Bir taraflama bitim – FKning 102-moddasiga muvofiq, bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga ko`ra, bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo`lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi. Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlarni keltirib chiqaradi.
Bir umrga ozodlikdan mahrum etish – jinoiy jazo turi. Faqat hayotga suiqasd qiluvchi o`ta og`ir jinoyat uchun belgilangan o`lim jazosiga muqobil chora sifatida nazarda tutiladi va sud so`nggi jazo chorasini qo`llamaslik mumkin deb hisoblangan hollarda belgilanadi. O`zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab o`lim jazosining bekor qilinishi bilan jazo chorasi sifatida qo`llanishi nazarda tutilmoqda.
Bitim – fuqarolik huquqida fuqaro va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o`rnatish, o`zgartirish va tugatishga qaratilgan harakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |