О`ZBЕКISTОN RЕSPUBLIКАSI ОLIY VА O`RТА МАХSYS ТА`LIМ VАZIRLIGI
BUХОRО ОZIQ-ОVQАT VА YENGIL SАNОАT ТЕХNОLОGIYASI INSТIТYТI
« IJTIMОIY FАNLАR » КАFЕDRАSI
«HUQUQSHUNОSLIK» FАNIDАN
МА`RUZАLАR МАTNI
Buхоrо – 2007yil
Ushbu ma`ruzalar matni 2005 yilda O`zbekiston Milliy Universiteti 3huquqshunoslik fakulteti tomonidan ishlab chiqilgah namunaviy dastur asosida tayorlandi. Unda davlat va huquq nazariyasi, ma`muriy huquq, fuqarolik huquqi, oila huquqi, mehnat huquqi, iste`molchilar huquqi, jinoyat huquqi masalalari yangi adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar asosida yoritilgan. Ma`ruzalar matni barcha yo`nalishdagi bakalavriat mutaxassisliklar talabalariga mo`ljallangan.
Buxoro oziq –ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi yig`ilishida muhokama qilindi va qo`llanma sifatida institut uslubiy kengashi muhokamasiga tavsiya etildi.
Bayonnoma № 12 2006 yil 13 - yanvar
Bux OO va ESTI uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlangan
N....... sonli majlis bayoni, 2006 yil ..........
Tuzuvchi: Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi
instituti dotsenti, tarix fanlari nomzodi,
Beshim Tangriyevich Mirzaqulov
Taqrizchi: Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi
instituti katta o`qituvchisi Latofat Saydullayevna
Sultonova
Buxoro Davlat Universiteti katta o`qituvchisi
Madina Qurbonovna Janobilova
K I R I SH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin oldimizda iqtisodiy taraqqiyotning qaysi yo`lini tanlash masalasi turgan edi. Bu masalada hech qanday ikkilanishlarsiz yurtboshimiz O`zbekistonning o`ziga mos, o`ziga xos ravishda bozor munosabatlari tizimini qaror toptirish yo`lini e`lon qildi. Bu borada eng muhim vazifalardan biri –bu bozor munosabatlarining huquqiy asosini yaratish edi. Chunki bozor tizimi nafaqat iqtisodiy munosabatlar, balki bu munosabatlar sub`yektlari hatti harakatlarini tartibga soluvchi yuridik me`yorlar ham hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 53-moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirish iqtisodiyotning asosiy yo`nalishi sifatida belgilab qo`yildi va uni huquqiy ta`minlash tamoyillari ham o`z ifodasini topdi. Binobarin, Asosiy Qonunimiz bu borada yetakchi manba hisoblanadi.
Demokratik huquqiy davlatni vujudga keltirishning asosiy shartlaridan biri jamiyat a`zolarida zarur darajadagi huquqiy madaniyatni shakllantirishdir. Ayniqsa, talaba yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirish bu borada o`zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Talaba yoshlarning huquqiy madaniyati haqida gap borganda, birinchidan, uning o`z huquq va majburiyatlarini bilishi, tushunishi va to`g`ri anglashi, ikkinchidan, bulardan amaliy faoliyatida foydalanish haqida fikr yuritmoq lozim. Talabalar huquqiy madaniyatining asosiy elementlaridan biri-bu huquqiy faollikdir. Huquqiy faoliyat yoshlarning huquqiy savodxonlik, huquq va qonunlarga bo`lgan hurmatiga tayanadi. Huquq jamiyatdagi barcha munosabatlarni tartibga solar ekan, huquqiy hulq-atvor va faoliyat kelajakda respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini rivojlantirishda muhim rolь o`ynaydi. U yoshlarimizga o`zlarining mehnat, dam olish, siyosiy va madaniy hayotdagi shaxsiy huquqlari, qiziqishlarini qondirishda qonunlardan foydalanishga imkon yaratadi.
Oliy maqsadimiz adolatli demokratik jamiyat barpo etish ekan, eng avvalo, har bir fuqaro o`z huquq va burchlarining mazmun-mohiyatini, qonunlarning manfaatimizga xizmat qilishini chuqur anglab olib, haq-huquqlarimizdan to`g`ri va odilona foydalana bilishimiz kerak.
Prezidentimiz I.Karimov “O`zbekiston-kelajagi buyuk davlat” asarida shunday yozgan: “Endilikda inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmatini va boshqa ajralmas huquqi hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi. O`zbekistonda huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolar jamiyatini shakllantirish siyosatimizning oliy maqsadidir”. Demak, bunday davlatni vujudga keltirish uchun butun aholini huquqiy ongini yanada yuksaltirish, huquqiy madaniyatni har tomonlama rivojlantirish, huquqiy faollikni oshirish lozim. Zero, demokratiyaning eng muhim tamoyillaridan biri qonuniy-huquqiy zamin yaratilishidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, huquqni o`rganish, uning turli sohalarini chuqur tahlil eta bilish va huquqiy xulosa chiqara olish bugunning muhim vazifalaridan biridir. Huquqshunoslik fanini o`rganish bu vazifani ado etishda talaba-yoshlarga yaqindan yordam beradi degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |