Esda saqlang. Bir umumiy bo‘lakka tobe bog‘lanuvchi, bir xil sintaktik vazifa bajaradigan, o‘zaro teng bog‘lovchilar va sanash ohangi yordamida bog‘langan, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi ikki yoki undan ortiq bo‘laklarga uyushgan bo‘laklar deyiladi.
Gap bo‘laklari ham, bo‘lakning bo‘laklari ham uyushib kelishi mumkin. Masalan, Rangi o‘chgan, umri kechgan kuz guli... egil (Cho‘lpon) gapida rangi o‘chgan, umri kechgan bo‘laklarining har ikkisi qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib, kuz guli bo‘lagiga tobe bog‘langan. Bu bo‘laklar o‘zaro sanash ohangi yordamida teng bog‘langan eganing aniqlovchilari sifatida bo‘lakning uyushgan bo‘laklari sanaladi.
Uyushgan bo‘laklar ishtirok etgan gaplar uyushiq bo‘lakli gaplar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |