So‘z birikmasi va gap
Bilib oling. So‘z birikmasi ham, gap ham so‘zlarning grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi. So‘z birikmasi biror narsa, belgi, harakat yoki holatni aniqlashtirgan holda anglatadi. Gap esa ma’lum bir fikrni, tasdiq yoki inkor hukmni ifodalab keladi. Gapning markazi kesimdir. U kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi. Masalan, qiziqarli mashg‘ulot - mashg‘ulot qiziqarlidir; oydin kecha – kecha oydindir; maqolani o ‘qimoq - maqolani o ‘qidim; qattiq sovuq – sovuq qattiq; o‘qishli asar – asar o‘qishli; gulning ochilishi - gul ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |