1. Fonetik yozuv (tamoyil). Bu qoidaga muvofiq ba’zi so‘z va qo‘shimchalarni eshitganimiz bo‘yicha yozish demakdir. Bunda fonetik o‘zgarishlar hisobga olinadi: ko‘k+ga = ko‘kka; ikki+ov = ikkovi; og‘iz+im = og‘zim; so‘ra+q = so‘roq; yosh+a = yasha; kes+dir = kestir; ishlay ber (ishlayver), kela oldi (keloldi).
Kuldir, o‘tkaz, ko‘rgaz, tutqaz, eshittir, oldir (fe’lning orttirma daraja (nisbat) shakli)…kabi so‘zlar ham shu tamoyil asosida yoziladi.
2. Morfologik yozuv (tamoyil). Bu qoidaga ko‘ra so‘z asosi va qo‘shimchalar aynan, asliga muvofiq yoziladi: ketti emas ketdi, aytipti emas aytibdi; Toshkenttan emas Toshkentdan; ishka emas ishga; kulub, uchunchi, tug‘uldi emas kulib, uchinchi, tug‘ildi yoziladi.
Qo‘shma va juft so‘zlar ko‘m-ko‘k, qip-qizil (sifatlarning orttirma daraja shakli) kabi sifatlar, har vaqt kabi ravishlar ham morfologik yozuv qoidasi bo‘yicha yoziladi.
Morfologik yozuv eng yеtakchi va asosiy yozuvlardan biri hisoblanadi. Chunki bu tamoyil yozuvda bir xillikni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |