KICHIK YOSHDAGI QIZLAR SPORT MASHG’ULOTLARINI TANLASHNING MUHIM
TASNIFLARI
Arslonov Q.P., dotsent
Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh.
Tos tuzilishining o’ziga xosligi — xotin-qizlar gavda tuzilishining alohida xususiyatidir. Xotin-qizlarda
tos past, keng va ancha yoyilgan bomadi. Son suyaklari boshchasining oralig‘i erkaklarnikiga nisbatan katta,
son suyagining bo‘yni va son suyagi orasidagi burchak kichkina. Xotin-qizlarning son suyagi erkaklarnikiga
nisbatan vertikaldan ko‘proq qiyalashgan. Bu holat qizlarning yugurish va sakrashlarda past natijalarga
“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
96
erishishlariga asosiy sabab bomadi. Statistik ma’lumotlar sport bilan shug‘ullangan xotin-qizlarda yillar
davomida tos kengligining yelka kengligiga nisbatan farqi kamayib borish ini ko‘rsatadi. Ushbu
mutanosiblikning o‘zgarishi, asosan, yelka bo‘g‘ini rivojlanishi hisobiga sodir boladi.
Xotin-qizlarda tirsak bo‘g‘inining ortiqcha yozilishi va ko‘pincha oyoqlarning X shaklida bolishi,
erkaklarga nisbatan ko‘proq uchrab turishi kuzatilgan. Bu omillar yugurishda, sakrashda yuqori natijalarga
erishishni, uzoq vaqt tayanib turishni qiyinlashtiradi, jaro- hatlanish ehtimolini ko‘paytiradi. Shu sababli
mazkur mushak guruhlari uchun maxsus tanlab olingan mashqlar orqali yuqorida aytilgan bo‘g‘inlarni
mustahkamlash zarur.
Xotin-qizlar erkaklardan yana yurak hajmining kichkinaligi, uning sistolik va minutlik hajmi kam,
maksimal qon bosimi baland, o‘pkaning havo sig‘imi kichkina, tomir urishi va nafas olishning tez bolishi bilan
farq qiladi. Xotin-qizlar ko‘proq ko‘krak bilan yoki aralash nafas olishadi, erkaklarda esa ko‘proq diafrag‘lali
nafas olish kuzatiladi. Qayd qilinganlar ularning uzoq vaqt zo‘r berib ishlashlari uchun, shuningdek, jismoniy
charchashdan keyin tez fursatda tiklanishlari uchun noqulay sharoit yaratadi.
Biroq jismoniy larbiya yoki sport bilan doimiy shug
c
ullanadigan xotin-qizlarning soglig'i va jismoniy
holatining ko‘rsatkichlari sport bilan shug'ullanmaydigan xotin-qizlarnikidan ancha yuqori. Xotin- qizlarning
mushak hajmi rivojlanish jihatidan erkaklarnikidan ancha orqada qoladi. Shilbkor nazoratida qabul qilingan
mushak kuchini o’lchash usuli mushak tizimining umumiy holatini to’liq ifodalamaydi. Biroq, shu
ko‘rsatkichlar bo'yicha ham farq kattadir. Xotin-qizlar organizmi o‘zining tuzilishiga ko'ra, erkaklarnikidan
bo‘y va oyoq qismlarining nisbatan kalta va gavdaning uzun bomishi, yelka bo‘g‘inining torligi, tosning
kengligi va teri ostida katta yog‘ qatlamining mavjudligi bilan farq qiladi.
Ayollar uchun qorin pressi mushaklarining rivojlanish darajasi katta ahamiyatga ega. Ichki qiya va
chuqur joylashgan ko‘ndalang mushaklarning tolalari bachadonning aylana bog‘lamchalariga aylanadi va
skelet mushaklarini ichki jinsiy organlar bilan tutash- tiradi. Bachadonning to‘g‘ri holati ko‘p jihatdan
bachadonning aylana boglamlarining mustahkamligiga bogliq. Ilmiy kuzatishlar shuni ko‘rsaiadiki, qorin
pressi mushaklari yaxshi rivojlangan sportchi xotin-qizlarda bachadonning siljishi deyarli kam uchraydi.
So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar bo‘yicha slui narsa aniqlandiki,
bachadonning to‘g‘ri joyla- shishi va tug‘ishning normal o‘tishi oldin faraz qilinganidek, faqatgina tos tubining
holatiga bog‘liq bommasdan, balki ko‘proq tos orasi mushaklarining rivojlanganligiga ham bog‘liq ekan. Bu
mushaklar son orasini kengayishida va burishda qatnashadi. Shu mushaklar badiiy va sporl gimnastikasi bilan
shug‘ullanganlarda, sport bilan shug‘ullanmaganкjga nisbatan rivojlangan bomadi,chunki oyoq mushaklarini
harakatlari gimnastikani shu turlarida keng qo’llaniladi. Tos tubi mushaklarining rivojlanishiga faqatgina
nisbiy ta’sir qilish mumkin: qorin pressi mushaklarining taranglashishi tos mushaklarining qisqarishiga olib
keladi.
Shunday qilib, tos mushaklarining rivojlanish darajasi bevosila qorin pressi mushaklarining funksional
holatiga bog‘liq ekan.
Yuqorida qayd qilinganlarning barchasi xotin-qizlarning mushak tarmog‘ini maqsadga muvofiq va
jiddiy ravishda rivojlantirish kerakligini ko‘rsatadi. Yoshlik davrida hosil bomgan sifatlar xotin- qizlar
tomonidan biroz e’tibor berilsa, ko‘p jihatdan katta va keksa yoshgacha saqlanib qoladi.
Ayol organizmining muhim xususiyati ovarial-menstrual (hayz ko‘rish) davridir. Xotin-qizlar organizmi
uchun hayz ko‘rishning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risidagi tushunchaning asta-sekin o‘zga- rishi, ularni ilmiy
kuzatishlar va tekshirishlar orqali tasdiqlanishi, bunday vaqtda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi mumkin
yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi masalaga munosabatning o‘zgarishiga olib keldi. Ertalabki gigiyenik
gimnastika mashg‘ulotlari, sayr qilish, qayiqda eshkak eshish, keskin harakatni talab qilmay- digan o‘yinlar
hayz ko‘rish jarayonining yaxshi o'tishini ta’min- laydigan vosita sifatida tavsiya qilinadi.
Bu davrda gimnastika mashg‘ulotlari va musobaqalariga qatnashish mumkinligi to‘g‘risidagi nuqtayi
nazar ancha o‘zgardi. Sport natijalari hech ham ovarial-menstrual davrga bog'liq bomma- ganligini o‘zlarini
nufuzli musobaqalardagi yutuqlari bilan gimnast- qizlar amalda bir necha bor isbot etishdi.
Biroq jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash uchun, sportchi- qizlar tajribali ginekolog bilan
maslahatlashishi zarur. Bunday paytlaraa gimnastning jismoniy tayyorgarlik holati va uning u yoki bu
mashqlarni bajarishda organizmining yuklamaga bomgan reaksiyasi о‘qituvchi-murabbiy tomonidan puxta
nazorat qilinishi shart. Bu davrda gimnast-qizlar ham o‘zlarining organizmlarini yaxshi nazorat qilishlari
kerak. Mashg‘ulot yoki dars davrida va undan keyin kayfiyat, hayz ko‘rishning o'tishi, og'riq his etilgan-
etilmaganligi, navbatdagi hayz ko‘rish muddati qayd qilingan hodisalarning qaysi biri tasodifiy, yuklamalarga
bog‘liq-bog‘liq emasligi va hayz ko
e
rish davrida bular qanday oqibatlarga sabab bomishi, o‘z-o‘zini nazorat
qilish kundaligida muntazam yozib borilishi maqsadga muvofiq bo’lmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |