Бухоро мусиқа фольклорининг тарихий- назарий ва амалий масалалари



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/132
Sana22.04.2023
Hajmi2,52 Mb.
#931061
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   132
Bog'liq
2727 1 8FAAC8D54443D577FE4AE489E38E20EFBF56A0FD

Адабиётлар: 
1.
“Соғлом авлод йили” давлат дастури. Ўзбекистон Республикаси қонун
ҳужжатлари тўплами. 2014-й. 
2.
Каримов И. А. “Юксак маънавият – енгилмас куч” Т: Маънавият. 2008- йил 
173 б. 
3.
“Халқ сўзи” рўзномаси Т. 8.01. 2008 -йил 4- б. 
4.
Ражабов И “ Мақомлар” Т: Санъат. 2006-йил 345 б. 
5
Д. Соипова Мусиқа ўқитиш назарияси ва методикаси .Ўқув- 


92 
методик қўлланма Т.: – 2009 224 б. 
6
Ҳ.Нурматов ва бошқа. 2-синф Мусиқа Т.: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ 2001 
йил 97-98 б. 
YOSHLAR MA’NAVIY SALOHIYATINI YUKSALIB BORISHIDA 
SAN’ATNING TUTGAN OʻRNI 
Qayumov I.F., 
BuxDU Musiqa ta’limi kafedrasi katta 
o‘qituvchisi, E-mail: 
i.f.qayumov@buxdu.uz 
 
Annotatsiya
Oʻzbek xalqi juda qadimiy va boy madaniy-ma’naviy 
qadriyatlarga ega. Milliy ma’naviyatimizning asl ildizlari, tomirlari qadim-qadim 
zamonlarga borib taqaladi. Milliy ma’naviyatimiz shakllanishi va takomillashuvida 
oʻzbek xalqining asrlar va ming yillar davomida yaratgan, koʻz qorachigʻidek asrab-
avaylab, sayqal berib, boyitib kelgan mazmunan boy va shaklan xilma-xil ogʻzaki 
ijodiyoti tag zamin boʻlib xizmat qildi. U oʻzining boshlangʻich asosini qadimiy 
mifologiyadan, xalq ijodidan olgan. Ushbu maqolada yoshlar ma’naviyatini milliy asosda
shakllantirishda xalq ijodiyotining o’rni atroflicha o’rganilgan.
Kalit so‘zlar
: xalq ijodi, qadriyat, mif, afsona, mashg’ulot, ma’naviyat, san’atkor.
 
Хalq ogʻzaki ijodiyoti dostonlar, ertaklar, qoʻshiqlar, asotirlar, naqllar, 
rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, xikmatlar, qayroqi soʻzlar, topishmokdar, toʻy 
va aza qoʻshiqlari, laparlar, oʻyinlar, teatrlar, musiqa, oʻlanlar va termalarni, aytimlar, 
olqish va qargishlarni ham oʻz ichiga oladi. Хalq ijodiyotining bu qadar keng va xilma-
xilligi oʻzbek xalqining ma’naviyati, dunyoqarashi, tafakkurlash madaniyati naqadalar 
boyligi va qadimiyligidan dalolatdir.
Oʻzbekiston Miflar, afsonalar, qahramoilik dostonlari, toʻy va sayllarda, xalq 
yikinlarida, bayramlarda, sayru safarlarda aytiladigan qoʻshiqlar, kuy-ohanglar, termalar, 
aytishuvlar, masal va topishmoqlar - bularning hammasi oʻzbek xalq ogʻzaki 
ijodiyotining uzoq tarixsa ega boʻlgan sohalaridir.
Bebaho ma’naviy boylik boʻlmish ogʻzaki ijodiyotning ham, yozma 
ijodiyotning ham yaratuvchisi-ijodkori, asrlardan-asrlarga avloddan-avlodga, davrdan-
davrga oʻtkazib pardozlovchisi keng xalq ommasidir.
Хalq doim yaratgan, yaratishdan hech qachon toʻxtagan emas. Yaratish, ijod 
qilish - xalqqa xos xususiyatdir. Хalq ommasi baxtli-saodatli kunlarida ham, boshiga 
musibat tushgan kezlarda ham yaratishdan, kelajakka tomon intilishdan, orzu-umidlar 
bilan yashashdan, ham moddiy, ham ma’naviy boyliklar yaratishdan zinhor va bazinhor 
toʻxtamagan. U mehnat va mehnatkashlar xaqida, baqodirlar toʻgrisida, uzoqni yaqin, 
mushkulni oson qiluvchilar, hayotini ezgulikka, elu yurt obodonligi yoʻliga baxshida 
etganlar toʻgʻrisida, odamxoʻr, zolim devlarni, hayot kushandasi boʻlgan ajdaholarni, 
yalmogʻiz kampirlarni daf etuvchi alp yigitlar, suvda choʻkmas, oʻtda yonmas 
qahramonlar haqida kuylagan.
Хalqning orzu-umidi, quvonch-tashvishlari, shodlik, baxtiyorlik onlariyu, 
qadr-qiymati, ma’naviy-axloqiy gʻoyalari, dunyoqarashi, falsafiy- huquqiy tushuncha va 
tasavvurlari, olam haqidagi bilim-boyliklari uning ogʻzaki ijodida oʻz ifodasini topgan.
Хalq ogʻzaki ijodiyoti-oʻtmish davrlar va uning ijodkorlari xaqida ma’lumot 
beruvchi ma’naviy boylik, xalq daxosining koʻzgusi, hikmatlar xazinasidir.


93 
Ogʻzaki ijodiyotning jamiki boyliklari, bebaho asarlari, odobnoma va odatnomasi, 
hikmatlariyu afsona va rivoyatlari “xalq koʻnglidagi qaygʻu - hasrat va shodlikning 
yoʻldoshi, uning bilim qomusi, uning diniy va falsafiy kitobi” dir. Dunyoda hikmat 
durdonalari yaratmagan, ularni asrlar osha javohirday asrab, avaylab, sayqal berib, dilida, 
tilida iymon-e’tiqodla saqlab kelmayotgan birorta xalq yoʻq. Oʻzbek xalq ogʻzaki 
ijodiyoti, uning dunyoga kelishi, rivojlanishi, oʻtmishda roʻy bergan voqea-hodisa va 
jarayonlarni badiiy, falsafiy aks ettirishi, ildiz-ildizlari bilan real voqelikka bogʻliqligi 
haqida ham shunday deyish mumkin.
Oʻzbek xalqi jahondagi barcha xalqlar kabi moddiy boyliklarninggina emas, 
ma’naviy boyliklarning ham asoschisidir. U oʻzining peshona teri, tafakkur quvvati, 
qobiliyati va istedodi bilan asrlar osha tarix ijodkori sifatida madaniy, ma’naviy, ma’rifiy, 
falsafiy, huquqiy taraqqiyotga keng imkoniyatlar yaratdi. Uning ogʻzaki ijodiyot 
borasidagi hal qiluvchilik roli bebahodir. Inson ruhiy-ma’naviy olamini oʻziga xos tarzda 
ifodalaydigan, voqelikning badiiy in’ikosi boʻlgan dostonlar va ertaklarning, maqollar va 
matallarning, bahodirlar, qahramonlar haqidagi goʻzal rivoyat va afsonalarning, 
sehrlovchi kuch va moʻ’jizakor ta’sirga ega boʻlgan kuylar, gʻazallar, aruzlar, 
baytlarning, kishilarga ezgulikdan, odob –axloqdan, iymonu e’tiqoddan yoʻl-yoʻriq, 
hayotiy saboq beradigan hikmatlar, pandnomalar va zarbulmasallarning, falsafiy oʻgit va 
dasturlarning, xullasi kalom, ogʻzaki ijodiyot hamma shakllari va turlarining 
asoschilaridan biri-oʻzbek xalqidir.
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining namoyon boʻlish shakllari, muhim janrlaridan 
boʻlgan ertaklar, rivoyatlar, dostonlar va asotirlarni oʻqir ekanmiz, xalqimizda voqealarni 
oldindan koʻra biluvchi ajoyib tafakkur, bashoratgoʻylik qobiliyati va iste’dodi bor 
ekanligini, u hech orzu-niyatsiz yashamaganligini, har doim istiqbol sari intilganligini 
bilib, chuqur anglab olamiz. 
Ogʻzaki ijodning, uning tarkibiy qismi boʻlmish ertak va afsonalarning, xalq 
tafakkuri boyliganing har qanday turi ma’nosi zamirida ularning ijodkori boʻlgan xalq 
ommasining muayyan maqsad va niyatlari, jismoniy mehnatni yengillashtirish va 
turmush sharoitlarini yaxshilashga boʻlgan intilishlari yashirinib yotgan boʻladi. Ular 
xalq ommasining talab va ehtiyojlari asosida vujudga kelish bilan bir qatorda, oʻz 
navbatida uning oʻzi kishilarning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga turtki vazifasini ham 
oʻtagan, odamlarni ahillikka, hamkorlikka, doʻst-birodarlikka, jamoa boʻlib yashashga 
mehr-oqibatli boʻlishga oʻrgatgan. Ish unumini oshishiga, tabiatning xatarli kuchlariga 
ta’sir etishda odamzotga yordam bergan. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish