Hayvonot dunyosi
Tuman hududi cho’l va vohadan iborat, shu sababli hayvonlari ham cho’lga va vohaga xos hayvonot dunyosiga egadir.
Cho’llarda sudralib yuruvchilar sinfi vakillari ustunlik qiladi. Turkiston gekkoni, cho’l agamasi, har xil kaltakesaklar, sariq ilon, gyurza, o’q ilon, charx (efa) singari zaharli ilonlar uzunligi 1-1,5 metr keladigan echkiemarlar, cho’l toshbaqasi uchraydi.
Sut emizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar ham uchraydi. Cho’ldagi ko’rkam, noyob hayvon Buxoro bug’usi, jayron, (xongul), tulki, bo’ri, chiyabo’ri, toloy quyoni, qo’shoyoq, yumronqoziq, tipratikan, sayg’oq va qumsichqonlar yashaydi.
Tumanimiz hayvonlaridan quyidagilar “Qizil kitob” ga kiritilgan. Baliqlardan Orol dengizida yashagan, urchish uchun Amudaryoga chiqqan Orol shipi – 1962 yilda Amu-Buxoro mashina kanali orqali bizning hududimizdagi suvlarga kelib qolgan.
(2-14 yoshga voyaga yetadi). Orol shipi 23 yoshda 20 -30 og’irlikda bo’ladi. Qisqichbaqasimonlar va molyuskalar bilan ovqatlanadi. May oyining ikkinchi yarmidan boshlab uvildiriq sochadi. Uvildiriq soni 280-570 ming. Uni suv tubiga, toshlar orasiga yoki taqir yerga qo’yadi. Orol shipi ( Baqra) baliq sanoati ahamiyatiga ega emas.
1.2. Buxoro tumanining Buxoro viloyati iqtisodiy-ijtimoiy hayotida tutgan
o’rni va ahamiyati
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10 mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Prezidentimiz Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.
So’nggi yillarda viloyatda ishlar yanada keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2016 yilda viloyat iqtisodiyotida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlanib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,9 foizga oshdi. Viloyat yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 67,9 foizni tashkil etdi.
Buxoro viloyatida yetishtirilgan paxta tolasini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxona ishga tushgach, 400 ga yaqin ish o’rni yaratiladi. Korxonaga Shveystariyaning “Ritter” kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy va energiyatejamkor texologiyalarni o’rnatish ko’zda tutilgan.
Mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida paxtani qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda. Bu hududda yetishtirilgan paxta tolasini shu yerning o’zida qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyati kengaymoqda. Bugun Buxoroda etishtirilayotgan paxta tolasining qayta ishlanmoqda. Yangi loyiha bo’yicha viloyatning 7 shahar va tumanida 13 yirik sanoat korxonasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu viloyatda yetishtirilgan paxta tolasining 65 foizini qayta ishlash, 5 mingga yaqin ish o’rni tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
Dasturni bajarish uchun mamlakatimiz tijorat banklari mablag’lari va chet el investistiyasini jalb qilish rejalashtirilgan.
Yerdan unumli foydalanish, tutzorlar barpo etish bo’yicha yangi loyiha taqdimoti ham bo’lib o’tdi. Mamlakatimizda yetishtirilgan ipak tolasiga dunyo bozorida talab yuqori. Davlatimiz rahbari mazkur sohani yanada rivojlantirish, tutzorlarni ko’paytirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi. Bu boradagi ishlarni tizimli yo’lga qo’yish maqsadida tashkil etilayotgan “O’zbekipaksanoat” uyushmasining tarkibiy tuzilmasi bilan ham tanishdi.
Buxoro, Peshko’, Romitan, Olot tumanlarida tashkil etilayotgan chorvachilik xo’jaliklari loyihalari haqida ma’lumot berildi.
(2013 yil, foiz hisobida)
100 %
Do'stlaringiz bilan baham: |