shakldosh iboralar: boshga ko‘tarmoq-e’zozlamoq, boshga ko‘tarmoq-to‘polon qilmoq; ma’nodosh iboralar: boshi osmonda-og‘zi qulog‘ida-do‘ppisini osmonga otmoq (o‘ta xursand);
Boshi osmonga yetdi bilan boshi ko‘kka yetdi – bular ma’nodosh ibora hisoblanmaydi, balki bir iboraning ikki xil varianti.
zid ma’noli iboralar: ko‘kka ko‘tarmoq-yerga urmoq, oq ko‘ngil-ichi qora kabi.
paronim iboralar: yuragi tars yorilib ketayozdi (sabr, chidam tugab, xunob bo‘lib ketmoq) – yuragi qoq yorilayozdi (sevinib, juda kuchli hayajonlanmoq).
Tilshunoslikda paraforma iboralar degan atama ham mavjud. Bunday iboralarning leksik, ya’ni so‘z tarkibi bir xil bo‘ladi, faqat grammatik shakllari, ya’ni qo‘shimchalari farq qiladi. Masalan:
og‘ziga qaramoq – diqqat bilan quloq solmoq
og‘ziga qaratmoq – nutqi bilan mahliyo qilib olmoq
Demak, paronim iboralar tarkibidagi bir so‘zi bilan, paraforma iboralar esa tarkibidagi bir qo‘shimcha bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |