131
bolalarga nisbatan oson kichadi. Ya’ni,mutasuyada ko’p hollarda qizlarning ovozida
nisbatan o’zgarish kamroq bo’ladi, hatto yoshligidagi ovozi mutasiya davri o’tgach ham
deyarli o’zgarishsiz qolishi mumkin. Demak,qiz bplaning ovozi bilan mutasiya davrida
ishlash nisbatan osondir. Ammo, ovozga nisbatan talab va mas’uliyat o’g’il bolaga ham
qiz bolaga ham har qanday halatda bir xilda bo’lishi shart deb o’ylaymiz.
O’gil bolalardagi mutasiyaning xavotirli bir holati bor. Mutasiyadan keyin bolaning
ovozi qanday shaklga kelishini oldindan bashorat qilishning deyarli iloji yo’q.
Ehtimol,shuning uchun bo’lsa kerak,Qadim zamonlarda balog’atga etmagan Bolani
xonandalikdan shogirdlikka qabul qilishmagan. Talaba ovozini an’anaviy xonandalikka
moslashtirishda undagi tabiiy sadoga imkon qadar putur etkazmaslik talab etiladi.
Har qanday ovozning o’ziga xos yaxshi shakllangan, auni vaqtda hali
shakllanmagan taraflari bo;lib,ular shubhasiz ma’lum pard ava ohanglarda o’z ifodasini
topadi. Ovoz bilan ishlayotgan o’qituvchi asosan yaxshi shakllangan, nisbatan tiniq ovoz
registriga alohida e’tibor berishi, ovozdagi qolgan pardalar tiniqligini ana shu
shakllangan pardalar darasiga yaqinlashtirishga intilishi maqsadga muvofiqdir.
Talaba ovoziga xos yana bir xususiyati, ta;bir joiz bo’lsa, murakkablik shundaki, bu
ovozlarda biz diyorimizda mavjud xilma-xil an’anaviy ijro yo’nalishlarining ta’siriga
duch kelamiz. Ovoz bilan ishlash jarayonida bu factor juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Chuki, talaba ovozidagi bu xususiyatni imkon qadar boyitib,ayni vaqtda o’zi
tarbiyalangan ijro yo’nalishini ham rivojlantirib borish ovoz tarbiyasining eng zarur
omillaridan biridir. Xonanda ovozining bu yo’sinda tarbiyalash, chiniqtirib boorish uning
ma’naviy va axloqiy barkamol bo’lishini ham ta’minlaydi.
Har bir ustozning ulug’ maqsadi o’zi tarbiyalayotgan talabaning salohiyati/ ijroviy
mahorati yordamida mumtoz an’anaviy ijro maktablarini tiklash, rivojlantirish va yangi
ijroviy yo’nalishlarni kashf etishdir.
Adabiyotlar
1. H.Nurmаtоv, О. Ibrоhimоv, А.Mаnsurоv vа bоshqаlаr.1-7 sinflаr musiqа
dаrsliklаri. T. 1999, 2000. 2001, 2002, 2003, 2007, 2008 y.
2.Gulnоrа Shаripоvа.Musiqа o‘qitish mеtоdikаsi. Mа’ruzаlаr mаtni. Tоshkеnt.
Nizоmiy TDPU. 2000.
3. N.Hаmrоqulоv Аn’аnаviy ijrоchilik vа mаqоm аsоslаri. Mа’ruzаlаr mаtni..
SаmDU 2005.
4.S.H. Yo‘ldоshеvа. O‘zbеkistоndа musiqа tа’lim-tаrbiyasining rivоjlаnishi. T.
«O‘qituvchi» 1985.
5.YU.Rаjаbiy. O‘zbеk хаlq musiqаsi. 1-5 qismlаr.
Do'stlaringiz bilan baham: