Bilib oling. Ikki va undan ortiq so‘z birikmasi bir so‘z birikmasiga birlashsa, so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi: o‘zbek tili + o‘zbek adabiyoti = o‘zbek tili va adabiyoti; o‘zbek xalqi + qozoq xalqi + turkman xalqi = o‘zbek, qozoq va turkman xalqlari. So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi mumkin. Bunda bir so‘z birikmasi tarkibidagi hokim so‘z ikkinchi birikma tarkibida tobe mavqeida bo‘la oladi. Masalan:
Paxta gulli chinni piyola - paxta gulli - chinnipiyola
Uchta paxta gulli chinnipiyola - paxta gulli chinni piyola – paxta gulli - chinnipiyola
Shimoldan esgan shamol - shimoldan esgan
Shimoldan esgan mayin shamol- shimoldan esgan– mayinshamol
Uch kundan beri shimoldan esgan mayinshamol - shimoldan esgan mayin shamol - uch kundanberi - shimoldan esgan - mayinshamol