga olib keladi.
- Ilmiy falsafiy dunyoqarash quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
- Ilmiylik,maqsadlilik,tarixiylik, g‘oyaviylik, mantiqiylik,nazariya va amaliyotning birligi,universallik.
- Falsafiy dunyoqarash kishilarning fikrlash madaniyatini, ichki ma’naviy dunyosini ilmiy asosda shakllantiradi.
- Falsafiy dunyoqarash insonning olamni, jamiyatni, unda o‘zining tutgan o‘rnini ilmiy anglash imkoniyatlarini beradi: kishilarda sodir bo‘layotgan vokea-xodisalarga mustaqil yondoshishni, o‘z fikri, nuqtai-nazariga ega bo‘lishni tarbiyalaydi.



1


Download 29,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish