1-rasm.Buxoro viloyatining ekin maydoni tarkibi
Aholisi asoasan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, turkman, ozorbayjon, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 108,9 kishi to’g’ri keladi. Tuman hududining “Qo’riq cho’l tekislik” qismida deyarli doimiy aholi aholi yashamaydi.
Tuman hududining 1 km kv maydoniga 76 kishi. “ Madaniy tekislik” qismida 1 km kv maydoniga 405 kishi to’g’ri keladi. Tumanning Losha, Shergiron, Raboti Qalmoq qishloq fuqarolar yig’ini hududida aholi zich yashaydi.
Bog’ikalon, Yurinbolo qishloq fuqarolar yig’ini hududida aholi nisbatan siyrak yashaydi. Tuman aholisining 13 foizi shaharda yashaydi.
Aholisining xo’jalik faoliyatida Buxoro shahrining ahamiyati katta. Tuman aholisining ko’pchilik qismiga aloqa qilish uchun Galaosiyo shahriga nisbatan Buxoro shahri qulay va yaqindir.
Tumanda har yili 2400-2500 bola tug’iladi. Umumiy aholi hisobidan 480-500 kishi vafot etadi. Bolalar o’limi yildan-yilga kamayib bormoqda.
Aholi sonining ko’payib borayotganligi natijasida, mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash muammosi ham kelib chiqmoqda.
Buning uchun qishloqlarda kichik sanoat korxonalari, xususiy do’konlar, fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil etilmoqda.
Tuman aholisining 9000 nafari qariligi va salomatligi tufayli ishlay olmaydigan nogironlardir. Shulardan 282 tasi urush qatnashchilari, 222 tasi Afg’on urushida qatnashgan, 25 tasi Chernobil halokatida bo’lgan kishilarni tashkil etadi.
Aholi punkti
Galaosiyo shahri – Buxoro tuman markazi. U Buxoro shahridan shimoldagi Buxoro – Toshkent avtomobil yo’lining 9 – kilometrida joylashgan. Shahar tumanning rivojlanayotgan, iqtisodiy va madaniy markazidir.
Galaosiyo qishlog’i 1974 yil 23 dekabrda shahar posyolkasiga aylantirildi.
1981 yil avgust oyida tuman ahamiyatiga ega bo’lgan shahar nomini oldi.
Odatda tumanga bo’ysunuvchi shahar bo’lishi uchun quyidagi shartlar hisobga olinadi:
1. Aholi soni 7000 dan kam bo’lmasligi.
2. Aholining uchdan ikki qismidan ko’prog’i ishchi va xizmatchilardan iborat bo’lishi.
3. Sanoat korxonalari, kommunal xo’jalik tashkilotlari, Davlat uy-joy fondi, o’quv yurtlari, madaniy-ma’rifiy, tibbiy, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish tashkilotlari bo’lishi kerak.
Galaosiyo shahri ham yuqoridagi shartlarga javob beradigan, viloyatdagi eng yosh shaharlardan biridir. Uning yer maydoni 754 gektar. Aholisi 13445 kishi. Shundan erkaklar 6434 ta bo’lib, bu 48 foizni, xotin-qizlar 7011 ta bo’lib, bu 52 foizni tashkil etadi.
Shahardagi oilalar soni 2556 ta. Jami ishga yaroqli kishilar soni 6261 ta bo’lib, bu shahar aholisining 46,2 foizini tashkil etadi.
Aholining 17 yoshgacha bo’lganlar soni 5151 ta bo’lib, bu shahar aholisining 38,3 foizini, keksa va nogironlar 1060 ta bo’lib, bu shahar aholisining 7,1 foizini tashkil etadi.
Hozir shaharda 3 qavvatli hokimlik binosi, 5 ta umumiy ta’lim maktablari, 11 ta bolalar bog’chasi, 8 ta hunar – texnika bilim yurti, 1 ta madaniyat saroyi, 4 ta kinoteatr 1 ta istirohat bog’i, 1 ta maishiy xizmat uyi va uning filiallari, 3 ta to’qimachilik, 4 ta gilam to’qish, 3 ta oq juvoz, 33 ta kichik sanoat ishlab chiqarish korxonasi, 3 ta zavod, 1 ta keng tarmoqli shifoxona, 1 ta baxt uyi, pochta-telegraf, xalq ta’limi bo’limi, prpkuratura va sud binolari, non kombinati va bir necha qurilish tashkilotlari bor.
Aholining xonadonlari tabiiy gaz, vodoprovod va radiolashtirilgan. 50 foizga yaqin aholi xonadonlariga telefon o’tkazilgan. Ayniqsa, yangicha sharq uslubdagi qurilgan savdo do’konlari shahar chiroyini ochmoqda.
Galaosiyo shahri tarkibida Gala-osiyo jamoa xo’jaligini tashkil etgan. Mazkur aholi punktlari kuchiga tayangan holda tashkil etilgan va faoliyat ko’rsatayotgan jamoa xo’jalik yer maydonlarining eng unumdor qismida joylashganligi bilan xarakterlanadi.Jamoa xo’jaligi, asosan “Galaosiyo” sharob zavodiga mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Turli xildagi sharobbop uzum mevalari yetishtirilgan. Uzumlarning sifatligi bilan viloyatdagi mashhur jamoa xo’jaliklaridan biridir.
Ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturida 2 ta yaltiroq g’isht ishlab chiqarish sexi, 1 ta ma’danli suv ishlab chiqarish, 2 ta tegirmon, 2 ta sovutgich tuzatish, 3 ta mashina tuzatish ustaxonasi, 4 ta nonvoyxona, 7 ta g’isht do’koni, 3 ta sartaroshxona, 2 ta yog’ juvoz tashkil etish, xalq ta’limi uchun 180 o’rinli qo’shimcha bino, 844 o’rinli yangi maktab, 40 o’rinli bolalar bog’chasini qurish rejalashtirilgan.
Buxoro viloyati Respublikamizning muhim qishloq xo’jaligi rayonlaridan biridir. Bu yerda, ayniqsa, paxta yetishtirish, qorako’lchilik yaxshi rivojlangan. Dehqonchilik jami qishloq xo’jalik mahsulotining 55,1 foizini, fermer xo’jaliklari esa ushbu mahsulot hajmining 28,9 foizini ta’minlaydi.
Viloyatning cho’llik xususiyati bu yerda “foydali yer” koeffistentining pastligiga sabab bo’lgan. Masalan, jami 4197,3 ming gektar yerdan 2807,4 ming gektari yoki 66,9 foizi qishloq xo’jalishgida foydalaniladigan yerlarga to’g’ri keladi. Ularning katta qismi esa ekstensiv chorvachilikka xizmat qiluvchi pichanzorlar va yaylovlardan iborat. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar ulushi Buxoro, Vobkent, Romitan, G’ijduvon va Qorako’l kabi tumanlarda ancha yuqori.
Intensiv qishloq xo’jaligi, xususan dehqonchilikni rivojlantirishda sug’oriladigan yerlarning ahamiyati katta. Bunday yerlar viloyatda 227 ming ga yoki jami qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning 8,1 foizini tashkil qiladi. Ko’rinib turibdiki, bu raqam nihoyatda past bo’lib, yuqorida qayd etilgan Buxoro viloyatining eng muhim cho’llik xusuiyatini isbotlab beradi.
Sug’oriladigan yerlar vohalarda, ya’ni Buxoro–Qorako’l vohasida joylashgan. Binobarin, ularning hissasi Vobkent, Kogon, Buxoro tumanlarida kattaroq. Eng kam sug’oriladigan yerlar tumanlarning qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlariga nisbatan hisoblaganda Buxoro, Jondor, G’ijduvon, Qorako’l va boshqa cho’l tumanlarida qayd etiladi.
Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning atigi 7,1 foiziga ekin ekiladi. Ayni vaqtda, bu ko’rsatgich Kogon, Vobkent tumanlarida 64-74 faizga etadi. Buxoroda esa u bor – yo’g’i 2,0 % , Qorako’lda – 4,8%, G’ijduvonda – 5,3% va h.k. Cho’lda, albatta, yaylov va pichanzorlar ko’p bo’ladi. Shu bois, ularning hissasi 91,9 foizga barobardir. Ayniqsa, bu ko’rsatkich Buxoro tumanida yuqorida -97,8 %, Vobkent va Kogon esa u ancha past.
2000-yilda viloyatning jami ekin maydoni 240 ming ga atrofida bo’lgan. Uning 81 ming gektariga g’alla, 120 ming ga paxta, 16 ming ga em-xashak, 7 ming gektariga sabzavot ekiladi. Bir yilda o’rtacha 330-350 ming t g’alla, 350-400 ming t paxta, 150 ming tonna turli xil sabzavotlar olingan; hosildorlik g’alla yetishtirishda 40,3 st, paxtada 27,3st/ ga ni tashkil qilgan. Shuningdek, bir yilda 180-190 ming dona qorako’l terisi, 2200 tonna pilla tayyorlangan. 2013 yilda esa vaziyat quyidagicha bo’lgan: jami ekin maydonlari 241 ming ga, uning 200 ming gektari fermer xo’jliklariga berilgan. Donli ekinlar (asosan bug’doy ) maydoni 93 ming ga, yalpi hosil 628 ming tonna, hosildorlik 60,4 st/ga. Shundan bug’doy- 55 ming t, hosildorlik- 60,5 st/ ga. Paxta maydoni 110 ming ga, yalpi hosil 350 ming tonna atrofida, hosildorlik 31,5 st/ga teng bo’lgan. Demak, ko’rinib turibdiki, so’nggi yillarda jami ekin maydonlari kam o’zgargan, g’allaga ko’proq yer ajratilgan, paxta maydoni esa biroz qisqargan; hosildorlik g’alla va paxta etishtirshda oshgan.
Viloyada kartoshka etishtirish uncha rivojlanmagan. Bu ekinga 4,2 ming ga yer ajratlib, undan 142 ming tonnadan ko’proq hosil olinadi. Sabzavot maydoni esa 7,8 ming ga, yalpi hosil- 438 ming tonna. Ularning asosiy qismi dehqon xo’jaliklarida yetishtiriladi. Em-xashak ekinlarining umumiy maydoni jami ekin maydonlarining 9,8 %ini tashkil qiladi, mevazorlar 11,7 ming ga, uzum-9,7 ming gektarda yetishtiriladi.
2013 yil.01.01. holatiga yirik shoxli qoramollar soni 101563 bosh, qo’y va echkilar 118699 bosh bo’lgan. 2000 yilda nisbatan 2013 yilda chorva mollarining sani ancha ko’paygan. Masalan, o’sha yilda yirik shoxli qoramollar 430 ming, qo’y va echkilar 840 ming bosh bo’lgan ( bu borada Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari bilan birga respublikamizda ajralib turadi).
2013- yilda go’sht ( tirik vaznda) 162 ming tonna, sut 625 ming t, tuxum 217,5 mln. dona jun 3120 t, qorako’l terisi 384 ming dona, pilla 3100 t hajida olingan. Bu raqamlar 2011 yil ko’rsatkichlari bilan solishtirilsa, chorvachilik sohasining ham so’nggi yillarida ancha rivojlanganligini ko’rish mumkin. Bevosita agroiqtisodiyotga kelsak, bunda Buxoro, G’ijduvon, Qorako’l va Jondor tumanlarining viloyat qishloq xo’jaligida yuqori o’rinlarni egallashi kuzatiladi. Ularning har birini ulushini 10-11 foizga teng, eng kam ko’rsatkich Qorovulbozor tumaniga tegishli. Jon boshiga hisoblaganda esa biroz o’zgacha holatlar ko’zga tashlanadi: Bu ko’rsatkichlar Kogon, Buxoro, Olot va Qorovulbozor tumanlariga yuqori, Shofirkon, G’ijduvonda pastroq darajada.
Qishloq xo’jaligi mahsultlarining hududiy tarkibi keltirilgan. Uning tahliliga ko’ra, boshoqli don yetishtirishda G’ijduvon, Vobkent va Qorako’l; bog’dorchilikda-Vobkent, Jondor, Buxoro va G’ijduvon; uzumchilikda- Buxoro va Shofirkon; yirik shoxli qoramollar soni bo’yicha Qorako’l va Jondor; qo’y va echkilar sonida ham tumanlar yetakchilik qiladi. Parrandachilik, asosan, Kogon tumanida, shahar atrofi qishloq xo’jaligi Buxoro va Vobkent tumanlarida rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |